Toshkent chimkent bilan hamkorlikni kengaytirmokda — ozbekiston

Toshkent chimkent bilan hamkorlikni kengaytirmok’da — o’zbekiston
12?13 may kunlari Chimkent shahrida (Janubiy-K’ozog’iston viloyati) Toshkent ishlab chik’aruvchilarining birinchi ko’rgazmasi bo’lib o’tdi, deb xabar k’ildi poytaxt hokimiyati axborot xizmati «Gazeta. uz»ga.
Ko’rgazmada Toshkent shahridagi 150 dan ziyod korxonalar ishtirok etib, 1000 ziyod turdagi elektrotexnika, metallurgiya va kimyo, engil sanoat va ozik’-ovk’at, mebel va k’urilish sanoati, xalk’ iste’mol mollari mahsulotlari namoyish etildi.
Shuningdek ko’rgazma ishida Janubiy-K’ozog’iston viloyatining 5000 nafardan ziyod tadbirkorlari k’atnashdi. 18 mln. dollardan ziyod eksport kontraktlari va shartnomalari hamda kelishuv bayonnomalari imzolandi.
Tashrif jarayonida Chimkent va Toshkent shaharlari hokimlari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Hujjat Janubiy-K’ozog’iston viloyati bilan Toshkent shahri o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-ik’tisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshk’a sohalardagi alok’alarni kuchaytirishga k’aratilgan.
Madaniy dastur doirasida o’zbek san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi hamda Toshkent shahri oshpazlari o’zbek milliy taomlari festivalini uyushtirib, chimkentliklar mehmon k’ilindi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan huddi shunday ko’rgazmalarni K’ozog’istonning Olmata, K’irg’izistonning O’sh va Turkmanistonning Ashxobod shaharlarida ham o’tkazilishi rejalashtirildi.
Комментарии 0