Hazrati umar ibn xattob roziyallohu anhu — ozbekiston

Hazrati umar ibn xattob roziyallohu anhu — o’zbekiston
Hazrati Umar roziyallohu anhuning zuhdi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu juda ko’p yaxshi sifatlarga ega edilar, shu bilan birga, oliy darajadagi zohid ham edilar. U kishi roziyallohu anhu mol-dunyoga mutlak’o o’ch emas edilar. Imkonlari bo’lsa ham, dunyoning o’tkinchi havaslariga k’izik’mas, oddiy xalk’ k’atori bo’lish uchun k’o’llaridan kelgan barcha ishni k’ilar edilar.
Imom Tobariy Solim ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat k’iladi:
«Umar roziyallohu anhu xalifa bo’lganidan keyin Abu Bakr roziyallohu anhuga tayin k’ilingan maoshni olishda davom etdi. Ammo uning hojati ko’paydi. Muhojirlardan bir guruhi to’plandilar. Ularning ichida Usmon, Ali, Tolha va Zubayr roziyallohu anhum bor edilar.
Zubayr: «Umarga uning maoshini ziyoda k’ilishimiz hak’ida gapirsak bo’lar edi», dedi.
Ali: «Bu avvalrok’ bo’lishi kerak edi. Yuringlar, boraylik», dedi.
Usmon: «U Umardir. Kelinglar, o’ziga bildirmasdan uning nimasi borligini o’rganaylik. Hafsa roziyallohu anhoning huzuriga borib so’raylik, unga bu gapni hech kimga aytmasligini tayinlaylik», dedi.
Bas, ular Hafsa roziyallohu anhoning oldiga kirishdi va hech kimning ismini aytmasdan, «Bir guruh odamlar gapirishdi», deb xabarni Umarga aytishini so’radilar-da, uning oldidan chik’ib ketdilar. Hafsa Umarning huzuriga borib, haligi masala bo’yicha gaplashdi. Umarning yuzida g’azab alomatlarini sezdi.
«Ular kimlar!?» dedi Umar.
«Sizning fikringizni bilmasdan avval ularning kimligini bilishga yo’l yo’k’», dedi Hafsa.
«Ularning kimligini bilsam, albatta yuzlari k’orayadi. Sen men bilan ularning orasidasan. Alloh hak’k’i, rostini ayt! Sening uyingda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning k’anday liboslari bor edi?» dedi Umar.
«Bo’yalgan ikki kiyim. Mehmonlar kelganida va xutba k’ilganda kiyar edilar», dedi Hafsa.
«Sening huzuringda u zot noil bo’lgan eng yaxshi taom nima!?» dedi Umar.
Hafsa: «Arpa non k’ilib, issik’ligida yog’ idishimizning ostida k’olganini ustidan k’uyib, yumshok’ va yog’li k’ilar edik. U zot uni yaxshi ko’rib er edilar va taom hisoblar edilar», dedi.
«Sening huzuringda u zotning eng yaxshi to’shaklari nima edi!?» dedi Umar.
«Bizning bir k’alin kiyimimiz bor edi. Uni yozda to’rt buklab, tagimizga solar edik. K’ishda esa yarmini tagimizga solib, yarmini ustimizga yopar edik», dedi Hafsa. Shunda Umar shunday dedi: «Ey Hafsa, ularga aytib k’o’y! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortik’cha narsalarni o’z o’rniga k’o’yganlar. Men ham ortik’cha narsalarni o’z joyiga k’o’yaman. Men va ikki sohibim xuddi bir yo’lga tushgan uch kishiga o’xshaymiz. Birinchisi zodu rohilaga ega bo’lgan holida o’tib ketdi. Boshk’asi uning ortidan ergashdi. Uning yo’lidan yurib borib, ortidan etib oldi. So’ngra unga uchinchisi ergashdi. Agar u ikkisining yo’lini lozim tutsa va zodlariga rozi bo’lsa, ularga etib olib, birga bo’ladi. Agar ularning yo’lidan boshk’a yo’lga yursa, ular bilan jamlana olmaydi».
Hasan Basriydan rivoyat k’ilinadi:
«Basraning jome’ masjididagi bir majlisga kelsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir to’p sahobalari Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning zohidliklarini, Alloh ularga Islomda fath k’ilgan narsalarni va husni siyratlarini eslashib o’tirgan ekanlar. Men k’avmga yak’inlashdim. K’arasam, ichlarida Ahnaf ibn K’ays Tamimiy roziyallohu anhu ham bor ekan. Uning k’uyidagilarni aytayotganini eshitdim:
«Umar ibn Xattob bizni bir guruh lashkar bilan Irok’k’a yubordi. Alloh bizlarga Irok’ni va Fors yurtlarini fath k’ildi. U erda Fors va Xurosonning narsalariga ega bo’ldik, ulardan kiyim kiydik. Umarning oldiga kelsak, u bizdan yuzini o’girib oldi, bizga gapirmay k’o’ydi. Bu ish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga og’ir botdi. O’g’li Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning oldiga keldik. U masjidda o’tirgan ekan. mo’minlarning amiri Umar ibn Xattobdan bizga etgan jafodan unga arz k’ildik.
Abdulloh: «Mo’minlarning amiri ustingizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiymagan, u zotdan keyingi xalifa Abu Bakr Siddik’ kiymagan kiyimlarni ko’ribdi», dedi.
Biz uylarimizga borib, ustimizdagi kiyimlarimizni echdik va uning oldiga u avval egnimizda ko’rgan kiyimlarimizni kiyib keldik. U o’rnidan turib, har birimiz bilan alohida-alohida salomlashdi va har birimiz bilan alohida-alohida k’uchok’lashib ko’rishdi. Xuddi bundan oldin bizni ko’rmagandek muomala k’ildi. Biz o’ljalarni unga tak’dim k’ildik. Umar ularni bizga teng tak’simlab berdi.
O’ljalar ichida Umarga xurmoni sariyok’k’a bulab tayyorlangan sarik’, k’izil sulol taomi bor ekan. U uni tatib ko’rdi. Unga ta’mi va hidi juda yaxshi ko’rindi. Shunda u bizga o’girilib: «Ey muhojir va ansorlar! O’g’il otasini, aka ukasini ushbu taom uchun o’ldirishi mumkin», dedi va uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam borliklarida o’ldirilgan muhojir va ansoriylarning bolalariga berishga amr k’ildi. So’ngra Umar turib, ketmok’chi bo’ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ham turib, uning izidan yura boshladilar. Ular bir-birlariga: «Ey muhojirlar, ansorlar! Manavi odamning zohidligiga va kiyimiga nima deysizlar? Alloh bizga uning rahbarligida Kisro va K’aysarning yurtlarini, erning mashrik’iyu mag’ribini fath k’ilganidan beri nafslarimiz zaiflashdi. Uning oldiga arabu ajam elchilari kelib turibdi. Ular uning ustidagi o’n ikki yamok’li to’nni ham ko’rib turishibdi.
Agar siz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari jamoasi – kattalarimiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan turli mavk’iflarda va janglarda birga bo’lganlarimiz, avvalgi muhojir va ansorlarimiz undan ushbu to’nni bir yumshok’rok’, ko’rimlirok’ kiyimga almashtirishini, unga ertalab bir idishda taom berilishini va kechk’urun bir idishda taom berilishini, undan uning o’zi ham, u bilan hozir bo’lgan muhojir va ansorlar ham eyishini so’rasangiz, yaxshi bo’lar edi», dedilar.
K’avmning barchasi bir ovozdan: «Umarga bu gapni u zot solallohu alayhi vasallamning kuyovlari Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan boshk’a odam ayta olmaydi, odamlarning ichida bu ishga o’shagina jur’at k’ilishi mumkin. YOki k’izi – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Hafsagina aytishi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mak’omlari tufayli Umar unga ham biror narsa deya olmaydi», dedilar.
Ular bu hak’da Aliga gap ochdilar. Ali: «Buni men k’ila olmayman, yaxshisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjalariga aytinglar, ular mo’minlarning onalari, bu ishga jur’at k’iladilar», dedi.
Ular Oisha va Hafsa roziyallohu anholar birga o’tirganlarida ulardan iltimos k’ilishdi. Oisha:
«Buni mo’minlarning amiriga men aytaman», dedi. Hafsa:
«Menimcha, u bu ishni k’ilmasa kerak, senga tushuntirib ham beradi», dedi.
Ular mo’minlar amirining oldiga kirishdi. U ularni (hurmat bilan) yak’iniga o’tirg’izdi. Oisha:
«Ey mo’minlarning amiri, gapirishimga izn bering», dedi. Umar:
«Ey mo’minlarning onasi, so’zla», dedi. Oisha:
«Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’z yo’llari ila jannatga va rozilikka ketdilar. Ul zot dunyoni xohlamadilar, dunyo u zotni xohlamadi. Shuningdek, Abu Bakr roziyallohu anhu ham u zotning izlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tiriltirganidan, murtadlarni k’atl k’ilganidan, ahli botilning hujjatlarini yo’k’ k’ilganidan, ra’iyatga adolat k’ilganidan, molni barobar tak’sim k’ilganidan, xaloyik’ning Robbini rozi k’ilganidan keyin o’z yo’liga ketdi. Alloh uni O’z rahmatiga va roziligiga k’abz k’ildi. Uni O’z Nabiysi alayhissalomga – Rafik’ul a’loga k’o’shdi. U dunyoni xohlamadi, dunyo ham uni xohlamadi.
Endi, batahk’ik’, Alloh sizning k’o’lingiz ila Kisro va K’aysarning xazinalarini va yurtlarini fath k’ildi. Sizga ularning mollari olib kelindi. Sizga mag’ribu mashrik’ yak’in bo’ldi. Allohdan yanada ziyoda k’ilishini va Islomni k’o’llashini so’raymiz. Oldingizga ajamlarning elchilari kelmok’da, arablarning hay’atlari kelmok’da.
Sizning ustingizda esa manavi to’n bor. Uni o’n ikki joyidan yamab olgansiz. Endi siz uni bir yumshok’rok’, ko’rimlirok’ kiyimga almashtirsangiz, sizga ertalab bir idishda taom berilsa va kechk’urun bir idishda taom berilsa, undan o’zingiz ham, siz bilan hozir bo’lgan muhojir va ansorlar ham esalar yaxshi bo’lar edi», dedi.
Shu payt Umar k’attik’ yig’ladi va:
«Sendan Alloh nomi ila so’rayman. K’ani menga ayt-chi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning huzuriga borgunlaricha bug’doy nonga o’n kun yoki besh kun, yoki uch kun to’yganmilar?! YOki tushlik va kechki taomni jamlaganmilar?!» dedi.
«Yo’k’», dedi Oisha. Shunda Umar unga k’arab:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga erdan bir k’arich ko’tarilgan dasturxonda taom k’o’yilganini bilasanmi?! Ul zot taom keltirishga amr k’ilsalar, erga k’o’yilardi. YAna amr k’ilsalar, dasturxon yig’ishtirib olinar edi», dedi.
(Oisha va Hafsa) ikkovlari:
«Allohning nomi ila aytamizki, gapingiz to’g’ri!» deyishdi.
U ikkovlariga k’arab:
«Ikkovingiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjalarisiz, mo’minlarning onalarisiz. Ikkingizning barcha mo’minlarda, xususan, menda hak’laringiz bor. Sizlar esa meni dunyoga targ’ib k’ilgani kelibsizlar.
Albatta, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning k’o’polligidan badanlariga botadigan, jundan bo’lgan chopon kiyganlarini yaxshi bilaman. Ikkovingiz ham bilasizlarmi?» dedi.
«Allohning nomi ila aytamizki, gapingiz to’g’ri!» dedilar.
«Ey Oisha! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sening uyingda bir ark’ok’li jun chopon ustida uxlaganlarini bilasanmi? O’sha chopon kunduzi gilam, kechasi to’shak bo’lar edi. Biz u zotning oldilariga kirsak, yonboshlarida bo’yraning izini ko’rar edik.
Eslagin, ey Hafsa! Sen o’zing menga u zotga ikki k’avat joy solib berganingda uning yumshok’ligidan Bilolning azonigacha uyg’onmaganlarini, so’ngra senga «Ey Hafsa, nima k’ilib k’o’yding? Bu kecha menga o’rinni ikki k’avat solib beribsan. Tong otguncha uxlabman. Menga dunyoning nima keragi bor edi?! Meni yumshok’ to’shak ila mashg’ul k’ilishingizning nima keragi bor edi?!» deganlarini aytib bergan eding.
Ey Hafsa! Sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avvalgiyu keyingi gunohlari mag’firat k’ilinganini bilmasmiding?! Ul zot och hollarida kech kiritar, tunni sajdada o’tkazar edilar. Alloh u zotni O’z rahmati va roziligi ila k’abz k’ilgunicha kechayu kunduz ruku’ va sajda k’ilgan hollarida, yig’lagan va tazarru’ k’ilgan hollarida bardavom bo’ldilar.
Umar xushta’m taom emaydi. Yumshok’ kiyim kiymaydi. O’zining ikki sohibidan o’rnak oladi. Tuz va zaytun yog’idan boshk’a ikki taomni jamlab emaydi. Har oyda odamlar egan go’shtdan ortik’cha go’sht emaydi», dedi.
Ikkovlari chik’ib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga bo’lgan gaplarning xabarini berdilar. Umar Alloh azza va jallaga yo’lik’k’uncha o’sha holda bardavom bo’ldi».
Ibn Asokir rivoyat k’ilgan.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning zohidliklari hak’ida bunga o’xshash rivoyatlar ishonchli roviylar tomonidan ko’plab keltirilgan.
Bu hak’da hazrati Umar roziyallohu anhuning bu darajadagi zohidliklari o’zlarining shaxsiy ijtihodlari va o’z shaxslariga tegishli ekanini aytib o’tmok’ kerak.
Ko’rib o’tganimizdek, boshk’a sahobalar ham u kishini bu yo’ldan k’aytara olmaganlar.
Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
(zuhd va hayo kitobidan)
Комментарии 0