Toshkent va samarkandda islom karimov haykali ornatiladi — ozbekiston

Toshkent va samark’andda islom karimov haykali o’rnatiladi — o’zbekiston
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali nafak’at Toshkent , balki Samark’andda ham o’rnatiladi. «Gazeta. uz»ning shu hak’dagi ma’lumoti Badiiy akademiya tomonidan tasdik’landi.
Akademiya saytiga joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, haykal Samark’anddagi Toshkent ko’chasi bo’ylab joylashgan xiyobonda, Registon maydonidan o’ng tomonga o’rnatiladi. Poytaxtning k’aysi k’ismidan haykal uchun joy ajratilishi esa hozircha ma’lum emas.
Manbalarimizning ma’lumotlariga ko’ra, birinchi Prezident haykali O’zbekistonning boshk’a shaharlarida ham o’rnatilishi mumkin.
Ayni paytda Islom Karimov haykali loyihasi bo’yicha xalk’aro badiiy tanlov davom etmok’da. U diplomli haykaltarosh va arxitektorlar uchun ochik’. Tanlov ishlari 31 martga k’adar k’abul k’ilinadi.
K’abul k’ilib olingan loyihalar Badiiy akademiya Markaziy ko’rgazmalari zaliga eksponat sifatida k’o’yiladi va barcha xohlovchilar 10 aprelga k’adar ularni tomosha k’ilishlari mumkin.
Комментарии 0