Barselona ispaniya kubogini kolga kiritdi — ozbekiston

Barselona ispaniya kubogini kolga kiritdi — ozbekiston

Barselona ispaniya kubogini k’o’lga kiritdi — o’zbekiston

Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida Ispaniya kubogi final bahsi bo’lib o’tdi. Ispaniya Li ligasi va Evropa chempionlar ligasida muvafak’iyatsizlikka uchragan «Barselona» ispaniya kubok finalida «Alaves»ni mag’lub etdi.
Basklar chempionatda 9-o’rinni band etgan bo’lsalar-da, «Barsa»ga keskin k’arshilik ko’rsatish va mavsumni sovrin bilan yakunlashga jiddiy ahd k’ilishgandi. Shu bois, ular o’yin boshidanok’ k’o’pol o’yindan o’zlarini tiyib o’tirishmadi.
«Ko’k-anorranglilar» katta tashabbusga ega bo’lgan bo’lsalar ham, bahsning 27-dak’ik’asida «Alaves» hisobni ochishga juda yak’in keldi. Pikening xatosidan keyin Deyverson to’pni egallab olib, jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To’p Sillessenning k’o’li ork’ali ustunga tegdi va darvoza chizig’i bo’ylab dumalagancha, narigi ustun yonidan o’tdi. «Alaves» futbolchisi to’pni egalladi va o’tkir burchak ostida noanik’ zarba berdi.
Oradan 3 dak’ik’a o’tib, kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Faoliyatidagi 700-rasmiy o’yinida ishtirok etayotgan Messi chiroyli gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi Neymar bilan «devor» o’ynab oldi va 16 metrdan chap oyok’da zarba berib, to’pni darvozaga joyladi!
Oradan yana 3 dak’ik’a o’tib hisob tenglashdi. Teo Ernandes jarimadan zarba berdi va olis «to’k’k’izlik»ka to’pni «mixladi»! Bu gol Messining golidan chiroy borasida aslo k’olishmadi. 1:1.
Birinchi bo’lim so’ngida Enrike shogirdlari bir emas, 2 ta gol urishga muvaffak’ bo’lishdi. Messi o’ng k’anotdan jarima maydonchasiga kirgan Gomeshga uzatma berdi. Andrening pasidan keyin 2-3 metrdan bo’sh darvozani ishg’ol k’ildi. K’o’shib berilgan dak’ik’alarda esa Messi o’ng k’anotdan yurishni amalga oshirdi, u bir necha himoyachilardan o’tib ketib, jarima maydonchasida ochilgan Alkaser pas berdi. Pako birga-bir vaziyatni ko’kka sovurmadi.
«Barselona» ikkinchi 45 dak’ik’alikni nisbatan xotirjamrok’ o’tkazdi. «Alaves» futbolchilari esa o’zlari yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Shu tarik’a, «Barelona» mavsumni Ispaniya kubogi sovrini bilan yakunlaydigan bo’ldi. «Ko’k-anorranglilar» uchun bu k’o’lga kiritilgan 29-K’irol kubogi bo’ldi. Shuningdek, jamoa ketma-ket 3 mavsumdan beri sovrinni hech kimga bermayapti.
Ispaniya kubogi, final
BARSELONA — ALAVES 3:1
28 may, 00.30, «Visente Kalderon»
Gollar: 1:0 – 30 Messi, 1:1 – 33 Teo, 2:1 – 45 Neymar, 3:1 – 45 Pako Alkaser.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano (Andre Gomesh, 11), Rakitich (Aleish Vidal, 83), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Pako Alkaser.
Alaves – Pacheko, Eli, Feddal, Teo (Romero, 79), Vigaray, Markos Lorente, Femeniya, Manu Garsiya, Mendes (Kamarasa, 59), Ibai Gomes (Sobrino, 60), Deyverson.
Ogohlantirishlar: Mendes (16), Manu Garsiya (39), Umtiti (42), Eli (49), Sobrino (76), Messi (76), Inesta (76), Deyverson (88).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.