Gm uzbekistan yangi avlod malibu avtomobili modelini ishlab chikarishga kirishdi foto — ozbekiston

Gm uzbekistan yangi avlod malibu avtomobili modelini ishlab chikarishga kirishdi foto — ozbekiston

Gm uzbekistan yangi avlod malibu avtomobili modelini ishlab chik’arishga kirishdi (+foto) — o’zbekiston

GM Uzbekistan kompaniyasi to’lik’ yangilangan Chevrolet Malibu bizness-klass sedanini ishlab chik’ara boshladi, deb xabar k’ildi kompaniya matbuot xizmati.
SKD texnologiyasi bo’yicha avtomobil yig’ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.
Mashina yanada tejamkor va texnologik bo’lishdan tashk’ari, xavfsizlik va k’ulaylik ko’rsatkichlari ham sezilarli darajada oshirildi.
YAngi model butkul boshk’acha ichki va tashk’i ko’rinishi, zamonaviy texnik ishlanmalar bilan ta’minlangani bilan fark’lanadi.
Avtomobil 186 ot kuchiga teng 2,5 l hajmli dvigatel, yonilg’i sarfining 100 km ga 10,8 l gacha kamaytirilishini ta’minlovchi 6 bosk’ichli yangi avlod avtomat transmissiya bilan jihozlangan.
Haydovchi va yo’lovchilarni himoyalash tizimi takomillashtirilgan — mashina 8 ta xavfsizlik yostik’chasi (jumladan shiftda va ork’a o’rindik’dagi yo’lovchilar uchun), bark’aror kurs va antibuksir tizimlari bilan ta’minlangan.
Ergonomika va elektron tizimlar funksionalligi yaxshilangan, markaziy konsol 7 dyuym diagonalli tachskrin ekranga ega MyLink ko’ngilochar-axborot majmuasi mavjud. Salondagi shovk’inni kamaytirish tizimi belgilangan me’yorlar oshgan tak’dirda elektron boshk’aruv bloki signallarining avtomat ravishda yutilishini ta’minlaydi.
Avtomobilni kalitsiz masofadan boshk’arish (dvigatelni yok’ish va o’chirish, eshiklar va yukxona bo’limini masofadan ochish va k’ulflash), rul chambaragini ikki nafar haydovchi uchun belgilangan harorat mezonlarini sak’lab k’olish xususiyatiga ega k’izdirish imkoniyati mavjud.
O’zbekiston bozorida mashina to’rt rangda chik’ariladi: marvaridli ok’, tutunli ok’, to’k’ kulrang va k’ora.
Kompaniyadan ma’lum k’ilinishicha, avtomobillar uch oydan ortik’ bo’lmagan muddatda etkazib beriladi. Avtomobil narxi, ishlab chik’aruvchi saytidagima’lumotlarga ko’ra, 210 mln so’mni (xalk’aro plastik karta bo’yicha hisob-kitobda — 110,852 mln so’m)ni tashkil etadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.