Ha men kuchaga musulmonlarni suyish uchun chiqqandim — ozbekiston

«ha, men kuchaga musulmonlarni suyish uchun chiqqandim» — o’zbekiston
London kuchalarini qulida ulkan pichoq bilan musulmonlarni uldirish tahdidi bilan kezib yurganda qulga olingan Angliya fuqarosi ustidan sud hukmi uqib eshittirildi. Bu haqida The National nashri khabar bermoqda.
Iyun oyida janubdagi Kambervel shahrida qulida katta pichoq tutib kuchada odamlarni tukhtatib «musulmonmisan?» deb suroqqa tutayotgan 24 yoshli Mikey Seyj haqida polisiyaga khabar qilingach, u hibsga olingan.
U hibsga olinganda uning yonida 25 santimetrlik pichoq topilgan. Seyj polisiyaga «musulmonlarni suyish uchun kuchaga chiqqan»ini tan olgan.
Seyj intervyusida «imomning buynidan suyardim va Angliya uchun shahid bulardim», deb davo qilgan.
U ikki kishini omma oldida musulmonligi uchun pichoq bilan tahdid qilganlikda aybdor deb topildi. Seshanba kuni Ichki London sudi uni 2 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etdi.
Polisiya detektivi Samuel Kafferti voqea ayanchli yakun topishi mumkin bulganligi haqida suzladi. «Bu kabi jinoyatlarga biror bir jamiyatda joy yuq» deydi u, «Seyj jamoatchilikka, khususan, musulmonlar jamoasiga aniq khavf tugdiradi va men endi unda qilmishi haqida mulohaza qilishga juda kup vaqti borligidan khursandman».
Utgan oyda elon qilingan Davlat departamenti statistikasiga kura, Qirollikda bunday jinoyatlar soni bir yilda 29 foizga oshgan.
Комментарии 0