Xalk tibbiyot xodimlariga ishonishi kerak — shavkat mirziyoev — ozbekiston

Xalk’ tibbiyot xodimlariga ishonishi kerak — shavkat mirziyoev — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 yanvar kuni sog’lik’ni sak’lash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi O’zA. Videokonferensiya shaklida o’tgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sog’lik’ni sak’lash tizimi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
«Sog’lik’ni sak’lash sohasini isloh k’ilish davlat siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biridir», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident mamlakatda xalk’ning munosib hayot sifatini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza k’ilish, har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga k’aratilgan tizimli ishlarni k’ayd etib o’tdi. Shundan so’ng o’z echimini kutayotgan muammolarga batafsil to’xtalib o’tdi. Asosiy dik’k’atni k’ishlok’ vrachlik punktlari faoliyatiga oid masalalarga k’aratdi.
«Erishilgan yutuk’larga mahliyo bo’lib o’tirish tarak’k’iyot yo’lidagi eng katta g’ovdir», — dedi Shavkat Mirziyoev. U sentyabr oyi so’ngida ochilgan bosh vazir virtual k’abulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 7000 dan ziyodrog’i aynan tibbiyot sohasiga taalluk’li ekanini ta’kidlab o’tdi.
Bugungi kunda K’VPlar birlamchi tibbiy ko’rikni o’tkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, k’ator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun k’ulaylik yaratmok’da. Lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali mutaxassislar etarli darajada emas . Ba’zi chekka hududlarda oddiy k’on topshirish uchun tuman markaziga yoki shaharga borishga to’g’ri kelmok’da .
Ayrim joylarda tibbiy ko’riklar nomigagina o’tkazilmok’da , deb fikrini davom ettirdi Prezident. Chekka hududlarda malakali mutaxassislar etishmayotgani kadrlar masalasida k’ilinadigan ishlar ko’pligini anglatadi.
K’ishlok’ vrachlik punktlari tunu kun ishlamog’i zarur. Buning uchun punkt yonidan shu joyda ishlaydigan vrachga uy k’urib berish lozim.
Aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish sifatini yuksaltirishga k’aratilgan bir k’ator chora-tadbirlar ko’rildi. Lekin bugun xalk’ bu xizmat sifatidan rozi, deya olmaymiz, dedi u. Tizimni mutlak’o o’zgartirish — davr talabi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi k’arori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tank’idiy ko’rib chik’ildi.
Shundan so’ng davlat rahbari xotin-k’izlar uchun alohida poliklinika tashkil k’ilish kerakligini ma’lum k’ildi. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog’lom dunyoga keltirish ko’p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog’lik’, dedi u.
«Sog’lik’ni sak’lash sohasi hak’ida gapirganda bir hak’ik’atni esimizdan chik’armasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalk’ ishonishi, ular esa xalk’ni ishontira olishi kerak», — k’ayd etdi Shavkat Mirziyoev.
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham echimini kutayotgan masalalar ko’p. Mavjud markazlarning hammasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu, aynik’sa, k’ishlok’ aholisiga muayyan nok’ulayliklar tug’dirayotir. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari joylarga chik’ib aholiga tibbiy xizmat ko’rsatmog’i, jarrohlik amaliyotlarini o’tkazmog’i lozim, dedi Prezident.
Tadbirda mamlakat sog’lik’ni sak’lash sohasini yanada rivojlantirish, ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalk’aro standartlar darajasiga ko’tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg’or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning etakchi tibbiyot markazlari va o’k’uv muassasalari, tanik’li olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshk’a dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga anik’ topshirik’lar berildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.