Uzbekistonda benzin narkhi keskin qimmatladi navbat gaz va elektrga8230 — ozbekiston

Uzbekistonda benzin narkhi keskin qimmatladi. navbat gaz va elektrga… — o’zbekiston
Uzbekistonda narkh qimmatlashi arafasida benzin taqchilligi yuzaga kelgani khabar qilindi.
Uzbekistonda 15 noyabrdan boshlab benzin narkhi 1,5 barobarga qimmatladi. 14 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «YOqilgi-energetika resurslari bilan uz vaqtida taminlash buyicha chora-tadbirlar tugrisida»gi qarori bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan. Narkh qimmatlashi arafasida Uzbekistonning barcha viloyatlarida benzin taqchilligi kuzatildi. Ayrim joylarda benzin 5500 sumgacha sotilgani aytilmoqda.
Biroq hozircha vazirlar Mahkamasining benzin va dizel yoqilgisi narkhlarini kutarish tugrisidagi qarori rasman elon qilinmadi.
Mahalliy nashrlar ijtimoiy tarmoqlarda hukumat qarori nuskhasi tarqatilgani va uz manbalari, jumladan, «Uzbekneftgaz» shirkati bergan malumotlarga asoslanib, benzin narkhi qimmatlaganini yozmoqda.
Toshkentdagi qator AYOQShlarning khodimlari ham 14 noyabrdan 15 noyabrga utar kechasi narkhlar qimmatlashi kutilayotganini mahalliy matbuotga tasdiqlagan.
Sputnik nashrining yozishicha, qarorga asosan shu kungacha 2800 sum bulgan Ai-80 benziniga 3800 sum, 3000 sum bulgan Ai-91 benziniga 4300 sum; Dizel yoqilgisiga 4100 sum; EKO dizel yoqilgisiga 4200 sum narkh belgilandi.
Podrobno. uz nashri esa viloyatlarda benzin taqchilligi yuzaga kelganini, viloyatlarda AI-80 benzini chayqovchilar tomonidan 4000-5500 sumdan sotilayotganini malum qildi.
Nashrning bildirishicha, Uzbekistonda 2010 yildan 2016 yilgacha bulgan davr mobaynida benzin ishlab chiqarish 26,2 foizga, dizel yonilgisi ishlab chiqarish 8,3 foizga qisqargan. Ayni paytda uglevodorodlarni iport qilish hajmi 1,3 foizga kupaygan.
“Gazeta. uz” esa uz khabarida Vazirlar mahkamasi qarorida 2018 yilning 1 aprelidan tabiiy gaz narkhini 10 foizga, elektr quvvati narkhini 12 foizga kutarish nazarda tutilganini takidladi.
Nashr dizel yoqilgisi narkhining keskin kutarilganiga ham etibor qaratadi. Khabarda qayd etilishicha, dizel yoqilgisi narkhi 72,6 foizga, EKO dizel yoqilgisi 71 foizga qimmatladi.
“Narkhlarning qimmatlashiga yonilgi-energetika resusrlarining jahon bahosi kutarilgani sabab qilib kursatilmoqda”, deb yozadi “Gazeta. uz”
Benzin narkhi okhirgi marta bir yil muqaddam uzgargan. 2016 yilning 23 oktyabrida Uzbekistonda benzin narkhi urtacha uchdan birga, 2075 sumdan 2800 sumga kutarilgan.
Комментарии 0