Davgeodezkadastr komitasi shtatlari kariyb 1000 muhandis-er tuzuvchilar bilan toldiriladi — ozbekiston

Davgeodezkadastr komitasi shtatlari kariyb 1000 muhandis-er tuzuvchilar bilan toldiriladi — ozbekiston

Davgeodezkadastr k’o’mitasi shtatlari k’ariyb 1000 muhandis-er tuzuvchilar bilan to’ldiriladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti 31 may kuni erlarni muhofaza k’ilish va ulardan ok’ilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda erlardan foydalanishda muntazam davlat nazoratini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, er resurslarini tizimlashtirilgan holda hisobga olish ishlari etarli darajada samarali bo’lmayotgani tan olingan.
K’uyidagilar k’o’mitaga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:
uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda k’ishlok’ xo’jaligi erlarini, k’ishlok’ xo’jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring k’ilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sun’iy yo’ldosh navigasiya tizimi ishlashini ta’minlash;aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuprok’shunoslik, geobotanikaga oid va boshk’a izlanishlar hamda tadk’ik’otlarni, erlarni masofadan zondlash, geodinamik tadk’ik’otlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda, kartografik monitoringni amalga oshirish;ko’chmas mulk ob’ektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko’chmas mulk bahosini bozor k’iymatida baholashga bosk’ichma-bosk’ich o’tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish va boshk’alar.
K’abul k’ilingan hujjatda Tuprok’shunoslik va agrokimyo ilmiy-tadk’ik’ot institutini O’zbekiston k’ishlok’ xo’jaligi ilmiy-ishlab chik’arish markazi tarkibidan O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat k’o’mitasi tasarrufiga o’tkazish ko’zda tutilgan. Bu o’z navbatida k’o’mitaga yuklangan vazifa va topshirik’larni o’z vak’tida va sifatli bajarish imkoniyatini yaratadi, institut bilan hamkorlikda ilmiy tadk’ik’otlar o’tkazish ork’ali, birinchi navbatda tuprok’ning tarkibi va maxsus ilmiy laboratoriyalarda tuprok’dagi barcha jarayonlarni o’rganish ork’ali sug’oriladigan erlarning unumdorligi va ularning ball-boniteti anik’lanadi.
Davlat kadastrlarini yuritishni tashkil etish darajasini oshirish mak’sadida O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat k’o’mitasi raisining o’rinbosari lavozimi joriy etildi. U davlat kadastrlari sohasini muvofik’lashtirish, tizimga ilg’or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbik’ etish va xalk’aro munosabatlarni rivojlantirish ishlariga mas’ul etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat k’o’mitasiga, uning hududiy bo’linmalariga mavjud shtatlarga k’o’shimcha ravishda 937 ta muhandis-er tuzuvchilar shtat birligi, shundan 92 foizi k’o’mitaning tuman bo’limlariga berilmok’da.
Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etiladi. K’uyidagilar uning shakllanish manbasi bo’lib xizmat k’iladi:
erlardan xo’jasizlarcha foydalanganligi yoki ularni yarok’siz holga tushirganligi, xo’jalik ichidagi er tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chik’ilganligi, davlat er kadastrini yuritish k’oidalari buzilganligi, chegara va cheklov belgilarining yo’k’ k’ilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga muvofik’ solinadigan jarimalarning 100 foizi;fuk’arolarning uy-joyga doir mulk huk’uk’ini ko’chmas mulkka bo’lgan huk’uk’larni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o’z vak’tida rasmiylashtirilmaganligi uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;kadastr hujjatlarini texnik xatlovdan o’tkazish va rasmiylashtirish bo’yicha davlat xizmatlariga belgilangan narxlarni 25 foiz oshirish hisobiga tushadigan mablag’larning (solik’lar hisoblangandan keyin) 100 foizi va boshk’alar.
Mazkur mablag’lari er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, k’o’shimcha ravishda kiritilayotgan shtat birliklarini sak’lashga sarflanadi.
2017?2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat k’o’mitasi faoliyatini samarali tashkil k’ilish, sohaga ilg’or fan-texnika yutuk’larini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, tarmok’k’a xalk’aro grantlarni jalb k’ilish chora-tadbirlari dasturi tasdik’landi.
K’o’mita va uning hududiy bo’linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash mak’sadida tuman (shahar) er resurslari va davlat kadastri bo’limlarini xizmat avtomashinalari, joylardagi mutaxassislarni zamonaviy o’lchov asboblari, xizmat xonalari bilan ta’minlash belgilangan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.