Ilhom mominjonov maksadimiz fakat oldinga intilish — ozbekiston

Ilhom mominjonov maksadimiz fakat oldinga intilish — ozbekiston

Ilhom mo’minjonov: mak’sadimiz fak’at oldinga intilish — o’zbekiston

“Navbahor” va “K’o’k’on-1912” jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi k’ismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo’minjonov ishtirok etib o’z fikrlari bilan o’rtok’lashdi: — O’yin shiddatli bo’ldi, bunga o’zinglar ham guvoh bo’ldinglar. Prinsipial ahamiyatga ega “vodiy derbi”siga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko’rgan edik. G’alabani k’o’ldan chik’ardik. So’nggi ikki-uch dak’ik’ada himoyadagi xatolar pand berdi. YOsh himoyachimiz Abbos Otaxonovga o’yin oxirida tajriba etishmadi. Mana shunday o’yinlar ork’ali futbolchimiz toblanib boradi. Oxirida o’tkazib yuborilgan gol alamli bo’ldi. Kovalenkoni oliy darajadagi hakam deb bilaman. Uni k’anday saviyadagi hakam ekanligini muxlislarimiz ham yaxshi bilishadi. Hakamlarni xatti-harakatini muhokama k’ilishni istamayman. Hakamlarni o’yinini nazorat k’iladigan mas’ul shaxslar bor. Shunday ekan, Kovalenkoni o’yiniga nazoratchilar baho berishsa to’g’rirok’ bo’lardi. Shu sababli, bu mavzuda boshk’a fikr bildirmok’chi emasman. E’tiborli jihati, Javohir Sidik’ovni o’zi maydondan chik’ib ketayotib, penalti bo’lmaganligi aytib, futbolchilarimizdan uzr so’radi. Hattoki ko’zidan yosh ok’k’anligini ham e’tirof etishdi.
Bu yilgi mavsumda chempionatimiz saviyasi ancha oshdi. Bu hak’da oldingi matbuot anjumanlarida ham gapirib o’tganman. Shu sababli har bir jamoa maydonga birinchi bor tushayotgandek taassurot uyg’onmok’da. Hozirgi kunda “Navbahor” shiddatli o’yinlarni olib kirishga harakat k’ilmok’daman. K’anday rak’ib bo’lishidan k’at’iy nazar futbolchilarimiz bor kuchlari bilan to’p surishmok’da. Shiddatli o’yinlarni nafak’at “Navbahor” balki boshk’a klublar ham namoyish etishmok’da. Bu ketishda futbolimiz yanada rivojlanadi deb o’ylayman. Chempionatimiz shu tarzda davom etadigan bo’lsa yak’in yillar ichida albatta jahon chempionati yo’llanmasiga ham ega bo’lamiz. Hozirda jamoamizda to’p surayotgan futbolchilar iroda ko’rsatib, jamoaning ijobiy natija k’ayd etishi uchun intilishmok’da. Buning uchun ularga rahmat aytaman.
Navbatdagi “Buxoro”ga k’arshi uchrashuv oldidan ayrim yo’k’otishlarimiz bor. Yovanovich bu safar maydonga tusha olmaydi. U bugun ham jarohat sababli maydonga tushmasligi kerak edi. Shunga k’aramay uni maydonga tushirgandik. Birinchi bo’limdan keyin Yovanovich almashtirishimizni so’ragandi. Ammo, o’yin ahamiyatidan kelib chik’ib, uning xizmatlaridan ko’prok’ foydalanishga k’aror k’ildik. Bu esa jarohatini yanada jiddiylashishiga olib keldi va uni tiklanishi biroz cho’zilsa kerak. A’zam Aliev esa sarik’ kartochkalari soni to’rttaga etganligi sababli Buxoroda jamoaga yordam bera olmaydi. Ro’zimboy Ahmedovda ham jarohat mavjud. Ikki oldin Ro’zimboy gipsdan xalos bo’ldi. Uni tiklanib, tayyor bo’lishini kutamiz. Yo’k’otishlar bo’lishiga k’aramay ularni o’rnini bosa oladigan futbolchilarimiz bor. Shunday ekan ularga ham imkon beramiz.
Buxoroda o’tadigan uchrashuvga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Bir necha kun Namanganda shug’ullanib, keyin Toshkentga yo’l olib, shundan so’ng Buxoro sari yuzlanamiz. Xudo xohlasa Buxorodan ijobiy natija bilan k’aytishga harakat k’ilamiz. Sababi ortga yo’l yo’k’. K’anday rak’ib bo’lishidan k’at’iy nazar fak’at oldinga intilib, murosasiz tarzda k’arshilik ko’rsatamiz. Chempionatning 10-turiga k’adar jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarga bugungidek ko’p muxlis yig’ilmagandi. Agarda jamoamix maydonda munosib tarzda to’p surmaganida, bu k’adar ko’p ishk’iboz yig’ilmasdi. Yigitlarga bu mehnatlaring samarasi ekanligini aytib o’tdim. Bugungi natijani muxlislarimiz k’anday k’abul k’ilishadi bilmayman. Ularni yana o’yingohni to’ldirishlari uchun ijobiy natijalarni k’o’lga kiritishimiz lozim. Agarda muxlilarimiz jamoani hurmat k’ilib “Bunyodkor” bilan o’tadigan bahsda ham o’yingohni to’ldirishsa bundan xursand bo’lamiz va chiroyli o’yinlar va ijobiy natija ork’ali ishonchni ok’lashga harakat k’ilamiz.
Komilovni jarohatini jiddiy deb aytishdi. Oyog’ining tizza k’ismi k’ayrilgani uchun maydonga k’aytishi uchun k’ancha vak’t ketishi noma’lum. K’ilichevni o’zi almashtirishimizni so’radi. Shunga k’aramay, uni ham maydonda ma’lum vak’t ushlab turdik. Katta xajmdagi ishni amalga oshirdi va biroz tolik’ib k’oldi. Hujum chizig’ini kuchaytirish mak’sadida Xursanov va Sultonovlarga imkon berdik.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.