Uzbekistonda yashayotgan arman tevos arshakyan garaz tula maqolasi uchun uzr surashi shart — ozbekiston

Uzbekistonda yashayotgan arman: tevos arshakyan garaz tula maqolasi uchun uzr surashi shart — o’zbekiston

Uzbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan futboldan chetlashtirilganidan sung Armanistonning «Armenian Report» nashri uzbeklarni millatchilikda ayblab, nokholis maqola elon qilgan edi.
Uzbekistonda yashaydigan arman millatiga mansub Abdurahmon Meshayan ushbu maqolaga etiroz bildirib chiqdi. Uning yozganlari shu qadar haqiqatga yaqinki, Tevos Arshakyanning buhtonlari bamisoli garddek bulib qoladi, puflasa uchib ketadi. Quyida uzingiz uqishingiz mumkin.
«Men Uzbekistonda tugilib usganman.
Shu yurtda istiqomat qilayotganimga 27 yil buldi.
Chorak asrdan oshiqroq vaqt davomida bu ulkada yasharkanman, bir bora bulsin menga yo qondoshlarimizga nisbatan millatchilik qilinganiga guvoh bulmaganman.
Qondoshlarim ichida uz biznesiga, dukonlariga ega bulganlari ham talaygina.
Hech qaysisidan mol-mulki tortib olingani, biznes faoliyatiga tusiq quyilgani yuq hanuzgacha.
Agar Uzbekistonda tuhmatchi Tevos Arshakyan aytayotganidek armanlarga kun berilmayotgan bulganida, Artur Grigoryan hech qachon boks buyicha jahon chempioni bulolmagan, Tamarakhonimning uy muzeyi yopib tashlangan, Arevat Grigoryan millionlab uzbeklarning eng sevimli teleboshlovchilaridan biriga aylanmagan, ana usha haqli ravishda futboldan bir umrga chetlashtirilgan Samvel Babayanning uzi esa Uzbekiston milliy terma jamoasini shuncha yil boshqarmagan bulardi.
Uzbekistonda faoliyat yuritayotgan futbol buyicha murabbiylar ichida kelib chiqishi arman millatiga mansub shakhs faqatgina Samvel Babayan emas.
Yuriy Sarkisyan ham arman millatiga mansub. Unga ham kun berilmayaptimi?
Agar Tevos Arshakyan tuhmat qilayotganidek Uzbekistonda armanilarga tazyiq kuchayib ketgan bulsa, qanday qilib armanlarning biri el suygan hofiza, biri teleyulduz, biri milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bulishi mumkin?
Qani mantiq?
Uzimdan qiyos.
Men sher yozaman.
Uzbekiston YOzuvchilar uyushmasi Ijod fondi tomonidan har yili bir guruh istedodli yoshlarning sherlari bitta kitobga jamlanib, almanakh bulib bepul nashr qilinadi.
Usha bepul nashr qilingan kitoblarning birida kaminaning ham sherlari bosilib chiqqan.
Holbuki u almanakhda sherlari chop qilinishini necha yillardan beri kutayotgan uzbeklar bor.
Kimning qay tilda suzlashishiga emas, istedodi bor-yuqligiga qarab kitobga sherlar kiritishiga kuchli dalil bu.
Uzbekiston khalq shoiri, senator Iqbol Mirzoning menga bergan kumaklari va dastaklarini gapirsam, soatlar ozlik qiladi.
Na hukumat, na khalq armanlarga nisbatan tazyiq utkazayotganining, aksincha, eng baland mansabu martabalarga erishgan uzbeklarning ham armanilarga millatchilikni khayolining bir burchagiga keltirmay yordam qilayotganining yorqin dalili bu.
Shunday ekan, tadbirkor armani tadbirkorligini, teleyulduz uz jurnalistligini, murabbiy uz murabbiyligini emin-erkin amalga oshirayotgan Uzbekistonda, shu Uzbekiston khalqiga tuhmat qilgan Tevos Arshakyan garaz tula maqolasi uchun uzr surashi shart.
Murabbiyga kelsak, uni 32 million khalqni uz terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishini yana turt yil kutishga mahkum etganidan ancha avval bushatish kerak edi.
Bunda esa uni qullagan «quli uzun»larning ham, unga qarshi «bunt» qilmagan ashaddiy futbol fanatlarining ham aybi salmoqli.
Dunyoning boshqa mamlakatida qandayligini bilmadim, ammo Uzbekistonda armanlar, chapanichasiga aytsam, maza qilib yashashyapti.
Darvoqe, bundan tuqqiz yil burun bir qondoshim Uzbekistondan kuchib ketdi. Qayga kuchganini aytmay quya qolay. Sotqin, laganbardor, uzbeklarning dumi kabi laqablarga duchor qilishmasin yana.
Khullas, usha qondoshimiz, ikki yil zurga dosh berib, bor-yugini arzon-garovga sotib, yana Toshkentga qaytib keldi.
Balki uzi kabi armanlarga kun bermaydigan, millatchilik qiladigan, tinimsiz kamsitadigan uzbeklarni sogingandir?
A, labbay?»

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.