Borus — dunyoning eng bebosh darvozaboni — ozbekiston

Borus — dunyoning eng bebosh darvozaboni — ozbekiston

Borus — dunyoning eng bebosh darvozaboni — o’zbekiston

Bu yigit inson zotiga taalluk’li bo’lgan barcha ijobiy va salbiy xususiyatlarni o’zida jamlagan. Bir k’arasangiz, o’z vatandoshlari va homilador ayolni Glazgodagi Elder-Parkda shirakayf bezorilar changalidan xalos etayotgan, boshk’a kuni esa murabbiy bilan pivoxo’rlik k’ilayotgan bo’ladi. Taajjubki chekish va ichkilikdek zararli illatdan forig’ bo’la olmagan futbolchiga shunchaki o’rtamiyona nashr­lar emas, La Gazetta Dello Sportdek obro’li gazeta dunyoning eng mohir darvozabonlari uchligidan joy bergandi. Oradan ikki oy o’tar-o’tmas, yuksak bahoga munosib ekanligini amalda isbotladi. Marhamat dunyoning eng bebosh darvozaboni bo’lmish Artur Borus va uning faoliyati bilan tanishing.
Darhak’ik’at, polshalik posbon Shotlandiyada o’ta york’in o’yinlarni namoyish etgandi. Jumladan, 2007 yili avgustda bo’lib o’tgan «Spartak»­ka k’arshi bo’lib o’tgan bahsda aynan «K’irol Artur»ning mahorati evaziga «Seltik» EChLdagi faoliyatini davom ettirgandi. Jamoalar tanaffusga yo’l olgan paytda Artur Vladimir Bistrovga k’arshi harakat k’ilgan jamoadoshi — Li Neylorning boplab ta’zirini bergan, hatto yuziga tarsaki tortib yuborgandi. Chunki aynan shu himoyachining bo’shangligi ok’ibatida «Seltik» darvozasi oldida ko’plab xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan. Borus tang ahvolga tushib k’olgandi.
Jamoadoshlari bir amallab Neylorni ajratib olgan bo’lsalarda, Artur anchagacha tinchlana olmadi. Xullas, Moskvadagi bellashuvni penaltilar seriyasigacha olib borgan darvozabon Titov hamda Kalinichenko zarbalarini k’aytargach, muvaffak’iyatni k’anot k’ok’ayotgan k’ushcha harakatini tasvirlash ork’ali nishonlashga kirishdi. Chunki Roman Pavlyuchenkoning zarbasidan so’ng to’p darvoza ustiniga tegib, ortga k’aytgandi. Shundan so’ng glazgolik muxlislar Borusni navbatdagi oliy unvon — «Avliyo darvozabon» taxallusi bilan tak’dirlashdi. Ular polshalik posbonda k’andaydir g’ayri-tabiiy k’udrat borligiga 100 foiz amin edilar. K’izig’i, Arturning o’zi ham buni inkor etmasdi: «So’nggi paytlarda bolalik yillarim tushimga kiradigan bo’lib k’oldi. Go’yo liftda 10-k’avatga ko’tarilayotgan bo’laman. Shunda to’satdan k’andaydir jin paydo bo’lib, meni k’uva boshlaydi. Bak’irganimcha undan uzok’lashishga urinaman. Ammo u tezda etib oladi. Menga ziyon etkazmagan holda erkalab k’itik’laydi».
Sedlse Varshavadan 100 km. uzok’likda joylashgan mittigina shaharcha. Shark’iy Evropa an’analari asosida bunyod etilgan ko’p k’avatli o’ylardan boshk’a inshootlar bo’lmagan bu maskanda yashash juda zerikarli. Xokkeychining o’g’li bo’lgan Artur uchun zerikmaslikning agona vositasi sport bo’ldi. Avvaliga basketbolga k’izik’k’andi. 9 yoshga chik’k’anida akasi Xerbert bilan mahalliy «Pogon» FKning mashg’ulotlariga tashrif buyuurdi. K’isk’asi, futbol olamiga ajoyib darvozabonni hadya etgan ikki kishining biri — Xarbert bo’ldi.
Ikkinchisi — murabbiy Yozef Topchevski bo’lib, Borusni dast­avval hujum chizig’ida sinab ko’rgandi. Tez orada Arturdagi yuksak reaksiya va tuprok’k’a k’orishishga bo’lgan kuchli ishtiyok’ k’arorni o’zgartirishga majbur etdi. Aka-uka Boruslar tashk’i ko’rinish bo’yicha o’xshash bo’lsalar-da, Xerbert o’ta k’aysar, Artur esa itoatgo’y, yuvosh tabiatli edi. Shu bois onasi — YAdviganing azaliy orzusini ro’yobga chik’arishni Xerbert cho’rtkesarlik bilan rad etdi. Ukasi esa ona istagiga ko’ra «Xodovyasi» rak’s to’garagiga k’atnay boshladi. Ilk mashg’ulotga onasi hamrohligida borgan Borus bir k’ator rak’slarni o’zlashtirdi. Keyinchalik «Pogon» tarkibiga k’aytdi. U paytda tengdoshlari ikki yosh toifasini ortda k’oldirishgandi. 13 yoshli Artur o’zining dastlabki xalk’aro musobak’asini Daniyaning Xyorning shahrida o’tkazib, turnir g’olibligini k’o’lga kiritgandi.
16 yoshli Borus «Pogon» tarkibidan joy olib, jamoasi kabi klublarga k’arshi maydonga tusha boshladi. Bu yo’l bilan tirikchilik k’ilib bo’lmaydi, deb hisoblaydigan buvisi k’istovi bilan engil avtomobillar chilangari ixtisosi bo’yicha o’k’ishga kirdi. Ma’lum muddatdan so’ng yana «Pogon»ga k’aytdi. Ikki yil o’tgach, yosh darvozabonga omad kulib bok’di — Varshavada tanik’li «Legiya»ga k’arshi maydonga tushdi. Rak’ib hujumchilarini bartaraf etgan Artur Polsha grandi murabbiylarining e’tiborini tortdi. YArim yildan keyin poytaxt klubi bilan Sisiliya yig’iniga yo’l oldi. Lekin «Legiya» tarkibidan joy olish Borusga nasib etmadi.
Asosiy posbon lavozimi Gjegoxi Shamotulski tomonidan band etilgan, Voysix Kovalevskining rak’obatini sindirish ham oson emasdi. Ok’ibatda Artur 1,5 yil zaxirada yurdi, keyin «Dolsan» klubiga ijaraga berildi. «Surgun»dagi 10-15ta uchrashuvdan keyin poytaxtga k’aytgan kiper bir necha yildan keyin «Legiya» ramziy termasidan joy olishga muvaffak’ bo’ldi. Artur Borus Shotlandiyaga futbolchi sifatida emas, shunchaki sayyoh bo’lib borganida ham «Reynjers»ning ashaddiy rak’ibiga aylanishi hech gap emasdi — protestant va katolik dini vakillari azaldan chik’isha olishmagan. «Ko’hna firma» nomi bilan mashhur bo’lgan «Seltik»-«Reyn­jers» k’arama-k’arshiligining asosiy kuchi ham diniy ziddiyatning mahsuli: «Seltik» — katoliklar klubi, «Reynjers» esa — protestantlarniki.
Tabiiyki, Borus ham «Reynjers»ga k’arshi ilk uchrashuvdayok’ chinakam dushmanga aylandi. Rak’ib muxlislari sektori k’arshisida ularni cho’nk’intirgandek k’ilgan harakati uchun Shotlandiya prokuraturasi tomonidan 500 evroga jarimaga tortildi. Mojaroga Vatikan ham aralashdi: «Endi Shotlandiya ham odatiy diniy harakatni jinoyat deb k’abul k’iladigan mamlakatga aylandi».
Borusning aybdor ekanligini video ork’ali isbotlashning iloji bo’lmadi, u «Reynjers» muxlislarining og’zaki ko’rsatmalariga asosan nohak’ jazolangani oydinlashdi. Shu tarik’a Artur ham ashaddiy g’animga aylandi. Tribunadan yog’ilayotgan hak’oratlarga e’tibor bermaslikka odatlandi. Fak’at bir marta o’zini ok’lashga urinib ko’rdi: «Xo’p, o’rta barmog’imni ko’rsatganim odobsizlik deylik. Unda oila a’zolarim sha’niga aytilayotgan hak’oratlar nima? Bu odobdan-mi?».
Avstriya-Shveysariya maydonlarida o’tkazilgan Evropa chempionatida Artur Borus juda ishonchli o’ynadi. Natijada «o’lik» to’plarni k’aytarishga erishgan polshalik darvozabonni germaniyalik va avstriyalik kasbdoshlarimiz «o’zga sayyoralik» taxallusi bilan siylashgandi. Futbolchi esa «Yuventus»ga o’tishi xususidagi mish-mishlarni hazil aralash inkor etardi: «Bitta jamoaga 2ta Buffonning nima keragi bor?». Albatta, maydonda u o’ta k’uvnok’ va hozirjavob yigit edi birok’ stadionni chuk’ur o’yga tolgan holda tark etardi. Buning sababi esa fak’at Artur va Polsha terma jamoasining bosh murabbiyi Leo Benxakkerga ma’lum edi…
21 yoshli paytida Artur Katarjina ismli k’iz bilan tanishib, uni Shotlandiyaga olib ketdi. 2008 yil iyunda yosh oila to’ng’ich farzandini kutayotgandi. Bir oy avvalrok’ Katarjina buyumlarini yig’ishtirib, uyiga k’aytib ketdi: «Bunday hayot jonimga tegdi». Katarjina ruhshunos bo’lib, Borusni ruhiy xasta va ichuvchi, deb hisoblardi. Shu bois, tug’ilajak farzandini nok’obil otadan himoya k’ilmok’chi bo’lgandi. Birok’ o’g’lining ota mehridan judo bo’lishi hak’ida o’ylamadi. Sho’rlik Artur Evro davrida murabbiylar shtabidan ruxsat olib, Polshaga yo’l oldi, ko’z yorayotgan rafik’asining yonida bo’ldi, hammasi izga tushib ketishiga ishontirishga urindi. Oxir-ok’ibat, to’ng’ich farzandi bilan ko’rishib turish uchun Varshavadagi 5 xonali o’yini xatlab berdi. Zero har bir uchrashuv uning uchun azobga aylandi. «O’g’limni sayrga olib chik’k’animda k’aynonam bizni kuzatib yurardi. Aftidan, k’ochib ketadi deb, k’o’rk’ishgan bo’lishsa kerak.
To’g’ri, men ichib turardim, lekin xotinimning asossiz janjallari ko’prok’ ichishimga sabab bo’lardi», — deydi Borus. Oilaviy mojarolar darvozabon faoliyatiga jiddiy zarar etkazdi. Natijada ichkilik uning yak’in do’stiga aylandi. 2008 yil avgustda terma jamoa Ukrainaga, Artur esa hasratini dardlashish uchun k’adrdoni — Dariush Dudka huzuriga yo’l oldi.
Tongga yak’in ichkilikdan k’izarib ketgan futbolchi jamoadan chetlatilgani hak’idagi xabarni oldi. Oradan uch oy o’tgach, tizzasidan jarohatlanib, uyga k’amalib oldi — endi bor alamini sigareta va ichkilikdan olishdan boshk’a chora k’olmagandi. Aksiga olib, terma jamoaga k’aytgan posbonni Shimoliy Irlandiyaga k’arshi bahsda navbatdagi omadsizlik kutib turgandi: himoyachi Mixal Jevlakov to’pni unga uzatgandi. To’p kichik ko’lmakka tushganidan keyin yo’nalishini o’zgartirib, darvozadan joy oldi. Ana shu kutilmagan avtogol Polshaning mag’lubiyatiga sabab bo’ldi. Shundan keyin Artur oldiga mak’sad k’o’ydi: «Chekish, ichishni tashlashim, 20 kg. ga ozishim kerak».
O’g’lini tushkun kayfiyatdan olib chik’ish uchun Vladislav Glazgoga yo’l oldi. Ota-bolaning hamkorlikdagi harakatlari samara berib, kiper yana futbolga k’aytdi. K’o’shimchasiga, Sara ismli k’iz bilan tanishib, turmush k’urdi. Hozir 2 nafar farzandning otasi. Futbolchilik faoliyati ham asta-sekin izga tushdi. Sinisha Mixaylovichning «Fiorentina»sida ko’p o’ynamagan bo’lsada, «Bavariya»dan taklif oldi. Ammo o’z odatiga ko’ra uni rad etdi: «Bitta jamoaga 2ta Noyerning nima keragi bor?!» Shu tarik’a chempionshipga yo’l olgan posbon hozirda «Bornmut» safida APLda to’p surmok’da. YAk’inda Ibragimovichning «nuk’ta»dan yo’llagan zarbasini k’aytardi. «K’irol Artur»ning nav-batdagi orzusi — k’achondir «Legiya» tarkibida maydonga tushish!
Artur Borus
Kim: «Bornmut» darvozaboni
K’aysi jamoalarda o’ynagan: «Legiya», «Seltik», «Fiorentina», «Sautgempton».
2016|2017 yillar mavsumidagi natijasi: 27ta o’yin, 51ta gol o’tkazib yuborgan.
Xobbisi: «Reynjers» muxlislari jig’iga tegish.
Do’stlari: «Seltik» muxlislari
Dushmanlari: «Reynjers», Frantishek Siuda, Eyden Makgidi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.