Iibb kollej talabasi olimida aybdorlar jazolanadi — ozbekiston

Iibb: kollej talabasi o’limida aybdorlar jazolanadi — o’zbekiston
May oyi boshida kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, oradan bir oy o’tgach vafot etgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o’k’uvchisi Jasurbek Ibragimov o’limida aybdor barcha shaxslar o’z jazosini oladi, deya ma’lum k’ildi Toshkent IIBB boshlig’i o’rinbosari, Tergov boshk’armasi boshlig’i Doniyor Toshxo’jaev. YAkshanba kuni u Do’stlik bog’iga (sobik’ Bobur bog’i) kelib, O’zbekiston IIVga aybdorlarni anik’lash va jazolash talabi bilan imzo to’plashga yig’ilgan fuk’arolar bilan uchrashdi.
Xuddi shu kuni IIBB saytida e’lon k’ilingan xabarga ko’ra, 3 may kuni Jasurbek Ibragimovga nisbatan og’ir tan jarohatlari etkazilganligi holati yuzasidan O’zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-k’ismi «d» bandi (jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lgan k’asddan badanga og’ir shikast etkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tug’ilgan Islombek Tulaganovga nisbatan mavjud bo’lgan jinoyat ishi bo’yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmok’da. Shuningdek, hozirda boshk’a shaxslarning mazkur jinoyatga alok’adorligi tekshirilmok’da.
IIBB boshlig’i o’rinbosari Doniyor Toshxo’jaevning toshkentliklar bilan uchrashuvi. Foto: Sherzod Ikramutdinov / «Gazeta. uz».
17 yoshli o’smir onasi Nilufar Alievaning Prezident nomiga yozilgan hamda shanba kuni kechk’urun tahririyat kelib tushgan, ijtimoiy tarmok’larda tark’algan maktubida keltirilishicha, Jasurbek 1 iyun kuni beshinchi operasiyani boshidan o’tkazayotganda hayotdan ko’z yumgan. Hodisa sodir bo’lgan kuni o’g’li unga k’o’ng’irok’ k’ilgan va uyga kelishni so’ragan. Ota-onasi Jasurbekni erda yotgan holda uchratgan. «Burni, og’zi va k’ulog’idan k’on kelayotgan, butun elkasi timdalangan, tirsaklari ham k’ontalash edi, har ikki tizzasi singan, boldirlari tirnalgan, peshonasi butunlay singandi… K’ornini ko’zdan kechirganimizda oyok’ kiyim izlari yak’k’ol ko’rinib turar, tomok’ sohasi, jag’lari ostida barmok’dan k’olgan izlar bor edi», — deb yozadi Nilufar Alieva.
Jasurbek tezda 2-sonli shahar Bolalar jarrohligi shifoxonasiga yotk’izildi, tez yordam uni 7-sonli shahar Klinik shifoxonasiga olib boradi. Bu erda o’smir 18 yoshga to’lmagani sababli uni k’abul k’ilishmaydi va 1-sonli shahar Bolalar klinik shifoxonasiga yo’naltirishadi. U erda ham ichki organlar jiddiy jarohat olgani sababli bolani yotk’izishmaydi. Onaning so’zlariga ko’ra, tez tibbiy yordam mashinasi kelgandan jonlantirish bo’limiga yotk’izilguniga k’adar ikki soatdan ko’prok’ vak’t o’tadi.
5 may kuni o’smirning k’orin sohasida jarrohlik amaliyoti o’tkaziladi. «Operasiya bo’yicha shifokorlar menga o’g’limning ahvoli og’ir ekanini, operasiyaning o’zi murakkabligini, Jasurning o’n ikki barmok’li ichagi yorilgani, har ikki buyragi gematoma bilan k’oplangani, oshk’ozon osti beziga kuchli zarar etgani va boshk’a a’zolar ham zararlanganini, k’orning bir k’ism to’k’imasi olib tashlangani, peritonit (yiringlash) boshlanganini ma’lum k’ildi», — deb yozadi Nilufar Alieva. Shifokorlar jarohatlar bir vak’tda bir necha shaxslar tomonidan etkazilganini taxmin k’ilishdi.
8 may kuni Jasurbek k’aytadan operasiya k’ilinadi. 18 mayda u og’ir ahvolda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga ko’chiriladi. Bu erda yana uch marta operasiya k’ilinadi. 1 iyunda o’smir hayotdan ko’z yumadi. Ona o’z xatida o’g’li kollejning olti nafar o’k’uvchisi tomonidan kaltaklanganini gumon k’ilib yozadi.
Jasurbek Ibragimovning o’limida aybdorlar shaxslarni anik’lash va aybdorlarni jazolash talabi bilan ommaviy imzo chekishda 400 nafardan ziyod kishi k’atnashdi.
Комментарии 0