Sud-hukuk tizimida jiddiy ozgarishlar bolishi kutilmokda — ozbekiston

Sud-hukuk tizimida jiddiy ozgarishlar bolishi kutilmokda — ozbekiston

Sud-hukuk tizimida jiddiy ozgarishlar bolishi kutilmokda — o’zbekiston

21 oktyabr kuni Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Sud-hukuk tizimini yanada isloh kilish, fukarolarning hukuk va erkinliklarini ishonchli himoya kilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Ozbekiston Prezidenti farmonini imzoladi.
Kuyida OzA tarkatgan rasmiy sharh havola etiladi.
Mustakillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-hukuk sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fukarolarning hukuk va konuniy manfaatlarini himoya kilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.
Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-hukuk tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Sud-hukuk tizimini yanada isloh kilish, fukarolarning hukuk va erkinliklarini ishonchli himoya kilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi boskichga kotarib, kuyidagi uchta asosiy ustuvor yonalishlarni belgilab berdi:
sud hokimiyatining chinakam mustakilligini ta’minlash;
fukarolarning hukuk va erkinliklarini ishonchli himoya kilish kafolatlarini kuchaytirish;
odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Mazkur ustuvor yonalishlarni amalga oshirish maksadida sud, hukukni muhofaza kiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib:
Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustakilligi, ularning fakat konunga boysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning mukarrarligi prinsipiga ogishmay amal kilinishini ta’minlash;
fukarolarning hukuk va konuniy manfaatlarini himoya kilish, ularga tajovuz kilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralarni korish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini korib chikish tartibini buzish va sansalorlikka yol koymaslik;
tegishli axborotni oz vaktida jamoatchilikka etkazish orkali faoliyatning ochikligi va shaffofligini ta’minlash, fukarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish;
hukukni kollash amaliyoti va amaldagi konunchilikni takomillashtirish orkali tizimli kamchilik va konunbuzilishlarni aniklash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilgor ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy kilish;
idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar ortasida suiiste’molchilik va boshka hukukbuzarliklarning oldini olish va ularga chek koyish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga kabul kilishni ta’minlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.
Farmonga muvofik sud hokimiyatining chinakam mustakilligini ta’minlash, kasbiy nufuzini oshirish, yukori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maksadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari kayta korib chikildi.
Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin on yil muddatga, shundan song muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.
Kiritilayotgan bu ozgartishlar xalkaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilgor tajribasiga tolik mos keladi.
Shu bilan birga, Farmon bilan 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-prosessual, fukarolik prosessual va boshka konun hujjatlariga inson hukuk va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud muhokamasini adolatli va oz vaktida otkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga karatilgan bir kator ozgartishlar kiritilmokda.
Jumladan, kamok tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning orniga ozodlikdan mahrum kilish bilan boglik bolmagan jazoning mukobil turlarini kollash imkoniyati kengaytirilmokda.
YA’ni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan kattik ta’sir choralaridan biri chikarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, hukukbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir choralarining ilgor shakl va uslublarini keng kollash boyicha olib borilayotgan siyosatning mantikiy davomi hisoblanadi.
Jinoyat prosessida fukarolarning hukuk va erkinliklarini himoya kilishning hukukiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov kilishning tezkorligini oshirish doirasida:
jinoyat sodir etishda gumon kilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;
kamokka olish va uy kamogi tarzidagi ehtiyot choralarini kollashning, shuningdek jinoyat ishlari boyicha dastlabki tergovning eng kop muddatlari 1 yildan 7 oyga kiskartirilmokda.
Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fukarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya kilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining mas’uliyati va faoliyati samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Xabeas korpus instituti kollanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jonatmalarini xatlab koyish va eksgumasiya kilish kabi tergov harakatlarini otkazishga sanksiya berish boyicha vakolatlari sudlarga otkazilmokda.
Bu ozgartishlar insonning shaxsiy hukuk va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud karorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab koyishga hech kim hakli emasligi hakidagi Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda xalkaro hukukning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga tola mos keladi.
Bundan tashkari, sudga kamokka olish yoki uy kamogi tarzidagi ehtiyot chorasini kollash rad etilgan takdirda mukobil ehtiyot chorasini kollash imkoniyati berilmokda.
Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish boyicha yakuniy karorlar kabul kilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat prosessidagi rolini oshirishga karatilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini koshimcha tergovga kaytarish institutining bekor kilinayotganligini alohida ta’kidlash joiz.
Fukarolik ishi boyicha sud karorini nazorat tartibida kayta korib chikish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga kiskartirilishi esa, fukarolik hukukiy munosabatlarning barkarorligi, fukarolik prosessi ishtirokchilarining hukuk va konuniy manfaatlari himoya kilinishini ta’minlashga xizmat kiladi.
Sud karorlarining konuniyligi va asosliligini kayta korib chikishning amaldagi tizimini takomillashtirish, shuningdek sud prosessi muddatlari va sifatiga salbiy ta’sir korsatuvchi ortikcha oralik instansiyalarni bartaraf etish maksadida Farmonda viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fukarolik va jinoyat ishlarini nazorat tartibida kayta korish boyicha bir-birini takrorlovchi instansiyalari tugatilib, oz navbatida, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor kilinishi nazarda tutildi.
Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida korishga oid bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor kilinmokda.
Ortikcha va bir-birini takrorlovchi instansiyalarning bekor kilinishi aynan bir nazorat instansiyasi tomonidan ishlarning bir necha bor korib chikilishini oldini oladi, sud karorlarining uzil-kesilligi va barkarorligini ta’minlab, fukarolarning sudlarga bolgan ishonchini yanada oshiradi.
Shuningdek Farmonda viloyat xojalik sudlarining karorlarini ozlari tomonidan kayta korish vakolatini cheklash maksadida ushbu sudlar tizimida mintakaviy apellyasiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.
Farmonning sud hokimiyati mustakilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash boyicha vazifa va vakolatlari Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga otkazilayotganidir.
Ushbu chora sudlarning mustakilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning koshimcha kafolatlarini yaratadi.
Shu bilan birga, Farmonga muvofik Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xojalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshka manfaatdor idoralarga 2017 yil 1 iyulga kadar ilgor xorijiy tajribani organgan holda kuyidagi masalalar boyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:
sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
prosessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga etmaganlarning hukukiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini kayta korib chikish;
ozbek xalkining ezgulik va rahmdillik kabi kop asrlik an’analariga mos bolgan yarashuv institutini jinoyat prosessida kollash doirasini kengaytirish. Bu norma konunni chetlab otgan, sodir etgan kilmishidan pushaymon bolgan va etkazilgan ziyonni koplagan fukarolarni javobgarlikdan ozod kilish imkonini beradi;
ijtimoiy xavfi katta bolmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chikarish;
jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi kozgatilishi mumkin bolgan jinoyat tarkiblari royxatini kengaytirish;
Elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilgor mexanizmlarini joriy etish orkali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek Elektron hukumat togrisidagi Konunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy boskichi talablariga tolik asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochikligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbik etishga xizmat kiladi.
Bundan tashkari, konuniylikni ta’minlashda hamda mamlakatimizda islohotlarni samarali royobga chikarishda yuridik xizmatlar rolini oshirish maksadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir anik chora-tadbirlar nazarda tutilmokda.
Kayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbik etish uchun Farmon bilan sud-hukuk tizimini rivojlantirish borasida 8 ta eng ustuvor sohalar boyicha 45 ta anik tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiklandi.
Farmonni ijro etish doirasida Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Jinoyat, Jinoyat-prosessual, Fukarolik prosessual, Xojalik prosessual kodekslari va bir kator boshka konun hujjatlariga zarur ozgartish va koshimchalar kiritiladi.
Inson hukuk va erkinliklarini himoya kilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maksadida umume’tirof etilgan xalkaro standartlar asosida bir kator alohida konunlar, shu jumladan Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat prosessining boshka ishtirokchilarini himoya kilish togrisidagi, Mediasiya togrisidagi, Ma’muriy sudlov ishlarini yuritish togrisidagi konunlarni kabul kilish rejalashtirilmokda.
Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-hukuk tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi boskichga olib chikish, fukarolarning hukuklari, erkinliklari hamda konuniy manfaatlari ishonchli himoya kilinishini ta’minlash, shuningdek aholining odil sudlovga bolgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.