Boks ozbekistonliklar xalkaro musobakada 7 medalni kolga kiritdi — ozbekiston

Boks: o’zbekistonliklar xalk’aro musobak’ada 7 medalni k’o’lga kiritdi — o’zbekiston
18-21 yanvar kunlari Orenburgda (Rossiya) 17?18 yoshli sportchilar o’rtasida Shimoliy okrug ma’muriyati sovrini uchun XXI xalk’aro musobak’a bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston, K’ozog’iston va Rossiyadan 100 nafardan ziyod bokschi ringga ko’tarildi, deb xabar k’ildi Boks federasiyasi.
Bellashuvlar yakuniga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi bir oltin, ikki kumush va to’rt bronza, jami etti medalni k’o’lga kiritdi. Xudoynazar Fayzov (49 kg gacha vazn toifasida) birinchilik chempioni bo’ldi. Navo Tamazov (66 kg gacha) va Jamshidbek Mahamadaliev (91 kg gacha) turnir kumush medaliga sazovor bo’ldi.
Abdulla Kamolov (52 kg gacha), Umirzok’ Ochilov (56 kg gacha), Timur Saidov (60 kg gacha) va Asadbek Shodiev (64 kg gacha) bronza medalini k’o’lga kiritdi.
Комментарии 0