Bosh ogrigi sabablari davosi — ozbekiston

Bosh og’rig’i sabablari davosi — o’zbekiston
Har birimiz bosh og’rig’i nima ekanligini yaxshi bilamiz. U ertalab o’zingizni o’nglab olishga xalak’it beradi, kunduzi dik’k’atingizni jamlashni k’iyinlashtiradi, kechk’urun esa uxlay olmaysiz, chunki shak’ik’a (migren)dan aziyat chekasiz. Don’tPanic shu hak’ida mak’ola tak’dim etdi.
K’ishda bosh og’rig’i nisbatan ko’prok’ kuzatiladi: doimiy charchok’ his k’ilasiz, stress yig’iladi, shuningdek noto’g’ri rasion ham ta’sir ko’rsatadi. Dorixonalarda ortik’cha pul sarflamang. Dorilar muammolarni hal k’ilmaydi, shunchaki sindromlarni to’xtatadi. Parhezshunoslarning ma’lum k’ilishicha, vitaminlarning doimiy etishmovchiligi bosh og’rig’ining asosiy sababidir — k’uyidagi mahsulotlarni kundalik rasionga kiriting va shak’ik’a hak’ida unuting.
B12 vitamini va foliy kislotasi
Avitaminoz stress va parishonxotirlikka olib keladi. Rasionda aynik’sa V12 vitamini va foliy kislotasi bo’lishi muhim: busiz doimiy shak’ik’a kafolatlangan. Ismalok’, k’ovok’ va lavlagi foliy kislota bilan bog’lik’ muammolarni bartaraf etadi, tovuk’ tuxumi esa V12 vitamini bilan ta’minlaydi.
B6 vitamini
K’ishki rasionimizda og’ir va hazm bo’lishi k’iyin bo’lgan eguliklar ko’p. Ichaklarga og’irlik tushishi ham bosh og’rig’ini keltirib chik’aradi. Kundalik parhezga sarhil sabzavotlar, loviya va don mahsulotlarini ham kiriting — shunda siz oshk’ozoningizni V6 vitamini bilan k’o’llab-k’uvvatlaysiz.
D vitamini
YAk’inda shifokorlar D vitaminining etishmovchiligi organizmga k’anday ta’sir ko’rsatishiga oid xulosaga kelishdi. Ma’lum bo’lishicha, bu vitaminning etishmovchiligi ishchanlik faoliyatining pasayishi va ertalabki bosh og’rik’lariga olib kelar ekan. Dengiz mahsulotlari, tuxumlar, dukkaklilar va toza havoda sayr k’ilish bu muammoni bartaraf k’iladi.
Temir va mis
Rasionga loviya, yong’ok’lar, dengiz karami, kunjut va jigar k’o’shish kerak — shunda siz organizmdagi temir va mis etishmovchiligi o’rnini to’ldirasiz. Bu elementlarning etishmasligi k’on bosimining tushishi va shak’ik’aga olib keladi.
Xulosa
Bosh og’rik’laridan charchadingizmi? Ochik’ havoda sayr k’ilish, sport bilan shug’ullanish va keraklicha dam olish bosh og’rig’ini eng k’immat dorilardan-da tezrok’ va samaralirok’ davolaydi.
Комментарии 0