Bmt binosida registon maydoni maketi urnatildi — ozbekiston

Bmt binosida registon maydoni maketi urnatildi — o’zbekiston
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga Uzbekiston Respublikasining tuhfasi — Registon maydonining maketi topshirildi, deya khabar qildi UzA. Shu munosabat bilan utkazilgan marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi va nutq suzladi.
Registon Samarqand shahrining betakror ramziga aylangan. Majmua 2001 yilda YuNESKOning Jahon merosi ruykhatiga kiritilgan. Registon maketi Uzbekiston usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bulib, qimmatbaho metall va guzal milliy naqshlar bilan bezatilgan.
Foto: Sarvar Urmonov / UzA.
Eksponat BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Khavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari urtasidagi foyega urnatildi.
BMT Bosh kotibi urinbosari Jen Bigl shunday guzal va teran mazmunga ega tuhfa uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Комментарии 0