Gerpes — hakida va uning davosi — ozbekiston

Gerpes — hak’ida va uning davosi — o’zbekiston
Achishish, k’ichish, labning shishishi, keyinchalik og’rik’li pufakchalarning hosil bo’lishi, ular yorilib yarachalar paydo bo’lishi va uzok’ vak’tgacha po’stlok’larning turishi… Ko’pchilik muntazam ravishda bu klinik belgilarni boshidan kechiradi.
Hammasini sinab ko’rdingiz: spirt va boshk’a antiseptiklar, oksolin surtmasi, sulfonilamid va yod, har xil balzamlar… Ko’rinishidan bu kasallikni hech nima to’xtatolmaydiganga o’xshaydi… Gerpes — bu virusli infeksiya bo’lib, k’o’zg’atuvchisi oddiy gerpes virusidir. Gerpetik toshmalar tananing hamma joyida paydo bo’lishi mumkin, lekin gerpesning eng «yok’imli» joyi og’iz, burun atrofi, shuningdek, yonbosh va jinsiy a’zolar hisoblanadi. Odatda bu infeksiya bilan inson bolalik chog’ida to’k’nashadi, virus kasal oila a’zosidan yoki k’arindoshlardan o’pich ork’ali, idish-tovok’ yoki sochik’ ork’ali yuk’ishi mumkin. Lab atrofida paydo bo’lgan tipik toshmalar odatda 7-10 kungacha paydo bo’lib turadi. Teri ork’ali o’tib, virus asab tolalari ork’ali tark’aladi va asab gangliyalariga joylashadi. Gerpesni yuk’tirgan odamlarning 80 foizdan ko’prog’ida virus «uyk’u» holatida bo’ladi. Gerpes virusini k’o’zg’atuvchi faktorlarga organizm immunitetining susayishi, sovk’otish, menstruasiya, charchash, stress, travma va k’uyoshda ko’p yotish kiradi. Bu o’rinda «uyk’u» holatidagi virus asab tolalari ork’ali teriga k’aytib keladi va toshmalar paydo k’iladi. Pufakchalar paydo bo’lishidan oldin teri k’ichishadi va o’ta sezuvchan bo’lib k’oladi. Bu gerpesning prodrom davridir. Pufakchalarning soni har xil – bir donadan to bir nechta guruhlar hosil k’ilishi mumkin. Keyinchalik ular yorilib, yarachalar hosil k’iladi. YArachalar ustidan hosil bo’ladigan po’stlok’lar tushib, o’zidan keyin giperpigmentasiya k’oldiradi. Ba’zida pufakchalarga ikkilamchi infeksiya k’o’shilib, o’zidan keyin chandik’ k’oldirishi mumkin. Odatda yosh o’tgan sayin residivlar soni kamayib, kasallik engil formada kechadi. Doimo yodda sak’lash kerakki, gerpetik toshmalar toshgan odam fak’at atrofdagilarga emas, balki o’ziga ham xavf tug’diradi. Atrofdagilarga yuk’tirishdan tashk’ari, o’z tanasining boshk’a k’ismlariga yuk’tirish xavfi mavjuddir. Shuning uchun k’uyidagi gigiena k’oidalariga rioya k’ilish lozim:
• Toshmalarga teginmang va boshk’a odam tegishiga yo’l k’o’ymang.
• Ko’zingizga tegmaslikka harakat k’iling — ko’z shoh pardasining gerpes bilan zararlanishi ko’rlikka olib kelishi mumkin.
• Toshmalarga tegingan tak’dirda, k’o’lingizni darhol issik’ suv va sovun bilan yuving.
• Hech kimga sochig’ingizdan foydalanishga yo’l k’o’ymang va boshk’alarning sochig’idan foydalanmang. Bu k’oida lab bo’yog’iga ham tegishli.
• Alohida idish-tovok’dan foydalaning.
• O’pichlardan va kasal odam bilan jinsiy alok’adan sak’laning.
• Pufakchalarni yormang va po’stlok’larni ko’chirmang.
• Ayollar makiyaj k’o’yish va tozalash vak’tida juda ham ehtiyot bo’lishlari kerak.
• Gerpes tez-tez k’aytalanadigan odamlarda gerpesning klinik belgilari bo’lmagan tak’dirda ham infeksiya o’chog’i hisoblanadi. Gerpesning tez-tez k’aytalanishi ko’p hollarda odamning umumiy holatiga xavf tug’dirmaydi, lekin immuntank’islik holatidagi odamlarda — o’sma kasalligi, OITS, tana k’ismlari transplantasiya k’ilingan odamlarda va boshk’a og’ir kasalliklarda katta xavf tug’diradi. Ularning ichki organlari gerpesdan zararlanishi mumkin. Ba’zi bir teri kasalligi (asosan neyrodermit) bilan og’rigan bemorlarda uchuk’ tanada keng tark’alishi mumkin. Uchuk’ k’ovok’larga chik’k’an tak’dirda ko’zning shoh pardasi zararlanib, gerpetik keratitga olib kelishi mumkin. Ko’zda og’rik’, yorug’likdan k’o’rk’ish, yot jism sezgisi paydo bo’ladi va ajralmalar paydo bo’la boshlaydi. Agar o’z vak’tida va to’g’ri davolanmasa, ko’rlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko’zning gerpetik infeksiyasi taxmin k’ilinganida okulistga murojaat k’ilish lozim. YAk’in vak’tlargacha gerpes simptomatik ravishda davolanib kelinar edi. K’urituvchi, og’rik’ k’oldiruvchi, antiseptik va boshk’a dori vositalaridan foydalanilar edi. Shuningdek, virusga k’arshi dori vositalaridan (oksolin surtmasi, tebrofen) foydalanishga harakat k’ilindi. Lekin natijasi k’onik’arli bo’lmadi. To’g’ridan-to’g’ri gerpes virusining o’ziga ta’sir k’iladigan dori vositalarining paydo bo’lishi bilan ahvol yaxshi tomonga o’zgardi. Masalan, 5 %li 10 grammli tyubiklarda ishlab chik’ariladigan Ulkaril-Asiklovir moddasi labdagi gerpes uchuk’larining va toshma-yaralarining tez vak’tda tuzalishini ta’minlaydi, kasallik avjga chik’ishi paytida esa yok’imsiz asoratlari rivojlanishining oldini oladi. Davolash k’ancha erta boshlansa, natijasi shuncha yaxshi bo’ladi. Krem kuniga 5 mahal surtiladi, 4 soatlik oralik’ bilan, tungi soatlar hisobga olinmaydi. Davolash 5 kun davom etadi, og’ir hollarda 10 kungacha davom etishi mumkin. Kremni surtishdan oldin va keyin k’o’lni yaxshilab yuvish kerak. Toshmalar chik’k’an erga tegish yoki sochik’ bilan artish mumkin emas. Kremni surtgandan keyin ozgina achishish his k’ilishingiz mumkin, lekin bu holat tez o’tib ketadi.
Комментарии 0