Uzbekistonda markazlashtirilgan kinoprokat tizimi tashkil etiladi — ozbekiston

Uzbekistonda markazlashtirilgan kinoprokat tizimi tashkil etiladi — o’zbekiston
«Uzbekkino» Milliy agentligi Uzbekiston Vazirlar Mahkamasiga barcha kinoteatrlarni davlat-khususiy sektor hamkorligi tamoyillariga asoslangan umumrespublika kinoprokat tizimiga birlashtirishni kuzda tutuvchi qaror loyihasini kiritdi.
Prokat tarmogini yangi «Respublika kinoprokat markazi» DUK bazasida tashkil etish, unga «Uzbekkino»ga qarashli barcha kinoteatrlarni majburiy, khususiy kinoteatrlarni esa kungilli asosda azo qilish rejalashtirilmoqda.
«Respublika kinoprokat markazi» respublika kinoteatrlari va kinozallarida yillik repertuar rejasidagi milliy va khorijiy kinofilmlar namoyishining optimal nisbatini belgilagan holda kinoprokat tarmogining yagona repertuar siyosatini amalga oshiradi.
«Respublika kinoprokat markazi» Uzbekiston hududida filmlar prokatini amalga oshirish va rukhsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishga ekspert khulosasini taqdim etish bilan ham shugullanadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab kinoteatrlar va kinozallarda elektron kinochiptalarni sotish va ularning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni boshlash belgilangan. Bu huquq egalari va istemolchilarning huquqlarini taminlashi, kinofilmlar prokati bozori holati haqidagi tezkor va ishonchli akhborotlarni olish hamda daromadlarni yashishishga barham berishi lozim.
Комментарии 0