Yangi kelin-kuyovlarga maslahat — ozbekiston
Yangi kelin-kuyovlarga maslahat — o’zbekiston
Nikohning ilk davri eng k’iyin payt hisoblanib, o’z hayot tartibiga ega bo’lgan ikki yosh tamoman o’zgacha hayot tarziga ko’nikishlari kerak bo’ladi. Birok’ ayni davrni o’tkazishda ak’lga tayanilsa va ba’zi bilimlarni ham ishga solish imkoni bo’lsa, bu paytda ikki yoshda bir-biriga yanada yak’inlashib olish imkoni bo’ladi. Mustahkam alok’alarni k’anday o’rnatish mumkin va k’aysi narsalar nikohning ilk bosk’ichida kelin va kuyovni bir-biriga yak’inlashtiradi?
Birgalikda o’k’ilgan namoz
Kelin va kuyov namoz vak’tini o’tkazib yuborishga hech k’anday bahona topmasligi kerak, aynik’sa, Bomdod namozini. Er va xotin ikkovi ham ertalabga soatning uyg’otgich(budilnik)ini belgilangan vak’tga o’rnatishlari kerak. Zero ulardan biri uxlab k’olsa, ikkinchisi uni uyg’otsin. Bu juftlik shuni tushunishi kerakki, agar ular ikkovlon birga bo’lsalar, namozni o’tkazib yuborish xavfi bo’lmaydi.
Har kuni K’ur’onni birgalikda k’iroat k’ilish
YOsh oila sohiblari har kuni bir necha dak’ik’a birgalikdagi K’ur’on k’iroati uchun vak’t ajratishlari lozim. K’ur’on endigina oila k’urmok’chi bo’lganlar uchun, nikohdan o’tganlar uchun va bir necha yillardan beri nikohda yashab kelayotganlar uchun ham birdek eslatmadir. Allohning so’zini anglashdan o’zga hech bir narsa musulmon oilani shunchalik birlashtirib tarbiyalay olmaydi. K’iroat kelin va kuyovga oiladagi mukammal tartibni o’rnatishda, o’z hak’-huk’uk’larini, majburiyatlarini anik’ bilish, ularga amal k’ilishda yordam beradi. Bundan tashk’ari, er ham, xotin ham nimaga intilishi kerakligini tushunadi. Allohga muhabbat ortidan birlashgan bunday oilani Alloh ham sevadi.
YAk’in munosabatlarda islomiy madaniyat k’oidalariga rioya k’ilish
YAngi turmush k’urgan yoshlar, aynik’sa, jinsiy munosabat paytida islomiy madaniyat k’oidalariga anik’ amal k’ilishlari lozim bo’ladi. Shundagina ular orasida to’g’ri ruhiy va jismiy yak’inlik paydo bo’lib, o’zaro go’zal munosabatlarga sabab bo’ladi.
Diniy ma’ruzalarni birga tinglash
Oila k’urilganligining ilk davrida sizlarni nafak’at diniy jihatdan, balki shunchaki o’zaro munosabatlaringizni ham mustahkamlaydigan tadbirlarga birga borganingiz mak’ul. Bunda uyda birga diniy ma’ruzalar tinglashingiz, birga kitob mutolaa k’ilishingiz va h. k. bilan shug’ullanishingiz mumkin. Birgalikda vak’t o’tkazish nikohda juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, agar u yaxshilikka yo’nalgan bo’lsa, a’lo. Birok’ ba’zan inson o’z vak’tini shunchaki, bekorchilik bilan ham o’tkazgisi keladi. Ammo siz nafsning bu talabiga bo’ysunmang, vak’tingizni unumli va foydali ishlarga sarflang.
Vak’tingizni joiz ishlarga sarflang
Biz hozirgina nikohda birga vak’t o’tkazishning muhimligi hak’ida eslatdik. Ikki juftning vak’tini chog’ o’tkazishda halol ko’ngilochar mashg’ulotlar talaygina: sayrlar, velosipedda sayr, piknik, tog’larga chik’ish. Aynik’sa, bu sayohatlar Allohni yodga olish va unga ibodat k’ilish bilan davom etsa, juda yaxshi. Allohning mo’’jizasi bo’lmish tabiat go’zalliklaridan bahra olish ikki yoshga zavk’ beradi.
Munosabatlaringizni Allohga bo’lgan muhabbat ork’ali mustahkamlang
Oilaviy hayotning ilk bosk’ichi uzok’ davom etmaydi, ammo u mustahkam munosabatlar o’rnatishda juda muhim. Bu bosk’ichda er va xotin nafak’at o’zaro munosabatlarning mustahkamlanishiga, balki Alloh bilan yak’inlashishga dik’k’atlarini k’aratmok’lari, bu ishda esa bir-birlariga tirgak bo’lmok’liklari kerak.
Sayda Hayat
«Islam. today. ru» saytidan olindi
Комментарии 0