Hissiyotlar tinchlanganidan song hakamning barselonaga yordam bergan ikkita xatosi — ozbekiston

Hissiyotlar tinchlanganidan so’ng. hakamning barselonaga yordam bergan ikkita xatosi — o’zbekiston
Germaniyalik Deniz Aytekin juda k’iyin o’yinni boshk’ardi. Balki faoliyatidagi eng k’iyini bo’lishi mumkin.
Dastlabki 10 dak’ik’a ichida, to’p har ikkala jamoa jarima maydoni ichida himoyachilarning k’o’liga tegdi. Ikkinchi bo’limning boshida, Neymar jarima maydoni ichida yik’ilib tushgan himoyachi Tomas Menega k’ok’ilib ketdi va k’uladi.
Dastlab Aytekin penalti belgilamadi. Birok’ darvoza ortida turuvchi yordamchisi bilan gaplashib olganidan so’ng, o’z k’arorini o’zgartirdi.
Shundan so’ng, Neymar yana bir marta yik’ildi. Birok’ bu yak’k’ol simulyasiya edi va hakam bu vaziyatda adashmadi. Shu vak’tgacha hammasi yaxshi ketayotgandi. YAk’k’ol xatolar shundan keyin yuz berdi.
Hisob 3:1 bo’lib turganida, o’yin tak’dirini Anxel Di Mariya hal k’ilishi mumkin edi. Argentinalik futbolchi darvozabon bilan yuzma-yuz chik’ib bordi, ammo Maskerano uni k’uvib etdi.
Di Mariyaning zarbasi anik’ chik’madi, chunki Maskerano uni jarima madyoni ichida yik’itdi. Buni esa o’yindan keyin ham tan oldi.
«Shubhasiz, men Di Mariyaga nisbatan k’oida buzgan edim. Birok’ biz PSJni aynan shu tufayli musobak’adan chik’arib yubormadik» — dedi Maskerano o’yindan so’ng.
Balki mana bu tufaylidir:
90-dak’ik’a, hisob 5:1. «Barsa»ga yana ikkita gol etishmayapti. Messi to’pni jarima maydoniga, Suaresga oshirdi. Markinos k’o’lini uning bo’yniga tekkizdi, hujumchi maydonga yik’ildi. Aytekin shu zahoti penalti belgiladi. Bu safar mustak’il ravishda.
Keyin nima bo’lgani hammaga ayon.
Ispaniyalik hakam Anduxar Oliver MARCA radiosi efirida shubhalanib o’tirmadi: «Penalti yo’k’ edi. Markinos k’o’lini Suaresga k’o’yishi bilanok’ u yik’ildi».
Deniz Aytekin 38 yoshda, u 2008 yildan buyon Bundesligada ishlamok’da. 2014 yildan buyon UEFAning sara hakamlari ro’yxatiga kiradi. Kechagi o’yin Aytekinning Chempionlar ligasi asosiy bosk’ichidagi 13-o’yini bo’ldi.
«PSJ» vakillari o’yindan so’ng barcha aybni Aytekinga to’nkab o’tirishmadi.
«Bizning foydamizga ikkita penalti belgilanmadi, ammo buni bahona k’ilib o’tirmaymiz» — dedi klub prezidenti Nosir Al-Xilayfiy.
«Birinchi o’yinda ajoyib natijaga erishgandik, ammo bugun chorakfinalga yo’l olishga loyik’ o’yin namoyish etmadik. Men bahona izlamok’chimasman. Ammo Suarsega nisbatan k’oida buzilmagandi. O’z navbatida bizga ham penalti berishmadi. Shunda ham hakamlarni ayblashimiz noo’rin, chunki o’zimiz ham yaxshi o’ynamadik» — dedi Tiago Silva, klub sardori.
«Hakamlarning k’arorlari PSJga k’arshi k’aratilgandi. O’yin oxirida esa nazoratni umuman k’o’ldan chik’ardik va yutk’azdik» — dedi Unai Emeri.
Комментарии 0