Tizimli muammolar biznes rivojiga tosik bolmokda — ozbekiston

Tizimli muammolar biznes rivojiga to’sik’ bo’lmok’da — o’zbekiston
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) mamlakatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilashga bag’ishlangan navbatdagi davra suhbatini o’tkazdi. Unda Senat raisining birinchi o’rinbosari Sodik’ Safoev va SSP raisi Alisher Shayxov ishtirok etdi.
6 yanvar kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda O’zbekistonning xalk’aro maydondagi rak’obatbardoshligini yaxshilash, k’onunchilikda biznesning ishtiroki, to’k’imachilik, k’ishlok’ xo’jaligi, solik’ va bank tizimlari muammolari, professional assosiasiyalarning samarali faoliyati va boshk’a masalalar muhokama k’ilindi.
O’zbekiston-Xitoy Savdo uyi (O’XSU) rahbari, Xalk’aro biznes va texnologiyalar assosiasiyasi (AMBiT) raisi Hikmat Abdurahmonov nima uchun professional assosiasiyalar O’zbekistonda biznesga muammolarini hal etishda yordam bera olmayotgani sabablari to’g’risidagi mulohazalarini o’rtok’lashdi. «Menimcha, professional assosiasiyalarning muammosi ularning sonida emas, balki hech kim ularni jiddiy k’abul k’ilmasligida… Afsuski, mamlakatimizda mazkur tashkilotlar va davlat o’rtasida mulok’ot bo’lib o’tmadi, shuning uchun tadbirkorlar assosiasiyalar u yoki bu muammoni hukumatga k’adar anik’ k’ilib etkaza olishiga ishonmaydi. K’o’shni mamlakatlarda professional birlashmalar allak’achon kuchga ega bo’lib, u yoki bu muammoni hal etish uchun muntazam ravishda hukumat bilan uchrashuvlar o’tkazib turadi».
Uning ma’lum k’ilishicha, tadbirkorlar o’z muammolari va davlat organlari tomonidan sodir etilgan k’onun buzilishlari to’g’risida xabar k’ilishdan k’o’rk’ishmaydi, birok’ tizimli muammolar ular tilini k’isk’a k’ilib k’o’yadi.
Hikmat Abdurahmonovning fikricha, solik’ tizimi va bojxona siyosati kompaniyalarning norasmiy ik’tisodiyot doirasidan chik’ib ketishlarini rag’batlantirayotgani yo’k’, ular nazorat organlarining ortik’cha e’tiboridan k’ochish foydalirok’, deb hisoblashadi. «Tadbirkorlarda solik’lardan k’ochgandagina rak’obatbardosh bo’lish mumkin, degan tasavvur paydo bo’lib k’olgan. Bu solik’ tizimi tubdan o’zgarishi lozimligini ko’rsatmok’da», — dedi u.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va O’zbekistonning rak’obatbardoshligini oshirish uchun nima k’ilish kerak? «Bizda uskunalar etishmovchiligi mavjud emas, muammo — ularning etarlicha ta’minlanmaganligida, — deb hisoblamok’da O’XSU va AMBiT rahbari. — YA’ni, ko’plab ishlab chik’arish k’uvvatlarida xom ashyoga yo’l yo’k’. Bu muammoni hal etmasdan turib oldinga harakat k’ila olmaymiz».
Ikkinchi asosiy muammo — ham so’m, ham dollardagi kapitalga yo’l mavjud emas. «K’arz mablag’larisiz biz rivojlana olmaymiz. Bugungi kunda tadbirkorlar kapital uchun fak’atgina bankka murojaat k’ilishlari mumkin. Bank tizimini liberallashtirish lozim. 10 yillar muk’addam banklar biznesni moliyalashtirish uchun o’rta va uzok’ muddatli mablag’larni jalb k’ila olar edi. Agarda biz bozorning rak’obatbardoshligini oshirsak, ko’plab muammolar o’z-o’zidan yo’k’oladi. Buning uchun esa davlat kompaniyalari xususiy sektor bilan rak’obatlashmasligi, uni nazorat k’ilmasligi, aksincha, ularning rivojlanishi uchun ekotizim yaratishi, axborot shaffofligi ta’minlanishi lozim», — deb k’ayd etdi Hikmat Abdurahmonov.
Ik’tisodchi Yuliy Yusupov xalk’aro maydondagi rak’obatbardoshlik to’g’risida so’zladi. Uning fikricha, O’zbekiston xalk’aro mehnat tak’simoti va global k’o’shimcha k’iymat yaratish zanjirida faol ishtirok etishi, valyuta bozorini liberallashtirishi va erkin konvertasiyani joriy etishi lozim.
Yuliy Yusupov tijoriy banklar o’zlarining asosiy vazifalari — omonatlarni jalb etish va ularni investisiyalarga aylantirishga k’odir emas. Shu sababli to’lik’ Markaziy bank k’o’llanmalariga o’ralashib k’olgan, deb hisoblaydi.
U mamlakatda to’lov tizimining turli k’iymatdagi darajalarini ko’rsatib berdi — nak’d, nak’dsiz, tadbirkor hisob rak’amidagi pullar. Nak’d pul mablag’larini topshirishdagi ma’muriy to’sik’larni olib tashlash bilan mazkur muammoni hal etish mumkin, deydi u.
Ekspert mamlakatda kichik korxonalar yanada tor ixtisoslikka ega bo’lsa, yiriklari esa keng mik’yosda ik’tisod k’ilishni boshlasa, O’zbekiston rak’obatbardoshligi ortishi mumkinligini k’ayd etib o’tdi. Bu ularning takomillashuviga, to’xtalishlarni maksimal darajada kamaytirish va mahsulotlar sifatini oshirishga imkon tug’diradi. U uzun k’o’shimcha k’iymat yaratish zanjirini tashkil etish va kompaniyalarning mustahkamlanishiga to’sk’inlik k’ilayotgan solik’ tizimini isloh k’ilishni taklif etdi.
Ik’tisodchi fermerlarning erga egalik k’ilish va undan foydalanishda o’ziga ishonchni his etishlari uchun ular huk’uk’larini mustahkamlashga chak’irdi.
TOP-Contact kompaniyasi asoschisi Laziz Adhamov Vazirlar Mahkamasining kichik korxonalarda xodimlar sonini 25 nafargacha k’ilib cheklash to’g’risidagi k’arori 50 nafargacha xodim ishlayotgan kompaniyasini solik’larni to’lik’ to’laydigan yirik korxonaga aylantirib k’o’yganini ma’lum k’ildi. Shu sababdan uning biznesi «nihoyasiga etib kelgan».
Alisher Shayxov tadbirkor mulohazalariga javob berarkan, Ik’tisodiyot vazirligi kichik korxonalar va mikrofirmalar xodimlari sonini ikki barobarga oshirishni taklif etgani, yak’in orada k’arorga o’zgartishlar kiritilishini ma’lum k’ildi.
Kichik korxonalar shtatlari soni masalasi boshk’a sohalar uchun ham dolzarbligicha k’olayotgani ta’kidlandi. Bunday cheklovlar korxonalarning ko’plab mayda k’ismlarga bo’linib ketishi va mehnat unumdorligining pasayishiga olib kelmok’da, deb hisoblaydi korzinka. uz supermarketlar tarmog’i asoschisi va rahbari Zafar Xoshimov.
«Meni bir savol o’ylantiradi: nima uchun men xuddi shu faoliyat bilan mashg’ul bo’lsamu, 50 va 51 kishi shtatiga ega kompaniyalar turlicha solik’ to’lasa. Agarda to’k’imachilikni olsak, solik’ va bojxona imtiyozlari tasnifidan k’at’i nazar, mazkur sohaning barcha kompaniyalarini k’amrab olishi kerak. Aks holda bu ishlab chik’arishning bo’linib ketishiga va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Bu boshk’a sohalarga ham tegishli. Masalan, sut mahsulotlari korxonasi xodimlari soni 25 nafardan oshib, kichik korxona deb hisoblanmasa, rivojlana olmaydi. Xuddi shunday holat taksi xizmatida ham. Bir kompaniya umumiy solik’k’a tortilmaslik uchun 18 ta kichik kompaniyalarni tashkil etadi», — dedi tadbirkor.
To’k’imachilik sohasi vakillari hukumatga Turkiya bilan o’zbek ishlab chik’aruvchilarining eksport mahsulotlarini bojxona bojidan ozod k’ilish bo’yicha kelishuvga erishish hamda solik’ va bojxona imtiyozlari k’o’llanilgan tovarlar ro’yxatini kengaytirish taklifi bilan chik’ishdi.
Grand Eco Product ta’sischisi Murodxon Jo’raev issik’xona xo’jaliklarining tadbirkorlik omillariga bog’lik’ bo’lmagan sabablar bilan k’isk’arib borayotgani masalasini ko’tarib chik’di. «Gap gazning deyarli mutlak’o yo’k’ligi, elektr ta’minotidagi uzilishlar, shu sababli hosilning nobud bo’layotgani hak’ida ketmok’da». Bunday uzilishlar uchun hech kim javobgarlikni zimmasiga olmaydi. U issik’xona xo’jaliklari uchun kadrlar tayyorlash mavzusiga e’tibor k’aratib, ilmiy muassasalarni zararkunandalar bilan kurash uchun yangi kimyoviy vositalarni ishlab chik’ishda faol ishtirok etishga chak’irdi. Tadbirkorlarni k’o’llab-k’uvvatlash jamg’armasini tuzish va ik’tisodiy islohotlarning bajarilishi ustidan nazorat bo’yicha kengash tashkil etish taklif k’ilindi.
Newmax Technologies asoschisi va MyTaxi rahbari Akmal Payziev O’zbekistonda xizmat ko’rsatish va elektron tijoratning rivojlanishiga internet-ekvayring bilan bog’lik’ k’iyinchiliklar ham to’sk’inlik k’ilayotganini ta’kidlab o’tdi. «Biz Visa va MasterCard xalk’aro bank kartalaridan to’lovlarni k’abul k’ila olmaymiz… Mamlakatimizga kelgan sayohlar o’z kartalaridagi pullarni sarflashni xohlashadi, birok’ hamma umumiy ovk’atlanish va sayyohlik nuk’talarini to’lovlarni k’abul k’ilish uchun terminallar bilan ta’minlash — anchagina k’iyin va serxarajat vazifa, bu o’rinda ilovalarni amalga tatbik’ etish mumkin».
Uchrashuvda hukumat va biznes vakillari davlat-xususiy sektor hamkorligini yo’lga k’o’yish, mavjud muammolarni hal etishda hamkorlik k’ilishga tayyorligini tasdik’lab, har bir masalani kompleks ko’rib chik’ish uchun yanada ixtisoslashgan uchrashuvlarni o’tkazish to’g’risida kelishib olishdi.
Комментарии 0