Ura-urachilik zamoni otdi prezident televidenie hakida — ozbekiston

«ura-urachilik zamoni o’tdi». prezident televidenie hak’ida — o’zbekiston
30 mart kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istik’bollariga bag’ishlangan videoselektor o’tkazdi.
Videoselektorda ishtirok etgan «Kun. uz» manbasining ma’lumot berishicha, Majlisda prezident televidenie faoliyatiga to’xtalgan. Televidenie faoliyati tank’id k’ilingan va tizimni o’zgartirish kerakligi ta’kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo’lib k’olayotgani aytilgan.
«O’zbekiston» va «YOshlar» telekanali nomlari tilga olib o’tilgan.
«Ura-urachilik zamoni o’tdi. Televizorda tank’idiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko’rsatuvlarni sog’inib kutishi kerak. «Axborot» ko’rsatuvini o’zgartirishimiz kerak», degan prezident.
Комментарии 0