Xirosima kahramonlaridan biri ulugbek rozimov olamdan otdi — ozbekiston

Xirosima k’ahramonlaridan biri – ulug’bek ro’zimov olamdan o’tdi — o’zbekiston

O’zbekiston terma jamoasining sobik’ himoyachisi Ulug’bek Ro’zimov olamdan o’tdi.
1994 yilgi Osiyo o’yinlarida g’olib bo’lgan Ulug’bek Ro’zimov 49 yoshida jigar sirrozi kasalidan vafot etdi. Bu hak’da sport jurnalisti Kamoliddin Alimov feysbukdagi sahifasida xabar k’oldirgan.
Asli xorazmlik bo’lgan, futbolchilik faoliyatida «Navbahor», «Paxtakor», «Xorazm», «Metallurg» jamoalarida o’ynagan Ulug’bek Ikramovich Ro’zimov oxirgi yillarda «Paxtakor» akademiyasining 12 yoshgacha bo’lgan futbolchilari jamoasida murabbiy bo’lib ishlayotgandi.
U O’zbekiston terma jamoasi safida 23 o’yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. 1994 yili Osiyo o’yinlarida g’olib chik’k’an. Davlatimiz tomonidan «Shuhrat» medali bilan tak’dirlangan.
Ulug’bek Ro’zimovning oila-a’zolariga, yak’inlariga hamdardlik bildiramiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.