Turkiyadagi referendumda prezidentlik boshkaruv shakli tarafdorlari golib boldi — ozbekiston

Turkiyadagi referendumda prezidentlik boshkaruv shakli tarafdorlari golib boldi — ozbekiston

Turkiyadagi referendumda prezidentlik boshk’aruv shakli tarafdorlari g’olib bo’ldi — o’zbekiston

RIA Novosti — Turkiyada o’tkazilgan konstitusion referendumda prezidentlik boshk’aruv shakli tarafdorlari uncha katta bo’lmagan fark’ bilan parlament boshk’aruvi tarafdorlari ustidan g’alaba k’ozondi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ular 51,2 foiz yoki konstitusion islohotlarga k’arshi turganlarga nisbatan 1,25 million ko’prok’ ovoz to’plashga muvaffak’ bo’ldi.
Prezidentlik tizimiga o’tish bo’yicha konstitusion o’zgarishlari avvalrok’ Turkiya parlamenti tomonidan tasdik’lanib, Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’on tomonidan imzolangan edi.
Loyihani «Adolat va tarak’k’iyot» va «Milliy harakat» partiyalari k’o’llab-k’uvvatlagan bo’lsa, Erdo’g’onni yakkahokimlik o’rnatishga urinishda ayblagan muxolif partiyalar — Xalk’ demokratik partiyasi va kurdparast Xalk’ demokratik partiyasi bunga k’arshi chik’di.
Turkiya konstitusiyasining 18 ta moddasiga kiritilayotgan o’zgartishlarga ko’ra, prezident davlat tizimi rahbariga aylanadi, u vise-prezidentlar, vazirlar va yuk’ori darajali amaldorlarni tayinlash vakolatiga ega bo’ladi. Bosh vazir lavozimi bekor k’ilinib, ijro hokimiyati prezident k’o’l ostiga o’tadi. Favk’ulodda holat e’lon k’ilish huk’uk’i prezidentga o’tib, FH tartibi bo’yicha davlat rahbari k’arori parlament tomonidan tasdik’lanadi. Davlat rahbari parlamentning dastlabki tasdig’idan o’tishi shart bo’lmagan k’onun kuchiga ega boshk’a k’arorlarni ham k’abul k’ilishi, birok’ kelgusida parlament ularni bekor k’ilishi mumkin.
Parlament deputatlari soni 550 dan 600 nafarga oshiriladi. Nomzodlar uchun yosh chegarasi 25 dan 18 ga tushiriladi. Saylovlarni k’aytadan o’tkazish to’g’risida parlament ham, prezident ham k’aror k’abul k’ilishi mumkin. K’onunchilik va ijro hukumati organlari saylovlari bir kunda o’tkaziladi. Parlament va prezident besh yil muddatga saylanadi, bunda davlat rahbari o’z lavozimidan ketma-ket ikki martadan ortik’ muddat o’tirishi mumkin emas. Prezident parlamentni tark’atib yuborish huk’uk’iga ega bo’ldi, birok’ shunday k’arorga kelgan tak’dirda o’zi ham k’ayta saylanishi lozim.
Navbatdagi parlament va prezident saylovi 2019 yil 3 noyabrda bo’lib o’tadi. Shundan so’ng prezidentlik boshk’aruv tizimi to’g’risidagi nizom bandlari kuchga kiradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.