Uztreyd latviyada savdo uyini ochadi — ozbekiston

Uztreyd latviyada savdo uyini ochadi — o’zbekiston

28?30 avgust kunlari Rigada iqtisodiy, sanoat va ilmiy-tekhnikaviy hamkorlik buyicha Latviya-Uzbekiston hukumatlararo komissiyasining ettinchi yigilishi hamda ikki davlat tadbirkor doiralarining biznes-forumi bulib utdi.
Biznes-forum jarayonida Latviyaning De Fonte Group kompaniyasi va Uzbekiston Tashqi savdo vazirligi qoshidagi «Uztreyd» tashqi savdo kompaniyasining hamkorlikdagi savdo uyini ochish tugrisidagi shartnoma imzolandi, deb khabar qildi mahkama matbuot khizmati «Gazeta. uz»ga.
De Fonte Group 2008 yilda tashkil etilgan bulib, tuqimachilik, mashinasozlik va akhborot tekhnologiyalari kabi sohalarda sakkizta korkhonaga ega. U Toshkentda Uzbekiston va Evropa davlatlarida biznesni rivojlantirish masalalar buyicha tadbirkorlarga maslahatlar beruvchi Latviya biznes markazini ochdi. 2017 yilda kompaniya Chirchiqda elektrokarting, elektrovelosipedlar, elektroskuterlar va elektrokvadrasikllar ishlab chiqaruvchi De Fonte Electric Car korkhonasiga asos soldi.
Uzbekistondan Latviyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, elektrotekhnikalar, kimyo mahsulotlari, tuqimachilik buyumlari, yuqori samaradorlikka ega mineral ugitlar, engil va yuk mashinalari hamda boshqa tovarlarni etkazib berishi mumkinligi qayd etildi.
Tashrif doirasida «Uztreyd» Latviyaga uzbek ishlab chiqaruvchilarining tuqimachalik, meva-sabzavot hamda boshqa mahsulotlarini etkazib berish buyicha qiymati 10 mln dollarga yaqin shartnomalar imzolandi.
Bundan tashqari, «Uztreyd» latviyalik sheriklar bilan Uzbekiston tashqi savdo yuklarini Evropa bozorlari yunalishlarida tashish logistikasini tashkil etish tugrisida kelishuvga erishdi. Buning uchun portlar infratuzilmasi rivojlangan khalqaro ahamiyatga molik Evropa transport uzeli hisoblangan Liepaya shahridagi omborkhona majmuasidan foydalaniladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.