Uzbekiston va qozogiston qator hujjatlarni imzoladi — ozbekiston

Uzbekiston va qozogiston qator hujjatlarni imzoladi — o’zbekiston

Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboev 16 sentyabr kuni Toshkentga davlat tashrifi bilan keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent khalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kutib oldi, deb khabar qildi UzA.
Tashrif ikki davlat rahbarining Mustaqillik maydoniga tashrifi bilan boshlandi. Bu erda Nursulton Nazarboev Mustaqillik va ezgulik yodgorligi poyiga gulchambar quydi. Shundan sung prezidentlar Shaykh Khovandi Tohur va Tulabiy (Qaldirgochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi.
Ular Uzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov kup yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. Nursulton Nazarboev Islom Karimov haykali poyiga gul quyib, uning yorqin khotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shundan sung prezidentlar «Uzekspomarkaz»da tashkil etilgan Qozogiston milliy mahsulotlari kurgazmasi bilan tanishdi.
Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari Kuksaroy qarorgohida bulib utdi. Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev mamlakatlar urtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va khalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Davlat rahbarlari huzurida Davlat chegaralari utkazish punktlari va avtomobil yullarini rekonstruksiya qilish va modernizasiyalash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish buyicha yul kharitasi, Uzbekiston bilan Qozogiston urtasida suvga oid munosabatlar sohasida hamkorlik buyicha yul kharitasi, Uzbekiston hukumati bilan Qozogiston hukumati urtasida energetika sohasidagi hamkorlikning bazi masalalari tugrisida bitim, Harbiy-tekhnikaviy hamkorlik tugrisida bitim, Uzbekiston Davlat bojkhona qumitasi bilan Qozogiston Moliya vazirligi urtasida kontrabanda va bojkhona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamkorlik tugrisida bitimlar, «Uzbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyati bilan «Qazaqstan temir joli» Milliy kompaniyasi urtasida strategik hamkorlik tugrisida bitimga imzo chekildi.
Bundan tashqari, mamlakatlar hududlarining tugridan-tugri aloqalariga asos buladigan hujjatlar ham qabul qilindi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogiston viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogiston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qizilurda viloyati hokimligi urtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik tugrisida memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, tashrif doirasida Qoraqalpogiston Vazirlar Kengashi bilan Qozogistonning Aktobe viloyati hokimligi urtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik tugrisida memorandum, Jizzakh viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozogiston viloyati hokimligi urtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik tugrisida memorandum, Uzbekiston Milliy akhborot agentligi bilan «Kazinform» khalqaro akhborot agentligi urtasida memorandum imzolandi.
Uzbekiston Prezidenti farmoni bilan Qozogiston rahbari Nursulton Nazarboev «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. Oliy martabali mehmonga mukofotni Shavkat Mirziyoevning shakhsan uzi topshirdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.