Tushda harakatlanish hakida video — ozbekiston

Tushda harakatlanish hakida video — ozbekiston

Tushda harakatlanish hak’ida (video) — o’zbekiston

Ma’lum bo’lishicha, uyk’uda uzok’ vak’t k’imirlamay yotish inson salomatligiga jiddiy zarar etkazishi mumkin ekan. Tananing ma’lum bir k’ismi bir necha soat davomida gavdaning og’irligi ostida ezilishi k’on tomirlarini sik’ib, hatto yopib k’o’yishi mumkin. Buning natijasida organizmga k’on ork’ali etkazib beriladigan kislorod va boshk’a kerakli ozuk’a moddalar epidermisgacha etib bormaydi. Natijada teri asta-sekin k’uriy boshlaydi. Organizmda yara shakllana boshlaydi. Ular ezilishdan hosil bo’lgan yaralar deb ataladi.
Xalk’ orasida ular “yotok’ yaralar” deb ataladi. Teri ostida yoki yumshok’ to’k’imalarda yuzaga keladigan bu yaralar davolanmasa yoki ularga infeksiya tushsa, jiddiy kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashk’ari, yotok’ yaralar inson uchun katta xavf tug’diradi. Ularning oldini olish uchun, ya’ni tananing u yoki bu k’ismini ezilishdan sak’lash uchun gavdaning holatini tez-tez almashtirib turish kerak. Buning uchun bemorlarni parvarishlashning maxsus usullari ishlab chik’ilgan. Masalan, falajlangan kasallarning gavda holati har ikki soatda almashtirib turiladi. Uyk’u paytida gavdaning harakatlanib turishi inson uchun k’anchalik muhim ekanligi yigirmanchi asrdagi tibbiy kuzatuvlar natijasida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Vaholanki, bu hodisaning ahamiyatini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni K’ur’on oyatlaridan ham topishimiz mumkin.
Uyk’uda ekanlar, (ko’zlari ochik’ bo’lgani uchun) sen ularni uyg’ok’ deb o’ylarsan. Biz ularni (badanlaridan erga tegib turgan tomoni chirib ketmasligi uchun) o’ng tomon, so’l tomonga aylantirib tururmiz
Kahf surasi, 18-oyat
Bu oyati karima ashobi kahf hak’ida, ularning uzok’ yillar davomida chuk’ur uyk’uga ketganliklari hak’ida hikoya k’iladi. Oyatda Parvardigori olam uxlab yotgan yigitlarni o’ng va so’l tomonlarga aylantirib turganligi ochik’-oydin aytilgan. Tibbiyot fani bugungi kunga kelib anik’lagan mana shu muhim fiziologik ilmiy kashfiyotning muk’addas kitobimizda bayon k’ilinganligi Kalomullohning buyuk mo’’jiza ekanligidan, uning hak’ ekanligidan dalolat beradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.