Jinoyat-ijroiya kodeksiga uzgartish kiritish tugrisida — ozbekiston

Jinoyat-ijroiya kodeksiga uzgartish kiritish tugrisida — o’zbekiston
UZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT-PROSESSUAL KODEKSINING 542-MODDASIGA QUShIMChA VA UZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT-IJROIYa KODEKSINING 61-MODDASIGA UZGARTISh KIRITISh TUGRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 19 sentyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-KhII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda) 542-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tuldirilsin:
«Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki mamuriyatning yullanmasi buyicha uzi turishi lozim bulgan boshqa joyni uzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga utkazish tugrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan kurib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir bulishini taminlash imkoniyati bulmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz kurib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv elon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak»;
ikkinchi—oltinchi qismlari tegishincha uchinchi—ettinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. Uzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1997 yil, № 6, 175-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda) 61-moddasining uchinchi qismidagi «537-moddasiga» degan suzlar «537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga» degan suzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2007 yil 14 dekabrdagi 247 (4400)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007 yil 13 dekabr,
URQ-124-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2007 y., 50-51-son, 503-modda)
Комментарии 0