Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiriti

Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiriti

«birjalar va birja faoliyati tugrisida»gi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 24 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «Birjalar va birja faoliyati tugrisida»gi 625–XII-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 260–II-sonli Qonuni tahririda) (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 171-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 9, 311-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda) uzgartish va qushimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran olti oy utgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2014 yil 13 sentyabrdagi 178 (6108)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014 yil 12 sentyabr,
URQ-375-son
Uzbekiston Respublikasining Qonuni
Birjalar va birja faoliyati tugrisida
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi birjalarning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi qonun hujjatlari
Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Uzbekiston Respublikasining khalqaro shartnomasida Uzbekiston Respublikasining birjalar va birja faoliyati tugrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, khalqaro shartnoma qoidalari qullaniladi.
3-modda. Birja
Birja — oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shakhs.
Birjalar faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi, Uzbeksiton Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi Qonunining 3-moddasi.
Birjalar uz faoliyatini tovar-khom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Birjaning firma nomida «birja» suzi bulishi kerak.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Firma nomlari tugrisida»gi Qonunining 3-moddasi.
Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shakhs uz firma nomida «birja» suzidan, undan hosil bulgan suzlardan va suz birikmalaridan foydalanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birjalar belgilangan tartibda lisenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini qulga kiritadi.
Qarang: Uzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Birja faoliyatini lisenziyalash tugrisida»gi nizom.
4-modda. Birja ustavi
Birja ustavida quyidagi malumotlar bulishi kerak:
birjaning tuliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining azolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa malumotlar ham bulishi mumkin.
Shuningdek, qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi Qonunining 13-moddasi.
5-modda. Birjaning boshqaruv organlari
Birja aksiyadorlarining umumiy yigilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi birjaning boshqaruv organlaridir.
Birja aksiyadorlarining umumiy yigilishi birjaning kuzatuv kengashini (bundan buyon matnda birja kengashi deb yuritiladi) saylaydi.
Birja kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
birjani rivojlantirishning asosiy yunalishlarini belgilash;
birja savdosi qoidalarini tasdiqlash;
birja azoligiga qabul qilish, azolikni tukhtatib turish, tugatish tartibini tasdiqlash;
birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning miqdorlarini va ularni undirish tartibini belgilash;
azolik badallarining va birja tomonidan kursatiladigan khizmatlar uchun tulovlarning miqdorini belgilash;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash fondini shakllantirish va uning mablaglaridan foydalanish tartibini tasdiqlash.
Birja kengashi qonun hujjatlariga va birja ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi Qonunining 7-bobi («Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qumitasi»).
Joriy faoliyatga rahbarlik qilish vakolatlari birja ustavida belgilanadigan birjaning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda. Birjaning huquq va majburiyatlari
Birja:
kotirovkalash, arbitraj, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini tashkil etishga;
agar birja tovarlarining kotirovkalari (narkhlari) birja tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan uzgarib ketsa, birja savdolarini tukhtatishga;
qonun hujjatlariga muvofiq tanlov, kimoshdi, kurgazma-yarmarka savdolarini, davlat kharidlari va korporativ kharidlarni tashkil etish hamda utkazishga;
birja akhborotnomalari, malumotnomalari hamda boshqa akhborot va reklama materiallarini chiqarishga haqli.
Birja qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Birja:
birja savdolarini tashkil etishi;
birja tovarlariga bulgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalashni (ularning narkhini belgilashni) amalga oshirishi;
savdo maydonchalarida va seksiyalarda birja savdolari utkazish joyi hamda vaqti tugrisida birja azolarini uz vaqtida khabardor qilishi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash uchun shart-sharoitlar yaratishi;
birja azolarining va ular mijozlarining uzaro majburiyatlarini belgilashni, aniqlashtirishni hamda hisobga olishni (kliring), shuningdek bankda ochilgan makhsus hisobvaraqlar orqali ular urtasidagi uzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi;
birja, birja azolari va ularning mijozlari pul mablaglarining alohida-alohida hisobini yuritishi;
muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) uz rasmiy veb-saytida birja tovarlarining kotirovkalarini (narkhlarini) joylashtirishi, shuningdek birja azolarini har bir birja savdosining yakunlari tugrisida khabardor qilib borishi shart.
Birjaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
7-modda. Birja faoliyati tushunchasi
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narkhlarini ushbu bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.
8-modda. Birja faoliyatining asosiy prinsiplari
Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
birja savdolarini utkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;
birja savdolarida narkhlar shakllanishining erkinligi;
birja bitimlarini tuzishning ikhtiyoriyligi;
birjaning barcha azolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi;
tuzilgan birja bitimlari bajarilishining taminlanishi.
9-modda. Birjalar faoliyatini tartibga solish
Tovar-khom ashyo va fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi 66-son qarorining 1-bandiga muvofiq birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi qilib Uzbekiston Respublikasi Khususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qumitasi belgilangan.
Valyuta birjasi faoliyatini tartibga solish Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Uzbekiston Respublikasining Markaziy banki tugrisida»gi Qonunining 40-moddasi, Uzbeksiton Respublikasining «Valyutani tartibga solish tugrisida» Qonunining 10-moddasi.
10-modda. Birja tovari
Belgilangan tartibda birja savdolariga quyilgan muayyan turdagi va sifatdagi tovar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) birja tovaridir.
Er, er osti boyliklari, suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk obektlari, ishlar va khizmatlar, khususiy belgili ashyolar, kuchmas mulk, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari bulishi mumkin emas.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 oktyabrdagi 493-sonli «Uzbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati tugrisida» qonunini amalga oshirish khaqida»gi qarori.
Bundan tashqari, Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 82-moddasiga muvofiq muomalada bulishiga yul quyilmaydigan fuqarolik huquqlari obektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obektlar) qonunda tugridan-tugri kursatilgan bulishi kerak.
11-modda. Birja savdolari
Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir.
Birja savdolari birjada birja azolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda utkaziladi.
12-modda. Birja savdosi qoidalari
Birja savdosi qoidalarida quyidagilar kursatilishi kerak:
birja azolari, ularning huquq va majburiyatlari tugrisidagi nizom;
birja azolarining birja savdolarida ishtirok etishiga rukhsat berish tartibi;
tovarlarni birja savdolariga quyishga rukhsat berishni amalga oshirish tartibi;
birja bitimlarining turlari;
birja savdolarida muomalada buladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash uchun shart-sharoitlar yaratish tartibi;
birja savdolarini utkazish tartibi;
birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini ruykhatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narkhini belgilash) tartibi;
birjada narkhlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
birja savdolari tugrisidagi akhborotni oshkor etish tartibi;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tugrisidagi qoidalar;
birjada nizolarni hal etish tartibi.
Birja savdosi qoidalarida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham kursatilishi mumkin.
13-modda. Birja azolari
Birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shakhslar birja azolaridir.
Birja bitimlarini uz nomidan va uz hisobidan tuzuvchi birja azosi dilerdir. Birja tovarlari narkhlarining, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun uz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan diler market-meykerdir.
Mijozning topshirigiga kura va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja azosi brokerdir.
Diler va broker vazifalari birjaning bitta azosi tomonidan qushib amalga oshirilishiga yul quyiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari birja azolari bulishi mumkin emas, valyuta birjasi bundan mustasno.
Birja azolari birja savdolarida ularning nomidan birja bitimlari tuzishga vakolatli bulgan uz khodimlari (treyderlar) orqali ishtirok etadi.
14-modda. Birja azolarining huquq va majburiyatlari
Birja azolari:
birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;
birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
birja tomonidan taqdim etiladigan khizmatlardan foydalanish;
har bir birja savdosining yakunlari tugrisida akhborot olish huquqiga ega.
Birja azolari qonun hujjatlariga va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bulishi mumkin.
Birja azolari:
birjada uz faoliyatini qonun hujjatlariga va birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshirishi;
mijozga uning manfaatlarini kuzlab tuziladigan birja bitimlari, shuningdek uning topshiriqlari bajarilishi bilan bogliq tuliq akhborotni uz vaqtida taqdim etishi;
birjaga uzlarining birja savdolarida ishtirok etganligi hamda birja bitimlarini tuzganligi bilan bogliq tuliq akhborotni uz vaqtida taqdim etishi;
mijoz bilan shartnoma tuzayotganda uni birja savdosi qoidalari hamda kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari bilan tanishtirishi;
uz hisobidan va mijozning hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida hisobini yuritishi;
uz mijozlari pul mablaglarining alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Birja azolarining zimmasida qonun hujjatlariga va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bulishi mumkin.
15-modda. Birjaning kotirovkalash varagi. Tovarni birja savdolariga quyishga rukhsat berishni amalga oshirish
Dastlabki kuzdan kechirishni talab etmaydigan, sifat kursatkichlari uzgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan, birja savdolariga quyilgan muayyan turdagi tovarlar ruykhati birjaning kotirovkalash varagidir.
Tovarni birja savdolariga quyishga rukhsat berishni amalga oshirish quyidagi tartib-taomillarni uz ichiga oladi, qimmatli qogozlar bundan mustasno:
tovar ishlab chiqaruvchining yoki etkazib beruvchining tovarni birjaning kotirovkalash varagiga kiritish tugrisidagi arizasini kurib chiqish;
tovarning ushbu Qonunning 10-moddasi va mazkur moddaning birinchi qismi talablariga muvofiqligini tekshirish;
tovarning likvidliligini baholash;
tovarni birjaning kotirovkalash varagiga kiritish va uni birja azolariga etkazish.
Qimmatli qogozlarni birja savdolariga quyishga rukhsat berishni amalga oshirish (birja listingi) quyidagi tartib-taomillarni uz ichiga oladi:
qimmatli qogozlar emitentining uz qimmatli qogozlarini birjaning kotirovkalash varagiga kiritish tugrisidagi arizasini kurib chiqish;
qimmatli qogozlar emitentining moliyaviy holatini baholash;
qimmatli qogozlarning likvidliligini baholash;
qimmatli qogozlarni birjaning kotirovkalash varagiga kiritish va uni birja azolariga etkazish.
Birjaning kotirovkalash varagiga kiritilgan tovar birja savdolariga quyilgan hisoblanadi.
Chet el valyutasi va davlat qimmatli qogozlari birjaning kotirovkalash varagiga tovarni birja savdolariga quyishga rukhsat berishni amalga oshirish va birja listingi tartib-taomilisiz kiritiladi.
16-modda. Birja bitimlari va ularning turlari
Birja bitimi birja tomonidan ruykhatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi buyicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasidir.
Birjada birja bitimlari, shu jumladan:
birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan etkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (spot);
birja tovarlarining ularni kechiktirib etkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (forvardlar);
birja tovarini etkazib berishni (etkazib berish fyuchersi) yoki birja tovarini etkazib bermagan holda bitim taraflari urtasida pul hisob-kitoblari amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (fyucherslar);
birja tovarlarini yoki hosila moliyaviy vositalarni (derivativlarni) kelgusida sotib olish yokhud sotish huquqi bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (opsionlar);
valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar buyicha hisob-kitoblarni muayyan muddat utgach, avvaldan belgilangan valyuta kursi buyicha amalga oshirish sharti bilan tuziladigan valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar (valyuta svoplari);
qimmatli qogozlarni muayyan muddat utgach, avvaldan belgilangan narkh buyicha qayta sotib olish sharti bilan tuziladigan qimmatli qogozlarga doir oldi-sotdi bitimlari (repo) tuzilishi mumkin.
Birjada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa birja bitimlari ham tuzilishi mumkin.
Birja bitimi tugrisidagi akhborot (birja tovarining nomi, soni, kotirovkasi (narkhi), birja bitimi tuzilgan sana bundan mustasno) uchinchi shakhslarga oshkor qilinishi mumkin emas. Birja bitimi tugrisidagi akhborot sudlarga taqdim etiladi, surishtiruv va tergov organlariga esa, quzgatilgan jinoyat ishi mavjud bulgan taqdirda taqdim etiladi.
Birja bitimining mazmuni haqidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogliq bulgan akhborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda makhsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tugrisida»gi Qonunining 18-moddasi va «Birja azolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish buyicha ichki nazorat qoidalari» (ruykhat raqami 2038, 06.11.2009 y.).
17-modda. Birja savdolarini utkazish va birja tovarini kotirovkalash
Birja savdolari birja azolari tomonidan berilgan buyurtmalar asosida, birja savdosi qoidalariga muvofiq utkaziladi.
Birja tovarini kotirovkalash birja savdolarida birja tovarining birja narkhini belgilash maqsadida avtomatik rejimda, birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Birja savdolari yakunlariga kura olingan qimmatli qogozlarning, davlat qimmatli qogozlari bundan mustasno, birja narkhi mazkur qimmatli qogozlarning birja savdolari sanasidagi bozor narkhidir.
Qushimcha malumot uchun qarang: Uzbeksiton Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tugrisida»gi Qonunining 24-moddasi.
18-modda. Birja bitimini ruykhatdan utkazish va rasmiylashtirish
Birja bitimini ruykhatdan utkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari buyicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qimmatli qogozlarga doir birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Birja bitimlari notarial tartibda tasdiqlanmaydi.
19-modda. Tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash uchun quyidagilar orqali shart-sharoitlar yaratadi:
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
agar birja bitimi shartlarida nazarda tutilgan bulsa, birja tovarlarini etkazib berishni nazorat qilishni va hisobga olishni amalga oshirish;
pul mablaglarini va birja tovarlarini oldindan deponentga quyishni nazarda tutuvchi mekhanizmlarni belgilash;
birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari buyicha majburiyatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Birja bankrot deb topilgan taqdirda, birja azolarining va ular mijozlarining birja hisobvaraqlaridagi mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi hamda birja azolariga va ularning mijozlariga ularning birja bitimi buyicha majburiyatlari bajarilganidan keyin qaytarilishi lozim.
Birjaning majburiyatlari buyicha undiruvni birja azolarining va ular mijozlarining mol-mulkiga qaratishga yul quyilmaydi.
Birja azolarining mablaglari etarli bulmagan taqdirda, birja bitimi buyicha majburiyatlarni bajarish tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash fondining pulli va qaytarib berish asosida birja azolariga taqdim etiladigan mablaglari orqali taminlanishi mumkin.
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taminlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shart-sharoitlarni ham yaratishi mumkin.
20-modda. Birja faoliyatini amalga oshirishdagi cheklovlar
Birja quyidagilarga haqli emas:
ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik faoliyatini bevosita amalga oshirishga, shuningdek birja faoliyati bilan bogliq bulmagan boshqa yuridik shakhslarning muassisi (aksiyadori) bulishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
birja azolarining va ular mijozlarining pul mablaglaridan uz manfaatlari yulida foydalanishga, qonun hujjatlarida va birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birjada:
birjaning kotirovkalash varagiga kiritilmagan birja tovarlarini muomalaga kiritishga;
birja azolarining narkhlarning suniy ravishda uzgartirilishiga yoki qatiy qilib quyilishiga olib kelishi mumkin bulgan kelishilgan khatti-harakatlariga;
bozor konyunkturasini suniy ravishda uzgartirishga sabab bulishi mumkin bulgan notugri va ataylab yolgon malumotlarni tarqatishga;
birja savdolari utkazilmagan holda birja azolari urtasida tuzilgan birja tovariga taalluqli bitimlarni birja tomonidan ruykhatdan utkazishga yul quyilmaydi.
21-modda. Nizolarni hal etish
Birja faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22-modda. Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Birjalar va birja faoliyati tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladi.
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2014 y., 38-son, 481-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.