Homiladorlik paytida jinsiy aloka — ozbekiston

Homiladorlik paytida jinsiy aloka — ozbekiston

Homiladorlik paytida jinsiy alok’a — o’zbekiston

Homiladorlik davrida ayollarning jinsiy alok’aga bo’lgan munosabati o’zgarishi mumkin. Bunga organizmda bo’layotgan keskin gormonal o’zgarishlar sabab bo’ladi. Ba’zi er-xotinlar homiladorlik davrida homilaga ziyon yetkazib k’o’yishdan k’o’rk’ib jinsiy alok’adan umuman voz kechadilar. Aslida homila tashk’i muhit zarbalaridan bachadon ichidan yaxshi himoyalangan bo’ladi. Shuning uchun hom
iladorlik hech k’anday muammosiz kechayotgan bo’lsa, jinsiy alok’adan voz kechish shart emas. Fak’atgina ehtiyotkorlik va mayinlik talab etiladi xolos.
Ba’zi ayollarda toksikoz alomatlari kuchli bo’lib jinsiy alok’aga nafrat bilan k’araydigan bo’lib k’oladilar. Shunda er ayolining holatini tushunib, sabrli bo’lishi kerak bo’ladi. Agar aksincha, homilador ayolning alok’aga ehtiyoji katta bo’lsa, uni k’ondirish mak’sadga muvofik’ bo’ladi.
Eng asosiysi ayolni bunga o’z xohishi bilan yondashishidir. Chunki homilador ayolni jinsiy alok’aga majburlash mumkin emas.
Homiladorlik davrida k’uy. dagi hollarda jinsy alok’a k’ilish man etiladi:
Homilaning tushish xavfi bo’lsa;
Homiladorlik davri muammolar bilan o’tayotgan bo’lsa;
Homiladorlikning dastlabki 3 oyida k’on ajralmalar namoyon bo’layotgan bo’lsa;
Ayolning jinsiy alok’aga kirishish istagi bo’lmasa;
Homilaga yoki k’oringa og’rilik tushadigan holda alok’a k’ilinsa;
Homilador ayolning eri jinsiy infeksion kasallik bilan kasallangan bo’lsa;
Homilaning muddatidan oldin tug’ilib k’olish havfi bo’lsa;
Shifokor ma’lum sabablarga ko’ra alok’a k’ilishni man k’ilib k’o’ygan bo’lsa. Eng asosiysi homiladorlik tabiiy holat ekanligi hak’ida unutmaslik lozim. Agar ayol o’zini yaxshi his etib, eri bilan birga bo’lishni istab, homiladorlik davri muammosiz kechayotgan bo’lsa, jinsiy hayotni oldindagidek davom ettirish mumkin. Fak’at alok’a holati k’oringa va homilaga zarar etkazmaydigan bo’lishi darkor.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.