Dzyudo sharofiddin lutfullaev parijda kumush sohibi boldi — ozbekiston

Dzyudo: sharofiddin lutfullaev parijda kumush sohibi bo’ldi — o’zbekiston
O’zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Lutfullaev Parijda (Fransiya) «Katta dubulg’a» xalk’aro musobak’asi kumush medalini k’o’lga kiritdi, deb xabar k’ilindi Xalk’aro dzyudo federasiyasi saytida. 11-12 fevral kunlari bo’lib o’tgan musobak’ada 61 mamlakatdan 410 nafar sportchi, jumladan, milliy terma jamoaning 9 vakili ishtirok etdi.
Parijdagi an’anaviy musobak’a dzyudo bo’yicha Grand Slam nufuzli tijoriy seriyalaridan hisoblangan xalk’aro musobak’alar mavsumini ochib berdi. «Katta dubulg’a» seriyalari musobak’alarining sovrin jamg’armasi 154 ming AK’Sh dollarini tashkil etadi.
60 kg gacha vazn toifasidagi final bahsida Sharofiddin Lutfullaev 2016 yilgi Olimpiya o’yinlari bronza medali sovrindori yaponiyalik Naoxis Takatodan mag’lub bo’ldi. Orxan Safarov (Ozarbayjon) va Amiran Papinashvili (Gruziya) «Katta dubulg’a» bronza medali sovrindorlari bo’ldi.
Musobak’a reglamentiga ko’ra, o’zbekistonlik sportchi va uning murabbiyiga mos ravishda 2400 va 600 dollar tak’dim etildi.
Комментарии 0