Shavkat mirziyoev va putin kabul kilgan koshma bayonotning tolik matni elon kilindi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev va putin kabul kilgan koshma bayonotning tolik matni elon kilindi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev va putin k’abul k’ilgan k’o’shma bayonotning to’lik’ matni e’lon k’ilindi — o’zbekiston

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti V. V.Putinning k’o’shma bayonoti O’zA tomonidan e’lon k’ilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2017 yil 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federasiyasida bo’ldi.
An’anaviy do’stona, ishonch va konstruktiv muhitda o’tgan muzokaralarda Prezidentlar O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi keng k’amrovli hamkorlikning holati hamda uni rivojlantirish istik’bollarini muhokama k’ildilar, teng huk’uk’lilik, o’zaro hurmat va bir-birlarining manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslangan davlatlararo mulok’otning yuk’ori darajada ekanligini tasdik’ladilar.
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajada rivojlanishiga imkon beradigan 2004 yil 16 iyunda imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida ittifok’chilik munosabatlari to’g’risidagi shartnoma hamda 2012 yil 4 iyunda imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida strategik sheriklikni chuk’urlashtirish to’g’risidagi deklarasiyani amalga oshirishning dolzarbligini tasdik’ladilar.
Prezidentlar O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining o’zaro manfaatli savdo-ik’tisodiy va investisiyaviy hamkorligi bunday munosabatlarning muhim tarkibiy k’ismi ekanligini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari ikki tomonlama savdo aylanmasini, eng avvalo, yuk’ori darajada k’ayta ishlangan mahsulotlar va ikkala tomon uchun k’izik’ish uyg’otadigan boshk’a tovarlarni o’zaro etkazib berishni kengaytirish hisobiga keskin oshirishni ta’minlash kabi faoliyatga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida ik’tisodiy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo komissiya faoliyatini yuk’ori baholadilar.
Prezidentlar O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozorlariga, shu jumladan, «yashil yo’lak» tizimini joriy k’ilish ork’ali etkazib berishni kengaytirish uchun k’ulay shart-sharoitlar yaratish mak’sadida hamkorlikning muvaffak’iyatli rivojini mamnuniyat bilan k’ayd etdilar.
Prezidentlar ikki mamlakat mintak’alari o’rtasida savdo-ik’tisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish uchun Mintak’alararo hamkorlikka ko’maklashish to’g’risida bitim imzolanishining ahamiyatini ta’kidladilar.
Ikki mamlakat o’rtasida turistik almashinuvni kengaytirish istik’bollari k’ayd etildi. Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida bitimning imzolanishi ikki mamlakat turistik salohiyatidan yanada to’lik’rok’ foydalanishga, turizm sanoati sub’ektlari o’rtasida uzok’ muddatli sheriklik alok’alarini o’rnatishga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi xalk’lari o’rtasida do’stlik va o’zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat k’ilishini tasdik’ladilar. Havo transporti sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash ikki mamlakat o’rtasida turistik va gumanitar almashinuvni rivojlantirishga ko’maklashishi e’tirof etildi.
Prezidentlar tashk’i bozorlarga eng k’isk’a va samarali chik’ishni ta’minlovchi transport va tranzit yo’laklarini rivojlantirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor xususiyatini k’ayd etdilar. O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi temir yo’llari ishtirokida tashk’i savdo yuklarini tashishda rak’obatbardosh tariflarni shakllantirish masalalari bo’yicha izchil hamkorlik k’ilish amaldagi transport yo’laklarini samarali ish yuklamasi bilan ta’minlashga imkon yaratishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin neft va gaz sohasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishlarini bildirdilar.
Davlat rahbarlari Rossiya Federasiyasi hududida vak’tinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi fuk’arolarini tashkiliy asosda k’abul k’ilish va jalb etish to’g’risida bitim, shuningdek, Migrasiya sohasida vakolatli organlarning vakolatxonalarini o’zaro ta’sis etish to’g’risida bitim imzolanishining ahamiyatini yuk’ori baholadilar hamda migrasiya sohasida hamkorlikning xalk’aro tan olingan shakllarini yanada rivojlantirishga ko’maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Prezidentlar sog’lik’ni sak’lash va tibbiy ta’lim sohasida, bunday faoliyatning muhim elementlari hisoblangan ikki mamlakatning ilg’or tibbiy va ilmiy-tadk’ik’ot markazlari o’rtasida alok’alarni kengaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va k’ayta tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, tajriba almashish, shuningdek, O’zbekistonda Rossiyaning etakchi tibbiy markazlari filiallari va vakolatxonalarini tashkil etishda yak’in hamkorlik k’ilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Shu munosabat bilan Sog’lik’ni sak’lash, tibbiy ta’lim va fan sohasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolanishini olk’ishladilar hamda bunday hamkorlik ikki davlat xalk’lari o’rtasida do’stona munosabatlarni mustahkamlashga salmok’li hissa k’o’shishiga ishonch bildirdilar.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlik rivojining izchil xususiyatini k’ayd etdilar hamda fan, ta’lim, sport, madaniyat, san’at va turizm sohasida alok’alarni faollashtirishdan o’zaro manfaatdor ekanliklarini tasdik’ladilar. Prezidentlar A. S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida tashkil etilgan I. V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi (Nukus shahri) fondidagi asarlarning birinchi sayyor ko’rgazmasini muhim madaniy tadbir sifatida baholadilar hamda 2017 yilda Rossiyada O’zbekiston madaniyati kunlarini o’tkazish to’g’risida kelishib oldilar.
Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligini nishonlash doirasida konsertlar, foto va badiiy ko’rgazmalar hamda boshk’a madaniy va ijtimoiy tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor k’aratiladi.
Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda, shuningdek, keng jamoatchilikni O’zbekiston va Rossiya xalk’larining tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishtirishda O’zbekiston va Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining muhim rolini k’ayd etdilar.
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin alok’a va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish tarafdoridirlar. Bunda O’zbekiston fuk’arolariga davlat, mahalliy va boshk’a xizmatlarni ko’rsatish samaradorligini oshirish uchun Rossiyaning elektron hukumat texnologiyalarini ishlab chik’ish va joriy k’ilish sohasidagi salmok’li tajribasidan foydalanish mumkinligi k’ayd etildi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, turli elatlarning tili, urf-odat va an’analarini asrash, rivojlantirish hamda kelajak avlodga etkazish bo’yicha amalga oshirilayotgan siyosatni yuk’ori baholadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasida rus tili hamda rus tilida ta’lim berish makonini sak’lab k’olish va k’o’llab-k’uvvatlashning ahamiyati k’ayd etildi. Davlat rahbarlari O’zbekiston Respublikasida rus tili mutaxassislarini tayyorlash va k’ayta tayyorlash dasturlarini ta’minlash, shuningdek, Rossiya Federasiyasi etakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari tarmog’ini kengaytirish bo’yicha keyingi k’adamlarni olk’ishladilar. Tomonlar bundan keyin ham ikki davlat o’rtasidagi talabalar almashinuvini kengaytiradilar.
Prezidentlar harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, 2016 yil 29 noyabrda imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi shartnoma hamda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi o’rtasida 2017 yilga mo’ljallangan ikki tomonlama hamkorlik dasturini amalga tatbik’ etish tarafdoridirlar.
Prezidentlar tomonlarni k’izik’tirgan mintak’aviy va xalk’aro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashdilar.
Terrorizm, separatizm, ekstremizmning barcha shakllari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik vositalarni nok’onuniy ishlab chik’arish va ularning muomalada bo’lishi, k’urollar, aslaha va portlovchi moddalarning nok’onuniy savdosi hamda nok’onuniy migrasiyaga k’arshi kurashish ikki mamlakat huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi organlari hamkorligining ustuvor vazifalaridan biri bo’lib k’olishi k’ayd etildi.
Davlat rahbarlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti global xavfsizlikni sak’lashga ko’maklashadigan etakchi universal xalk’aro tuzilma, davlatlararo va xalk’aro muammolarni echish uchun asosiy maydon bo’lib k’olayotganini e’tiborga olgan holda, xalk’aro munosabatlarda uning markaziy muvofik’lashtiruvchi rolini mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdik’ladilar. O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi, birinchi navbatda, xalk’aro tinchlik va xavfsizlikni sak’lash, davlatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish, mustak’illik, tenglik, suverenitetni o’zaro hurmat k’ilish, hududiy yaxlitlik, chegaralar daxlsizligi, hujum k’ilmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik, nizolarni tinch yo’l bilan hal k’ilish, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid k’ilmaslikka doir xalk’aro huk’uk’ning umume’tirof etilgan prinsip va normalari hamda BMT Nizomi mak’sad va prinsiplariga bundan keyin ham sodik’ k’olish niyatidalar. Prezidentlar suveren davlatlarda hokimiyatni konstitusiyaga zid ravishda o’zgartirishni k’o’llab-k’uvvatlash bo’yicha harakatlarni xalk’aro masalalarda k’abul k’ilib bo’lmaydigan holat sifatida baholadilar.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Mustak’il Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshk’a xalk’aro va mintak’aviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, ushbu ko’p tomonlama mexanizmlar afzalliklaridan to’lak’onli foydalanishga intilishlarini tasdik’ladilar.
Mustak’il Davlatlar Hamdo’stligi doirasidagi hamkorlik o’zaro manfaatlarni va yaratilgan shartnomaviy-huk’uk’iy bazani hisobga olgan holda davlatlararo bevosita mulok’otni sak’lash, fikrlar almashish va dolzarb masalalarni muhokama k’ilish bo’yicha muhim instrument hisoblanishi k’ayd etildi. O’zbekiston va Rossiya MDHning barcha ishtirokchilari oldida turgan dolzarb masalalarni hal etish uchun Hamdo’stlik samaradorligini oshirish va salohiyatini namoyon k’ilishga faol ko’maklashadilar.
O’zbekiston va Rossiya 2002 yil 7 iyunda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotining Xartiyasi, 2007 yil 16 avgustda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning uzok’ muddatli ahil k’o’shnichiligi, do’stligi va hamkorligi to’g’risidagi shartnomasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining 2025 yilgacha Rivojlanish strategiyasi hamda Tashkilotning boshk’a asosiy hujjatlarida belgilangan mak’sadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida konstruktiv hamkorlikni amalga oshirishni davom ettiradilar.
Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasiga Shanxay hamkorlik tashkilotiga to’la huk’uk’li a’zolik tak’dim k’ilinishi Tashkilot salohiyatini kengaytirishga hamda mintak’ada hozirgi zamon dolzarb muammolarini hal etish, xavfsizlik, bark’arorlik va turg’un rivojlanishni ta’minlashga ko’maklashadigan ko’p tomonlama mexanizm sifatida uning xalk’aro maydondagi rolini yanada oshirishga ko’maklashishi k’ayd etildi. Ufada 2015 yilning iyul oyida bo’lib o’tgan ShHT sammitida a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan Hindiston va Pokistonni Tashkilot a’zoligiga k’abul k’ilish prosedurasini boshlash to’g’risida k’arorlar k’abul k’ilinishi hamda Toshkentda 2016 yilning iyun oyida bo’lib o’tgan ShHT sammiti yakunlari bo’yicha ShHTga a’zo davlat mak’omini olish mak’sadida Hindiston va Pokistonning majburiyatlari to’g’risida memorandumlar imzolanishi ushbu jarayonning muhim bosk’ichlari hisoblanadi.
Prezidentlar Afg’onistonda tinchlik va bark’arorlikka tezrok’ erishish Markaziy Osiyo va k’o’shni mintak’alarda xavfsizlikni sak’lash va mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi, degan yakdil fikrdalar hamda buning uchun zarur ko’mak ko’rsatishni davom ettirishga tayyorliklarini ta’kidladilar. K’arama-k’arshi kurashayotgan kuchlar o’rtasida milliy yarashuv jarayonini ilgari surish, siyosiy tartibga solish va kelishuvga erishish yo’li bilan Afg’oniston ichki mojarosini hal etish zarurligi k’o’llab-k’uvvatlandi. Ushbu sa’y-harakatlar afg’onlar boshchiligida va afg’onlarning o’zlari tomonidan amalga oshirilishi lozim. Afg’onistondagi vaziyat bilan bog’lik’ xalk’aro hamkorlikda, shu jumladan, ushbu davlat ik’tisodiyotini k’ayta tiklash va uning aholisi farovonligini yaxshilash masalalarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti markaziy muvofik’lashtiruvchi o’rin tutishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Markaziy Osiyoda suvdan foydalanishning o’zaro manfaatli va adolatli tizimini xalk’aro huk’uk’ning umume’tirof etilgan normalari asosida hamda mintak’aning barcha mamlakatlari manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish tarafdori bo’lishni davom ettiradilar.
Davlat rahbarlari bo’lib o’tgan samarali muzokaralar, shuningdek, tashrif davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida an’anaviy do’stona munosabatlarni teng huk’uk’lilik va manfaatlarni o’zaro hisobga olish asosida yanada mustahkamlashga ko’maklashishiga ishonch bildiradilar.
O’zbekiston tomoni Rossiya tomoniga O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish – Moskva shahrining tarixiy markazida O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi bilan yonma-yon joylashgan xiyobonga uning nomini berish hamda xiyobon hududida Islom Karimovga haykal o’rnatish to’g’risida k’aror k’abul k’ilinganligi munosabati bilan samimiy minnatdorlik bildirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga va barcha Rossiya xalk’iga O’zbekiston delegasiyasiga ko’rsatilgan mehmondo’stlik va samimiy k’abul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federasiyasi Prezidentiga davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’lishni taklif k’ildi. Taklif mamnuniyat bilan k’abul k’ilindi. Tashrif muddatlari diplomatik kanallar ork’ali kelishiladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.