Tiv majlisida chiqish vizalarini bekor qilish ehtimoli muhokama qilindi — ozbekiston

Tiv majlisida chiqish vizalarini bekor qilish ehtimoli muhokama qilindi — o’zbekiston
8 iyul kuni Uzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov idoralararo majlis utkazdi. Majlis ishida Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojkhona qumitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari buyicha agentlik va boshqa davlat strukturalari vakillari ishtirok etishdi.
TIV akhborot khizmatining khabar qilishicha, Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirigiga binoan Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan Tugridan-tugri muloqoti chogida tushgan savollarni echish yullari, jumladan qonunchilik va qonunosti hujjatlariga uzgartirishlar kiritish buyicha takliflar batafsil muhokama qilindi.
Khorijdagi mehnat faoliyatini lisenziyalash va undan kelib chiqadigan konsullik khizmatlarini kursatish buyicha imkoniyatlar borasida joriy amaliyotni soddalashtirish va on-layn ruykhatga olish tizimini joriy qilish tugrisida taklif bildirildi.
Uzbekiston fuqarolarining chiqish vizalarini olish bilan bogliq kup sonli muammolari (Tugridan-tugri muloqotga murojaat qilganlarning 9,5%) borasida turli variantlar, hatto ularni tuliq bekor qilinish haqida mulohazalar bildirildi.
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya davlat tashrifi chogida imzolangan ikki tomonlama shartnomani amalga oshirish doirasida Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari buyicha agentlik tomonidan Rossiyaning qator shaharlarida Agentlikning vakolatkhonalarini ochish masalasi ustida ishlar olib borilayotganiga etibor qaratildi.
Комментарии 0