Uzbekiston respublikasining byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan uzbekiston respublikasining ay

Uzbekiston respublikasining byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan uzbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini uz kuchini yuqotgan deb topish tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 28 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati tugrisida»gi 913-XII-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Akhborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2007 yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi «byudjet mablaglari, byudjetdan tashqari fondlarning va aniq maqsadga qaratilgan fondlarning mablaglari» degan suzlar «mahalliy byudjetlarning mablaglari va byudjetdan tashqari jamgarmalarning mablaglari» degan suzlar bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan tuldirilsin:
«81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamgarmalari
Khalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamgarmalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:
fuqarolar, korkhonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan byudjet tashkilotlari mustasno, ikhtiyoriy badallari va khayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablaglar.
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamgarmalarining mablaglari shakhsiy gazna hisobvaraqlarida turadi, olib quyilmaydi hamda tegishli khalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga kura sarflanadi»;
3) III bob chiqarib tashlansin;
4) 24-moddaning birinchi qismi:
ikkinchi khatboshisidagi «mahalliy byudjet va uning ijrosiga doir hisobotni» degan suzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan kurib chiqish hamda qabul qilish»;
quyidagi mazmundagi turtinchi va beshinchi khatboshilar bilan tuldirilsin:
«viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi tugrisidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan kurib chiqish hamda tasdiqlash;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy tulovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash»;
turtinchi — un ikkinchi khatboshilari tegishincha oltinchi — un turtinchi khatboshilar deb hisoblansin.
5) 25-modda birinchi qismining turtinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yunalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy byudjetining, tuman va shahar byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi tugrisidagi hisobotni khalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi».
2-modda. Uzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Khorijdan mablag jalb qilish tugrisida»gi 263-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1996 yil, № 9, 126-modda) quyidagi uzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Davlatning khorijdan mablag jalb qilishi tugrisida Uzbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga Uzbekiston Respublikasi Prezidenti, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular tomonidan vakolat berilgan organ egadir.
Davlat tashqi qarzining eng yuqori miqdori har yili Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan kelgusi yil uchun Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari qabul qilinayotganda belgilanadi»;
2) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«5-modda. Uzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari
Uzbekiston Respublikasining davlat kafolati (bundan buyon matnda davlat kafolati deb yuritiladi) qarz oluvchi-rezident uzidan undiriladigan summani qarz (kredit) berish kelishuvlarida belgilangan muddatda tulamagan taqdirda Uzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni tuliq yoki qisman tulash majburiyatidir.
Davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar uzlari olgan kreditlar (qarzlar) buyicha majburiyatlarni bajarishining taminoti sifatida beriladi. Jismoniy shakhslarning majburiyatlari buyicha davlat kafolatlari berilmaydi.
Kreditlar (qarzlar) buyicha davlat kafolatlari qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari asosida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga kura beriladi.
Kafil oldidagi shartnoma majburiyatlari qarz oluvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, u kafil bilan kelishmay turib foydani taqsimlashga hamda boshqa qarzlar buyicha tulovlarni amalga oshirishga haqli emas.
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat kafolatlarini rasmiylashtirish buyicha vakolatli organdir.
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib quyilgan tulovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan tulovlar va ular bilan bogliq kharajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan suzsiz undirib olish huquqiga ega.
Davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, berish, ruykhatdan utkazish va ular buyicha majburiyatlarni bajarish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar rezidentlarning qarz majburiyatlari kafolatlanmagan bulsa, Uzbekiston Respublikasi ular yuzasidan javobgar bulmaydi»;
3) 6-modda chiqarib tashlansin;
4) 8-moddaning turtinchi — sakkizinchi khatboshilari quyidagi mazmundagi turtinchi — ettinchi khatboshilar bilan almashtirilsin:
«davlatning khorijdan mablag jalb qilishi buyicha shartnomalarni va davlat kafolatlarini ruykhatdan utkazish;
davlat tashqi qarzini hisobga olish va monitoring qilish;
davlat tashqi qarziga khizmat kursatish, davlat kafolatlarini bajarish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar».
3-modda. Uzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Bukhgalteriya hisobi tugrisida»gi 279-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1996 yil, № 9, 142-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi qushimcha va uzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan tuldirilsin:
«Byudjet tashkilotlarining bukhgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotini tartibga solish Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan byudjet hisobi standartlari asosida amalga oshiriladi»;
uchinchi qismi turtinchi qism deb hisoblansin;
2) 12-modda quyidagi mazmundagi tuqqizinchi qism bilan tuldirilsin:
«Byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash byudjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi»;
3) 13-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tuldirilsin:
«Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi buyicha daromadlar va kharajatlar ular kelib tushgan yoki tulangan davrda byudjet hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi»;
4) 16-moddaning turtinchi qismi quyidagi mazmundagi turtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi»;
5) 18-moddaning uchinchi qismi «yuridik shakhs» degan suzlardan keyin «(byudjet tashkilotlaridan tashqari)» degan suzlar bilan tuldirilsin;
6) 19-modda:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
turtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va turtinchi qismlar deb hisoblansin.
4-modda. Quyidagilar uz kuchini yuqotgan deb topilsin:
1) Uzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Byudjet tizimi tugrisida»gi 158-II-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 6-modda);
2) Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Byudjet tizimi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 159-II-sonli Qarorining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 7-modda) 1 va 2-bandlari;
3) Uzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan «Davlat byudjetining gazna ijrosi tugrisida»gi 664-II-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2004 yil, № 9, 164-modda);
4) Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan «Davlat byudjetining gazna ijrosi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 665-II-sonli Qarori (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2004 yil, № 9, 165-modda);
5) Uzbekiston Respublikasining 2005 yil 23 mayda qabul qilingan «Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartishlar kiritish tugrisida»gi URQ-2-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda) 7-moddasi;
6) Uzbekiston Respublikasining 2005 yil 19 dekabrda qabul qilingan «Bazi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartishlar kiritish tugrisida»gi URQ-4-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda) 6-moddasi;
7) Uzbekiston Respublikasining 2005 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Uy-joy-kommunal khujaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida»gi URQ-19-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda) 6-moddasi;
8) Uzbekiston Respublikasining 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan «Byudjet tizimi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida»gi URQ-95-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 4, 168-modda);
9) Uzbekiston Respublikasining 2007 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida»gi URQ-113-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 9, 420-modda) 4-moddasi;
10) Uzbekiston Respublikasining 2007 yil 17 dekabrda qabul qilingan «Byudjet tizimi tugrisida»gi hamda «Davlat byudjetining gazna ijrosi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi qonunlariga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida»gi URQ-130-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 12, 601-modda);
11) Uzbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq tugrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Uzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida»gi URQ-197-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda) 30-moddasi;
12) Uzbekiston Respublikasining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan «Davlat byudjetining gazna ijrosi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga qushimcha kiritish haqida»gi URQ-204-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2009 yil, № 4, 131-modda);
13) Uzbekiston Respublikasining 2010 yil 9 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning pensiya taminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartishlar kiritish tugrisida»gi URQ-254-sonli Qonunining (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2010 yil, № 9, 334-modda) 7-moddasi.
5-modda. Ushbu Qonun 2014 yil 1 yanvardan etiboran kuchga kiradi.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013 yil 27 dekabr,
URQ-361-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2013 y., 52-son, 686-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.