Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami — ozbekiston
Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami? — o’zbekiston
Uzbekiston yoshlar terma jamoasi ham Osiyo chempionati yullanmasini qulga kirita olmadi. «Ham», deya urgu berib gapirishimizga sabab shundaki, yaqinda usmirlarimiz qita birinchiligidan mahrum bulishgandi.
Yurtimizda yoshlar futboli inqirozga yuz tutmoqdami? Okhirgi ikki saralashdagi natijaga asoslanib aytadigan bulsak, ha. Ammo bu inqirozning kattalar, yani professional futbolga tasiri juda kuchlimi?
Bu haqda endi istagancha bahslashish mumkin. Chunki yoshlarning maglubiyati butun boshli uzbek futbolini ortga tortsa, u holda, usmirlar Osiyo chempioni bulib, yoshlar jahon chempionati chorak finaliga chiqqanda futbolimiz birdan rivojlanib ketishi kerak edi.
Ammo ushanda hech qanday yuksalish kuzatilmadi, shunday ekan, hozirgi maglubiyatlardan fojia yasash yaramaydi.
MUNOSABAT
Uzbekiston yoshlar termasi Tojikistonda bulib utgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatsizlikka uchragandan sung kup munosabat bildirildi. Ularning aksariyati tanqidiy ruhda ekanini tushunish qiyinmas. Oramizda ayyuhannos solganlar ham buldi.
Ammo hamma emas. Masalan, Osiyo chempionati yullanmasi qulga kiritilmaganidan fojia yasamaganlar topildi. Shakhsan uzimga tajribali jurnalist va mutasaddi Alisher Nikimbaev tomonidan bildirilgan fikr juda yoqdi.
U «Tvitter»dagi sahifasida shunday qayd qoldirdi: «Uzbekiston yoshlar terma jamoasi okhirgi marta Osiyo chempionati saralashidan uta olmaganida, uning tarkibida quyidagi futbolchilar bor edi — Odil Ahmedov, Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Lutfulla Turaev, Kamoliddin Murzoev, Bahodir Pardaev va Bahodir Nasimov…»
Menimcha, Alisher akaning gapiga qushimcha qilishning zarurati yuq.
Juda kerak bulsa, qushimcha tariqasida Temur Kapadze, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov va Vitaliy Denisov kabilarning ham yoshlar futbolida arzirli natijaga erisha olmaganini qistirib utish mumkin.
Uzbekiston milliy terma jamoasi safida barqaror uyin namoyish etgan futbolchilarni kurib chiqadigan bulsangiz, ular orasida yoshlar urtasida Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etganlarni kup topa olmaysiz. Sizga yana qanday isbot kerak?
YUQOTIShLAR
Aksincha, yoshligidan nazarga tushib, shuhrat qozongan uyinchilarni juda tez yuqotganimizga kup guvoh bulganmiz.
Modomiki, aniq nomlar keltirayotgan ekanmiz, keling, ular kim ekanini yana bir bor yodga olib utsak — Abbos Makhstaliev, Temur Hakimov, Bobur Davlatov, Sardor Rahmonov, Sardor Sobirkhujaev… Bu siz eslay oladigan nomlar.
YOdingizga tushmaydiganlari ham anchagina. 2011 yilning yozida Meksikada bulib utgan jahon chempionatidan sung mashhurlik otiga minganlar anchagina edi — Asiljon Mansurov, Azizbek Murotov, Davlatbek YOrbekov, Kholmurod Kholmurodov.
Esladingizmi? Usha jahon chempionatidan sung ularning har biri «Spark» mashinasiga ega chiqqandi. Hali haydovchilik guvohnomasini olmagan bolalarga «moyi artilmagan» ulovlar topshirilgan. Ammo qani ular hozir?
Ming afsuski, biz bu iqtidorlardan uzbek futboli kelajagi bulishlarini kutgandik. Ammo ularning aksariyati hatto oliy liga darajasiga ham chiqa olmadi. Chiqqanlari esa shunchaki urtamiyona futbolchiga aylangan.
Jamshid Iskanderov yangi «Jeparov» bulishi kerak edi. Ammo «Pakhtakor»da ham zakhirada qolgan uyinlarini kuryapmiz.
Bir vaqtlari Jeparov yakhshimi yoki yomon, ishqilib, Mirjalol Qosimovga urinbosar bula olgandi. Ammo Jeparovga izdosh futbolchi yaqin orada kuzga tashlanmayapti.
YOki Igor Sergeevni olaylik. Kutganimiz buyicha u kamida Igor Shkvirin darajasiga chiqishi takhmin qilingandi. Biroq Sergeevning Shkvirin bilan faqat bir mushtarak jihati bor ekan — ismi.
Agar ikkisi ham Igor bulmaganda, boshqa ukhshash jihatlarni qidirishga hojat qolmasdi. Shkvirin uz vaqtida gol urish buyicha rekord urnatgan bulsa, Sergeev antirekordlarga uralashib qoldi.
SABAB
DAVOMI
Комментарии 0