Viii kishki osiyo oyinlarida misha ge bugun oz ishtirokini boshlaydi — ozbekiston
Viii k’ishki osiyo o’yinlarida misha ge bugun o’z ishtirokini boshlaydi — o’zbekiston
YAponiyaning Sapporo shahrida VIII k’ishki Osiyo o’yinlari k’izg’in davom etmok’da. Musobak’ada jami 32 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 1200 nafar sportchilar ishtirok etishyapti. E’tiborli jihati Osiyoning 30 ta mamlakati k’atorida bu safar Okeaniya mintak’asi vakillari – Avstraliya va YAngi Zelandiya terma jamoalari ham musobak’ada mehmon sifatida k’atnashishmok’da. Fak’at ushbu mintak’a vakillari medallar uchun kurash olib borishmaydi.
Bu safargi k’ishki Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sharafini figurali uchish bo’yicha terma jamoamiz a’zosi Misha Ge himoya k’ilishi xak’ida xabar berib o’tgandik. Hamyurtimiz o’z ishtirokini bugun — 24 fevralda boshlaydi. Bugun k’isk’a dastur bo’yicha musobak’alar Toshkent vak’ti bilan soat 14:05da start oladi. Misha Ge esa bugungi dastur bo’yicha bizning vak’t bilan soat 16:27da muzga chik’ishi kutilmok’da.
Bugun jami 21 nafar sportchi k’isk’a dasturda o’z omadini sinab ko’radi. Hamyurtimizdan tashk’ari erkaklar o’rtasida yakkalikdagi k’isk’a dasturda bugun shuningdek, Gonkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, K’ozog’iston, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xitoy, YAponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillari ham ishtirok etishadi.
Shuningdek, 26 fevral kuni Toshkent vak’ti bilan soat 08:00da k’ishki Osiyo o’yinlarida erkin dastur bo’yicha bellashuvlar o’tkazilib, Misha Ge ushbu bahslarda ham k’atnashishi rejalashtirilgan. 26 fevral kuni esa Makomanay muz saroyida musobak’alarning tantanali yopilish marosimi o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz Misha Ge 15-19 fevral kunlari Seulda bo’lib o’tgan “To’rt k’it’a chempionati” Xalk’aro turnirida ishtirok etdi va 20 fevral kuni kechk’urun Sapporoga etib bordi. Koreyadagi musobak’ada Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyaning eng kuchli figurali uchish ustalari g’oliblik uchun kurash olib borishdi va mazkur turnir Misha Ge uchun VIII k’ishki Osiyo o’yinlariga tayyorgarlik bosk’ichi vazifasini o’tab berdi.
Ma’lumot uchun, Misha Ge – Xalk’aro toifadagi sport ustasi, 2009 yildan figurali uchish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi. U O’zbekiston terma jamoasi sharafini 2011 yilda Astana/Almati shaharlarida bo’lib o’tgan VII k’ishki Osiyo o’yinlari, hamda 2014 yili Sochi mezbonlik k’ilgan XXII k’ishki Olimpiya o’yinlarida himoya k’ilgan.
Misha Ge k’it’a va Xalk’aro musobak’alar sovrindori hisoblanadi. Figurali uchish bo’yicha 2015 yili Xitoyning Shanxay shahrida bo’lib o’tgan jahon chempionatida 6-o’rinni egallagan. 2016 yilda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etilgan “Autumn Classic International Skate Canada” turnirida 2-o’ringa sazovor bo’lgan.
Комментарии 0