Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida jamoat ishlari jamgarmasi tashkil etiladi — ozbekiston

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida jamoat ishlari jamgarmasi tashkil etiladi — ozbekiston

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida jamoat ishlari jamg’armasi tashkil etiladi — o’zbekiston

O’zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs mak’omiga ega bo’lgan Jamoat ishlari jamg’armasi tashkil etiladi. YAngi jamg’armani tashkil etish 23 may kuni O’zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida ko’zda tutilgan, deb xabar k’ildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati.
Jamg’armaning asosiy vazifasi vak’tinchalik band bo’lmagan aholining yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishda, yo’l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob’ektlarini k’urishda, ta’mirlash va rekonstruksiya k’ilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy k’ishlok’ xo’jaligi ishlarida ishtirok etishini moliyalashtirishdan iborat.
Mazkur Jamg’arma rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chik’ib tashkil etiladi. Buning natijasida mehnat bozorini izchil va bark’aror rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan ok’ilona foydalanish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlanishini kuchaytirish, mehnat organlariga murojaat k’ilgan ishsizlarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda ular tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirishga erishiladi. Shuningdek, bevosita jamg’arma faoliyati natijasida jamoat ishlarida ishtirok etadigan fuk’arolarni ijtimoiy muhofaza k’ilish, aholini hak’ to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishi ork’ali ular daromadlarini oshirish, yirik investisiya loyihalari, yo’l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob’ektlari, shahar va tumanlarni obodonlashtirish, mavsumiy k’ishlok’ xo’jaligi ishlarini o’z vak’tida va sifatli amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.