Bugungi yangiliklar — neft hakida har bir inson bilishi kerak bolgan 5 fakt — ozbekiston

Bugungi yangiliklar — neft hakida har bir inson bilishi kerak bolgan 5 fakt — ozbekiston

Bugungi yangiliklar — neft hak’ida har bir inson bilishi kerak bo’lgan 5 fakt — o’zbekiston

Neft va uning bozorlardagi bahosini butun dunyo dik’k’at bilan kuzatib boradi.
Birok’ «k’ora oltin» hak’ida shunday faktlar borki, OAV va televidenie bular hak’ida gapirmaslikni ma’k’ul ko’rishadi. InsiderPro neft hak’idagi 5 ma’lumot bilan bo’lishdi.
1. Dunyo neftsiz ham mavjud bo’la oladi
Albatta, hozirning o’zidayok’ neft yo’k’ bo’lib k’olsa, bizning ahvolimiz taranglashadi. Shunga k’aramay, neftni asta-sekinlik bilan energiyaning alternativ manbalari bilan almashtirilsa, buning hech k’anday yomon tomoni yo’k’. So’nggi o’n yilliklarda esa bunday harakatlarga neft kompaniyalari tomonidan faol bosim o’tkazib kelinmok’da.
2. AK’Sh aholisi dunyo aholisining atigi 5 foizini tashkil k’ilsa-da, mamlakat jahon neftining juda katta k’ismini iste’mol k’iladi
AK’Sh jahon neftning taxminan 20-25 foizini iste’mol k’iladi.
3. Mamlakatning neft resurslariga boyligi uning aholisi boyishini kafolatlamaydi
Neftga boy barcha mamlakatlar gullab-yashnaydi, degan fikrga borish noto’g’ri. BAAga nisbatan bunday ta’kid to’g’ri keladi, birok’ hammaga ham birdek muvaffak’iyat kulib bok’avermaydi.
Masalan, Nigeriya — Afrikadagi yirik neft ishlab chik’aruvchisi, u jahonda 10-12-o’rinni egallaydi. Bundan tashk’ari, u neft zahirasi hajmi bo’yicha barcha mamlakatlar orasida ilk o’nlikka kiradi. Birok’, shunga k’aramay, nigeriyaliklar o’ta nochor kun kechirishadi. 2016 yil holatiga ko’ra, u erdagi aholi jon boshiga YAIM 2758 dol­la­rni tashkil etadi. Tak’k’oslash uchun AK’Shda mazkur ko’rsatkich — 53 ming dollar, Rossiyada esa 8,8 ming dollar.
4. Neft — jahondagi mojarolar va urushlarning asosiy sabablaridan biri
Bunga bir necha misol keltiramiz:
Chak urushi (1932?1935)
Ikkinchi jahon urushi vak’tidagi neft resurslari uchun janglar
Eron-Irok’ «tanker» urishi (1980?1988)
Irok’-Kuvayt mojarosi (1991)
Niger deltasidagi ziddiyat (2004)
Sudan va Janubiy Sudan o’rtasidagi chegara mojarosi (2012)
IShID terrorchi tashkilotiga k’arshi harbiy operasiya (2014-hozirgi kunga k’adar)
5. Fak’at neft tufayligina AK’Sh dollari jahon bozorlaridagi o’z o’rnini sak’lab kelmok’da
Umuman olganda, gap neft hak’ida emas, uning asosiy ishlab chik’aruvchilari yarim asr ilgari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofik’ savdoni dollarda yuritayotganlarida. Bunday bo’lmaganda edi, dollar allak’achon inflyasiya k’urboni bo’lgan bo’lardi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.