Uzbekiston afgonlarni chorak asrlik tanaffusdan sung yana uqishga taklif qildi — ozbekiston

Uzbekiston afgonlarni chorak asrlik tanaffusdan sung yana uqishga taklif qildi — ozbekiston

Uzbekiston afgonlarni chorak asrlik tanaffusdan sung yana uqishga taklif qildi — o’zbekiston

Afgoniston. Kobuldagi maktablardan biriga sayyor sirk keldi. Endilikda shu maktab bitiruvchilari ham Uzbekistonda talim olishi mumkin. 2017, 29 sentyabrda olingan surat.
Afgonistonliklar uchun Surkhondaryo viloyat, Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq khujalik kolleji bazasida uquv markazi ochiladigan buldi. Uzbekistonning janubiy qushnisi fuqarolari uqish kharajatining yarmini tulaydi, kholos. Qolgan yarmini “Uzbekiston temir yullari” kompaniyasi tulaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi 13 noyabrda qabul qilgan qarorda aytilgan.
1978 yili Afgonistonda sovetparast rejim urnatilganidan sung afgonistonlik talabalar sobiq sovet respublikalari, jumladan Uzbekistondagi uquv yurtlarida uqiy boshlagan edi. Uzbekiston mustaqillikka erishganidan sung esa, janubiy qushni bilan talim sohasidagi aloqalar tukhtab qolgan.
Vazirlar Mahkamasining “Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta makhsus talim vazirligi huzurida Afgoniston fuqarolarini uqitish talim markazi faoliyatini tashkil etish tugrisida”gi qarori bilan Yangiariq qishloq khujalik kolleji bazasida ochilayotgan uquv markazida afgonistonliklar oliy, urta makhsus, kasb-hunar talimi oladi, shuningdek, ular qayta tayyorlanib, malakasi oshiriladi.
Markazda Afgoniston tomoni buyurtmanomalariga muvofiq gumanitar, pedagogika va muhandis-tekhnik talim yunalishlari buyicha kadrlar tayyorlanadi.
Talim markazi qachon ochiladi? Markazda afgonistonlik uzbeklar uqiydimi yoki u barcha afgonistonliklar uchunmi?
Shu va boshqa savollarga Ozodlik Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta makhsus talim vazirligidan javob ololmadi. Vazirlikning ikki etakchi mutakhassisi uzlari ham «qaror bilan endigina tanishganlarini” aytish bilan cheklandi. Lekin hukumat qarorida bilvosita javoblar mavjud.
Talim markazini ochish uchun 1 oylik muhlat berildi
Hujjatda Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq khujalik kolleji bino va inshootlarini Talim markazini joylashtirish uchun 1 oy muddatda utkazib berish, shuningdek, 1 oy muddat ichida Markazni davlat ruykhatidan utkazish lozimligi belgilab quyilgan.
Talim markazi tarjimonlar bilan taminlanadi
Hukumat qarorining 18- bandidan Talim markazida millatidan qatinazar barcha afgonistonliklar uqishi mumkinligi tushuniladi. Unda “tegishli horijiy tillarga ikhtisoslashgan malakali sinkhron tarjimonlarning Markaz uquv jarayoniga jalb etilishi taminlansin” deyilgan.
Uzbekistonning janubiy qushnisiga gamkhurligi
Talim markazida afgonistonliklar tulov-kontrakt asosida uqitiladi. Mablagning etishmaydigan qismini Uzbekiston byudjet mablaglari hisobidan qoplanadi. Qarorda mana bu gap ham bor:
“Belgilansinki, Afgoniston Islom Respublikasining fuqarolari uqish uchun tulovni Uzbekiston Respublikasi talim muassasalarida uqiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan talim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablaglari hisobidan tulaydi. Tulovning qolgan qismi “Uzbekiston temir yullari” AJ mablaglari hisobidan qoplanadi”.
Savr inqilobi shimolga ochgan yul
Ozodlik radiosining Afgonistondagi hamkori Olim Kuhkan Uzbekiston hukumati 13 noyabrdagi qarori bilan talim sohasidagi uzilib qolgan Toshkent-Kobul munosabatlarini qayta tiklayotganini etirof etarkan, bundan chorak asr oldingi vaziyatni eslab bunday dedi:
— Toshkent bilan Kobul urtasida talim sohasidagi aloqalar 1978 yilda sodir bulgan Savr inqilobi tufayli Afgonistonda Moskvaga tarafdor hukumat kelganidan sung boshlangan. Ushandan boshlab butun sovet respublikalariga, shu jumladan Uzbekistonga ham afgonistonlik talabalar borib uqigan edi. Bu jarayon prezident Najibulloh hokimiyati qulashi bilan tukhtadi. Bu vaqtga kelib SSSR ham tarqab ketgan edi, dedi Olim Kuhkan.
Ilm har joyda, afgonistonlik uzbek uchun til faqat Uzbekistonda
Afgoniston shimolidagi Jovuzjon viloyati universitetining uzbek tili va adabiyoti uqituvchisi Nurulloh Oltoy 1982-87 yillarda Toshkent davlat universitetining uzbek filologiyasi fakultetida uqigan.
Ozodlik bilan suhbatda Nurulloh Oltoy Vazirlar Mahkamasining afgonistonliklar uchun Talim markazi ochish tugrisidagi qarorini olqishladi.
Bunday uquv dargohi, Oltoyning fikricha, ayniqsa, Afgoniston shimolidagi 9 viloyat aholisining kupchiligini tashkil qiladigan uzbeklar uchun uta zarurdir.
— Afgonistonlik uzbeklar hanuzgacha uzining adabiy til standartlariga ega emas. Modomiki, Uzbekistonda shunday harakat boshlangan ekan, bu afgon uzbeklari tili rivoji uchun asos buladi, deb umid qilaman. Boshqa ilmlarni dunyoning istalgan davlatida olish mumkin. Lekin afgon uzbeklari uzlarining adabiy normativ tiliga ega bulishi uchun yagona manba Uzbekistondir, dedi Nurulloh Oltoy.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.