Turmush kurish hakida — testlar — ozbekiston

Turmush k’urish hak’ida — testlar — o’zbekiston
Hayotdagi hamrohingizni uchratdingiz, baxtdan sarmassiz, ammo anik’ bir k’arorga kelishdan avval k’uyidagi savollarga javob bering va turmush k’urishga k’anchalik tayyor ekaningizni bilib oling!
1. Aynan k’aysi jihati uchun uni o’zingizga yor etib sayladingiz.
a) Tashk’i ko’rinishi, o’zini tutishi — 3;
b) Ishonch uyg’ota olish xususiyati — 5;
s) Shunchaki, turmush k’urish vak’ti yetib k’oldi, ochig’i, undan yaxshirog’ini topishimga ishonmayman — 4.
2. Munosabatlaringizni mustahkamlash uchun k’anday usullardan foydalanasiz?
a) Uning xuzurida o’zimni erkin, ko’ngilchan tutaman — 4;
b) Ko’ngliga g’ul-g’ula solib, shirin so’zu ishvalar k’ilaman — 3;
s) Ak’lu farosatim, samimiy k’izik’ishim ork’ali — 5.
3. U bilan uchrashishdan avval nimalarni his k’ilasiz?
a) Biroz hayajon «k’achon ko’risharkanmiz…» degan orzu paydo bo’ladi — 5;
b) Meni kutadigan, fak’at men hak’imda o’ylaydigan odam borligidan xursand bo’laman — 4;
s) Har bir uchrashuvimiz rang-barang, turli k’izik’arli vok’ealarga boy bo’lishini istayman — 3.
4. Turmushga chik’ishdan mak’sadingiz?
a) O’zaro muhabbat, oilaviy xotirjamlik va mustahkam tuyg’ularni istayman — 5;
b) Moliyaviy holatimni tiklab olish, ota-onam k’aramog’idan k’utulish uchun — 3;
s) Mak’sadim, fak’at bitta — yolg’izlikdan xalos bo’lish — 4.
5. Oilaviy majburiyatlarni bo’yningizga olishga tayyormisiz?
a) Oilaviy tashvishlardan mutlak’o yirok’ bo’lishni istayman — 3;
b) Boshidanok’ har kim o’z vazifasini kelishib olishi darkor — 4;
s) Albatta, bu mening ayollik burchim — 5.
6. Kelgusida oshxona yumushlari bilan doimiy shug’ullanishga nima deysiz?
a) Albatta, oshpazlikning sir-asrorlarini o’rganishga tayyorman — 5;
b) O’zimni uy bekasi sifatida tasavvur k’ilolmayman — 3;
s) Ba’zida shohona dasturxon tuzashim mumkin, lekin buning uchun tashk’aridan yegulik keltirish ham mumkin — 4.
7. O’zingizga nisbatan talabchanmisiz?
a) Haddan ortik’ — 5;
b) Ba’zida — 4;
s) YO‘k’, onda-sonda o’zimdan k’onik’masligim mumkin, birok’ o’zimni koyimayman — 3.
8. Agar u bilan janjallashib k’olsangiz, birinchi bo’lib bo’yin egishga tayyormisiz?
a) Odatda janjallarimizda men aybdor bo’lmayman — 3;
b) Ko’pincha muammoni hal etishga urinaman — 4;
s) Muammoning kelib chik’ish sabablarini anik’lab, bir to’xtamga kelib olishga harakat k’ilaman — 5.
9. Sizningcha, oilani nimalar mustahkamlaydi?
a) Ikki inson bir-birini tushuna olishi —5;
b) Moliyaviy farovonlik — 3;
s) Muhabbat va ehtiros — 4;
10. Bo’lajak juftingizdan yashiradigan sirlaringiz bormi?
a) Oshkoralikni yok’tiraman, zarracha ikkiyuzlamachilikni sezsam, o’zimni tutolmayman — 5;
b) Hayot, bu — o’yin. U k’ancha sirli bo’lsa, shuncha k’izik’arli — 3;
s) Albatta, insonlarda doim ham aytilmaydigan gaplar bo’lishi mumkin — 4.
11. Bo’lajak turmush o’rtog’ingiz avval kimnidir sevganini eshitib k’oldingiz, sizning harakatlaringiz…
a) K’izlar bilan gaplashishda tajribasi borligidan xursand bo’laman — 3;
b) Menimcha, bu kechirib bo’lmas holat — 4;
s) Men uchun bu u k’adar muhim emas, nimaiki bo’lgan bo’lsa, allak’achon o’tib ketgan — 5.
12. Rashkchimisiz?
a) Inson boshk’alarga ishonishi va shubha uyg’otmasligi lozim — 5;
b) Ba’zida shubhaga yetarli asos bo’lganida rashk k’ilaman — 4;
s) Ha, bilaman, bu mening kamchiligim, ammo boshk’acha bo’lish k’o’limdan kelmaydi — 3.
13. Bo’lajak turmush o’rtog’ingiz boshk’a k’iz bilan marok’li suhbat k’urayotganini ko’rsangiz…
a) Hafsalam pir bo’ladi, birok’ buni sezdirmayman, ularning suhbatiga k’o’shilib, e’tiborni o’zimga k’aratishga urinaman — 5;
b) Muammoni «issig’ida» hal k’ilishga odatlanganman, o’sha joyning o’zida vaziyatga oydinlik kiritib olaman — 4;
s) Men ham o’zimga k’arama-k’arshi jins vakillari orasidan biror suhbatdosh topib olaman — 3.
Natijalar:
40 balldan past Sizga bo’lajak juftingizning ichki dunyosidan ko’ra tashk’i ko’rinishi, badavlatligi va boshk’a xususiyatlari muhimrok’ ko’rinadi. Birok’ oilaviy hayot baxtli yakunga ega ertak ham, «sizdan ugina, bizdan bugina» k’iladigan bozor ham emas. Hech k’anday moliyaviy bark’arorlik chinakam tuyg’ularning o’rnini bosolmaydi. Vak’ti kelib, bu hak’dagi fikrlaringiz o’zgaradi, ungacha shoshilmaganingiz ma’k’ul.
40 dan 45 ballgacha Bir k’arashda mak’sadga yak’inlashib k’olgandek bo’lsangiz-da, endigina birinchi k’adamlarni k’o’yayotganingizni yodingizda sak’lang. Hayotning murakkabliklarini yengib o’tishga kuch topa olsangizgina, farovon oilaning bekasiga aylanasiz. O’zingiz va juftingiz uchun mas’uliyatni bo’yningizga ololsangiz, demak, turmush k’urishga tayyorsiz. Ammo bunda ask’atishi mumkin bo’lgan sabr va matonat kabi xislatlarni o’zingizda mujassamlashtirishga ahamiyat bering.
45 baldan yuk’ori Siz “ha” deydigan inson chindanda baxtli. Chunki har k’anday tanlovni o’ylab, taroziga tortib ko’rish sizga xos xususiyat. Vazminligingiz, sezgirligingiz, dono k’arorlar k’abul k’ila olish k’obiliyatingiz tufayli turmushning «musht»lariga kamrok’ duch kelasiz. Mustahkam va ishonchli k’o’rg’on k’urishga jiddiy kirishgansiz, sizga omad!
Комментарии 0