U-23 osiyo chempionatiga saralash boskichi takvimi elon kilindi — ozbekiston

U-23 osiyo chempionatiga saralash bosk’ichi tak’vimi e’lon k’ilindi — o’zbekiston
2018 yili 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosk’ichi “D” guruhi uchrashuvlarining o’tkazilish kunlari ma’lum bo’ldi. BAA mezbonlik k’iladigan mazkur guruhdan O’zbekiston, Livan va Nepal yoshlari joy olgan.
“D” guruhi uchrashuvlari 15–19 may oralig’ida bo’lib o’tishi belgilandi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa dastlab Livan yoshlariga k’arshi bahs yuritadi. Keyingi rak’ib Nepal bo’ladi. Nihoyat, so’nggi bellashuv maydon egalari – BAA yoshlariga k’arshi kechadi.
Osiyo chempionatiga saralash o’yinlarining barchasi Al-Ayn shahridagi Tahnoun Bin Mohamed Stadium maydonida bo’lib o’tadi.
U-23 Osiyo chempionati saralashi, 15–19 may kunlari, BAA, Al-Ayn shahri
15 iyul, shanba
19:25 BAA – Nepal
22:15 O’zbekiston – Livan
17 iyul, dushanba
19:25 Nepal – O’zbekiston
22:15 Livan – BAA
19 iyul, chorshanba
19:25 BAA – O’zbekiston
22:15 Livan – Nepal
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vak’ti bilan ko’rsatilgan.
Комментарии 0