Ishonch telefoni orkali milisionerlar ustidan shikoyat kilish mumkin — ozbekiston

Ishonch telefoni ork’ali milisionerlar ustidan shikoyat k’ilish mumkin — o’zbekiston
O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi 1 maydan boshlab ichki ishlar organlari xodimlarining nok’onuniy xatti-harakatlari to’g’risidagi murojaatlarni k’abul k’ilish uchun test rejimida k’isk’a rak’amni ishga tushiradi. Bu hak’da IIV matbuot xizmati xabar k’ildi.
O’zbekiston Prezidentining ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuk’arolar huk’uk’lari, erkinliklari va k’onuniy manfaatlarini ishonchli himoya k’ilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni talablariga muvofik’, Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshk’armasi tashkil etildi.
Mazkur boshk’arma tarkibida «Murojatlarni telefon ork’ali k’abul k’ilish markazi — tashkil etildi.
Ishonch telefoni rak’ami oy oxirigacha ma’lum k’ilinadi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati «Gazeta. uz»ga.
Комментарии 0