Video foto poytakht talabalari pakhta terimidan qaytmoqda — ozbekiston

Video, foto: poytakht talabalari pakhta terimidan qaytmoqda — o’zbekiston

Toshkent irrigasiya va qishloq khujaligini mekhanizasiyalash muhandislari instituti (TIQKhMMI) talabalari 22 sentyabr kuni Sirdaryo viloyatining Saykhunobod tumanida bir kun bulganidan sung uyga qaytishdi. Talabalarni pakhta dalalaridan qaytarish masalasi bir kun muqaddam Uzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov utkazgan selektor yigilishidan sung boshlandi. «Gazeta. uz» mukhbiri vokzalda talabalarni kutib oldi.
TIQKhMMI talabalari bulgan reys 14:50 da etib keldi. Institutning manaviyat va marifat ishlari buyicha prorektori Qodir Shovvozovning malum qilishicha, junatilgan barcha talabalar — 2500 ga yaqin kishining barchasi qaytarildi. Avvalroq — 13:30 da esa Toshkent davlat agrar universiteti talabalari bulgan 26 vagonlik tarkib etib keldi.
«Gazeta. uz» mukhbiri bilan bulgan suhbatda talabalar hattoki pakhta dalasiga chiqishga ulgurmaganini malum qilishdi. «Qaytganimizdan khursandmiz, Prezidentimizga rahmat», — dedi birinchi bosqich talabalaridan biri.
«Biz pakhtaga boshqa bormaymizmi? Hattoki unga qul tegishga ham ulgurmadik», — deydi boshqasi.
«Davlatga foydamiz tegishini istagan edik, shuning uchun pakhtaga borgandik», — dedi yana bir talaba.
Video
Foto

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.