Husniddin gofurov serbiyaning mladost klubiga utdi — ozbekiston

Husniddin gofurov serbiyaning mladost klubiga utdi — ozbekiston

Husniddin gofurov serbiyaning mladost klubiga utdi — o’zbekiston

Uzbekistonlik futbolchi Husniddin Gofurov uz faoliyatini Serbiya Superligasi vakili — “Mladost” klubida davom ettiradigan buldi.
22 yoshli futbolchi 2013 yildan buyon Serbiyaning boshqa bir jamoasi – “Yavor Matis” safida tup surib kelayotgan edi. Utgan mavsum yakuniga kura, “Yavor” Serbiya Superligasida 16 jamoa orasida 8-pogonani egallagan edi. “Mladost” esa 4-urinni band qilgandi.
“Turt yil Ivanisada uynaganimdan sung Luchanga kuchib utishga qaror qildim. Men Serbiyaning kuchli jamoalaridan biriga utganimdan va murabbiy Nenad Milovanovich bilan ishlash bakhtiga muyassar bulganimdan bakhtiyorman. Bizni qiyin mavsum kutmoqda. Ammo bu qiyinchiliklarni engib uta oladigan jamoamiz deb uylayman”, – dedi uzbekistonlik futbolchi.
Qayd etish joiz, “Mladost” jamoasi 2016/17 yilgi mavsum yakuniga kura Evropa Ligasi 1-saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qulga kiritgan.
Malumot uchun, Husniddin Gofurov 1994 yil 29 iyul kuni Fargonada tavallud topgan. Serbiya chempionatiga yul olishdan avval hujumkor yarim himoyachi 2012–2013 yillarda Uzbekiston Birinchiligi vakili – “NBU-Osiyo” sharafini himoya qilgan.
Husniddin Gofurov, shuningdek, Uzbekiston yoshlar termasi (U-17, U-19) va Uzbekiston olimpiya termasi (U-23) safida ham maydonga tushgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.