Uzbekiston prezidenti qirgizistonga keldi — ozbekiston

Uzbekiston prezidenti qirgizistonga keldi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan Qirgiziston Prezidenti Almazbek Atamboev taklifiga binoan 5 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi, deb khabar qildi UzA.
«Manas» khalqaro aeroportida rasmiy kutib olish marosimi buldi. Davlat rahbarini Qirgiziston Prezidenti Almazbek Atamboev kutib oldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga fakhriy qorovul saf tortdi.
Uzbekiston va Qirgiziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari fakhriy qorovul safi oldidan utdilar.
Oliy darajadagi muzokaralarda Uzbekiston va Qirgiziston urtasida uzaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va khalqaro muammolarni muhokama qilinishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunlari buyicha ikki davlat rahbarlarining Qushma bayonoti, Uzbekiston-Qirgiziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz urtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Комментарии 0