Dovrugi olamni tutgan katta fargona kanalining bugungi ahvoli foto — ozbekiston

Dovrugi olamni tutgan katta fargona kanalining bugungi ahvoli foto — ozbekiston

Dovrug’i olamni tutgan katta farg’ona kanalining bugungi ahvoli (foto) — o’zbekiston

XX asrning ulkan k’urilishlaridan biri bo’lgan, Markaziy Osiyo xalk’larining turmush darajasini yaxshilash borasida katta burilish yasagan Katta Farg’ona kanalining tarixi barchamiz uchun k’izik’arli va hayratlanarlidir. Buning boisi shundaki, u asosan k’o’l kuchi bilan tuprok’ k’azilib, o’z nihoyasiga etkazilgan va Farg’ona vodiysida bunyod etilgan eng yirik gidrotexnik inshootdir.
Aslida insonlar k’adim-k’adimlardan hayot uchun zarur bo’lgan suv manbaalarini bo’ysundirish uchun kanal k’azib, arik’ chik’arib, erlarni o’zlashtirish bilan shug’ullanib keladilar. O’lka aholisi dehk’onchilik bilan shug’ullanib kelar ekan, doimo suv tank’isligi, sug’orish inshootlarining kamligi ok’ibatida unumdor erlar cho’lga aylanar edi. Katta Farg’ona kanalining k’urilishi esa aholining unumdor erlarga bo’lgan ehtiyojini k’ondirib, bir necha asrlar mobaynida k’amish bosib yotgan botk’ok’liklar hamda k’um barxanlarining o’rnida ekinzorlar bog’lar va tokzorlarni yaratish imkonini berdi.
1939 yil 1 avgustdan boshlangan xalk’ hashari bilan Katta Farg’ona kanali juda k’isk’a muddatda 45 kunda k’urib bitkazildi. Shundan keyin Katta Farg’ona Kanali 1940 yilda Tojikiston hududida yana uzaytirildi. Xalk’ hasharida 180 ming nafar ishchi va dehk’on hamda 3000 nafar muhandis-texnik xodim k’atnashdi. O’zbekiston, K’irg’iziston va Tojikiston hududidagi 500 ming gektar sug’oriladigan erlarning suv ta’minoti yaxshilandi, yangi erlarni o’zlashtirish imkoniyati paydo bo’ldi.
O’sha davrning mashhur san’atkorlari Tamaraxonim, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsok’ova, Gavhar Rahimova va boshk’alar halol mehnat k’ilayotgan hasharchilarni madaniy xizmat ko’rsatish bilan k’o’llab-k’uvvatladilar.
Xo’sh, ota-bobolarimizdan bizga meros bo’lib k’olgan bu katta Farg’ona kanalini asrab-avaylayapmizmi? Ularning mehnatini nechog’lik k’adrlayapmiz?
Ijodiy jamoamiz bilan kanalni suratga olar ekanmiz. Suvdan turli buyumlar chik’indisi, o’t-o’lanlar ok’ib kelayotganiga guvoh bo’ldik. Bu shunchaki, o’z-o’zidan kelib, tushib k’olgan chik’indilar emas. Shu atrofda istik’omat k’iluvchi aholi tomonidan tashlangan axlatlardir.
Kimdir bu o’t-o’lanlar, shox-shabbalar shu kanal atrofidagi daraxtning shoxlari, barglari ok’ib kelayotganni aytib, bahona k’ilib k’o’yadi. Birok’, ko’zimiz tushgan, guvoh bo’lganimiz turli aholi chik’indilari daraxtda o’smaydiku.
Shu o’rinda bizda hak’li savol tug’ildi. Kanal atrofida istik’omat k’iluvchi aholi xonadoniga tuman obodonlashtirish bashk’armasi tomonidan chik’indi mashinasi ajratilmagandir. Aholi chik’indilarni k’aerga olib chik’ishni bilmay, kanalga tashlayotgandir. Mazkur muammo bilan obodonlashtirish boshk’armasiga murojat k’ildik.
K’o’shtepa tumani obodonlashtirish boshk’armasi ma’lumotiga ko’ra 8 ta chik’indi mashinalari aholi chik’indilarini olish uchun ajratilgan. Shu hududda istik’omat k’iluvchi aholi xonadonida chik’indilarni olish uchun shartnoma imzolangan. Kishi boshiga bir oy uchun 1300 so’mdan mablag’ ham to’langan. Haftada 3 marotaba k’ishlok’ fuk’arolar yig’ini, ko’chalarga tashrif buyuruvchi obodonlashtirish boshk’armasi mashinasi chik’indilarni kelishilgan vak’tda olib ketayapti.
Bir yok’adan bosh chik’arib, katta mehnat g’alabasi bilan yakunlangan xalk’ hashari samarasi o’larok’, Farg’ona vodiysi aholisining turmush tarzining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etdi. K’olaversa, O’zbekiston bog’-rog’larini gullatayotgan, el dasturxoni to’kin bo’lishi uchun hosildor erlarni suv bilan ta’minlayotgan Katta Farg’ona kanali o’zbek xalk’ining chin ma’nodagi milliy boyligiga aylanganiga shak-shubha yo’k’.
Bugun biz lok’ayd insonlarni k’ilayotgan ishlarini tasvirimiz ork’ali ko’rsatdik, ogohlantirdik, xulosa chik’aring va mehnatni k’adrlang. Biz bu mavzuga yana k’aytamiz.
Ahror Ziyo, Farg’ona

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.