Yagona portalda yhkni buzganlik uchun jarimalar mavjudligini bepul aniklash xizmati ishga tushirildi — o
Yagona portalda yhk’ni buzganlik uchun jarimalar mavjudligini bepul anik’lash xizmati ishga tushirildi — o’zbekiston
YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalining my2.gov. uz manzilidagi yangilangan talk’inida yo’l harakati k’oidalarini buzganlik uchun jarimalar mavjudligini anik’lash mumkin bo’lgan bepul xizmat ishga tushirildi. Bu hak’da Toshkent IIBBda payshanba kuni o’tkazilgan brifingda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi rahbari Sherzod Xabibullaev ma’lum k’ildi.
Jarima mavjudligini tekshirish uchun avtomobil egasi ma’lumotlari — avtotransport davlat rak’ami, transport egasi pasporti rak’ami va seriyasi hamda sug’urta polisi rak’ami kiritilishi lozim.
YHK’ buzilishiga oid ma’lumotlar har soatda yangilanib turadi, yuklamalar ko’paygan vak’tda esa birmuncha kechrok’, birok’ bir kunda bir martadan kam emas, deya oydinlik kiritdi Sherzod Xabibullaev «Gazeta. uz»ga.
Sug’urta oplisi rak’ami ixtiyoriy ravishda kiritiladi. Mrkaz rahbarining so’zlariga ko’ra, u kelgusida sug’urta polisini olishda k’onunga itoatkor haydovchilar uchun muayyan imtiyozlar berilishi to’g’risidagi axborotlarningma’lumotlar bazasiga kiritilishi uchun zarur.
Portaldagi boshk’a ayrim xizmatlardan fark’li ravishda, YHK’ buzilganligi uchun jarimalar mavjudligini anik’lashda elektron rak’amli imzo talab k’ilinmaydi.
YAIDXPning yangi talk’inida elektron hukumat foydalanuvchilarining YAgona identifikasiyasi tizimidan (id. gov. uz) foydalanilmok’da. Ro’yxatdan o’tish uchun unga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion rak’ami, pasporti seriyasi va rak’ami ko’rsatilishi lozim.
Комментарии 0