Uzbekiston polshalik sayyohlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirdi — ozbekiston

Uzbekiston polshalik sayyohlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirdi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Uzbekistonga sayyoh sifatida keluvchi Polsha fuqarolariga viza berish tartiblarini soddalashtirish orqali ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini kupaytirishga qaratilgan qarorini imzoladi. Mazkur qaror ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini kupaytirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan Uzbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyuruvchi Polsha fuqarolariga 30 kundan ortiq bulmagan muddatga beriladigan vizalar hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmaganda ikki kun ichida rasmiylashtiriladi. Bunda turistik vaucherlar va Uzbekiston sayyohlik tashkilotlari taklifnomalarini taqdim etish tugrisidagi talab bekor qilindi.
TIV malumotlariga kura, ayni paytda Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Fransiya, Chekhiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblari joriy etilgan. Ushbu mamlakatlar sayyohlariga bir oygacha muddatga kup marotabalik, tadbirkorlik doiralari vakillariga esa bir yilgacha (Malayziya uchun olti oy) muddatga vizalar taqdim etilib, bunda turvaucher yoki Uzbekiston yuridik va jismoniy shakhslarining TIVga taklifnoma bilan murojaat qilishi talab etilmaydi. Vizalar hujjatlar topshirilgan kun hisobga olinmaganda ikki kun ichida rasmiylashtiriladi.
Комментарии 0