Uzbekiston moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi muhokama qilinmoqda — ozbekiston

Uzbekiston moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi muhokama qilinmoqda — ozbekiston

Uzbekiston moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi muhokama qilinmoqda — o’zbekiston

Uzbekiston Moliya vazirligi mamlakat Moliya bozorini urta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida elon qilindi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda Koreya fond birjasi, BMTTD, Khalqaro moliya korporasiyasi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va boshqa tuzilmalar ekspertlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda mamlakatda 900 mingga yaqin jismoniy va yuridik shakhslar 42,1 trln sum nominal qiymatidagi aksiyalarga egalik qilmoqda. 2016 yilda korporativ qimmatli qogozlar (aksiya va obligasiyalar) aylanmasi 14,5 trln sum darajasida qayd etilib, bu mamlakat YaMMning 7,3 foiziga teng demakdir. Solishtirish uchun 2015 yilgi malumotlarga etibor qaratsak, 2015 yilda Koreya Respublikasida bu kursatkich urtacha 133,8 foiz, Yaponiyada 127,1 foiz, Turkiyada 48,7 foiz, Germaniyada 43,8 foiz, Rossiyada 8,6 foizni tashkil etgan (Jahon banki akhboroti).
«Fond bozori, jumladan ikkilamchi bozordagi joriy vaziyat milliy kapital bozori aholi va sarmoyadorlar, jumladan khorijlik investorlarning erkin mablaglarini jalb etish yuli bilan iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish buyicha uzining asosiy vazifalarini bajarmaganidan guvohlik bermoqda», — deyiladi konsepsiya loyihasida.
Khususiylashtirish jarayonlariga haddan ziyod tasirchanlik, AJlarga talablarning asossiz ravishda oshirib yuborilgani, moliya bozori sektorlarini qayta isloh qilishda muvozanatlashtirilgan yondashuvning mavjud emasligi bozorning rivojlanishiga asosiy tusqinlik qilgan sabablar sifatida keltirilgan.
Konsepsiyani amalga oshirish uchun 2017?2021 yillarda moliya bozorini rivojlantirish kompleks dasturini tasdiqlash taklif qilingan. Unda qimmatli qogozlar bozori huquqiy normativ hujjatlarini, sugurta va bank khizmatlarini takomillashtirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, moliya bozorini nazorat qilish tizimini institusional mustahkamlash va boshqalar kuzda tutilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.